• Don ekinlarining morfologik xususiyatlari.
  • G(alladoshlar ( Gramineae)
  • Jahonda keyingi 50 yilda aholi jon boshiga nisbatan




    Download 0.81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/11
    Sana26.05.2022
    Hajmi0.81 Mb.
    #21951
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    O\'simlikshunoslik (R.Oripov, N.Xalilov) @mustaqilishlar (1)
    ochiq dars BDU (1), Ahmedova Shohsanam, 5-ИЛОВА рассилка, fiziologiya sagdiyev, Kaliforniya qurtlari biznes sifatida yaxshi sarmoyadir, Tuban o simliklar (L.Velikanov va boshq.), Baqa anatomiyasi, Lotin tili tovushlar-merged, portal.guldu.uz-taqdimot, Operatsion tizimlar va ularning turlari-fayllar.org, Овощеводство Габибова ЕН 2019 180 с, Книга-Методика-полевого-опыта-в-овощеводстве-70-100-16-в-печать, Boqiyeva Kamola Alisher qizi, 123
    Jahonda keyingi 50 yilda aholi jon boshiga nisbatan 
    g‘alla ekin maydonlarining qisqarishi
    Yillar
    Maydon
    Aholi jon boshiga nisbatan 
    g‘alla maydonining 
    qisqarishi, %
    Jami, 
    mln ga
    Aholi jon 
    boshiga, ga
    1950
    593
    0,23
    1960
    651
    0,21
    9
    1970
    673
    0,18
    15
    1980
    724
    0,16
    11
    1990
    720
    0,14
    16
    2000
    720 
    *
    0,12
    17
    Istiqbolda mamlakatimizda ham aholi jon boshiga o'rtacha 500 kg 
    don ishlab chiqish bo'yicha katta ishlar olib borilmoqda.
    Don ekinlarining morfologik xususiyatlari. Morfologik xususiyatlari 
    va yetishtirishdagi yo'nalishlari bo'yicha donli ekinlar birinchi guruh 
    g'alla ekinlari kuzgi va bahori bug'doy, kuzgi va bahori javdar, kuzgi 
    va bahori arpa, kuzgi va bahori tritikale, suli va ikkinchi guruh g'alla 
    ekinlari (makkajo'xori, tariq, oq jo'xori, sholi, maijumak) hamda dukkakli 
    don ekinlari (ko'k no'xat, soya, loviya, mosh, no'xat, burehoq, yasmiq, 
    lyupin, xashaki dukkaklilar)ga bo'linadi. Birinchi va ikkinchi guruh don 
    ekinlari G(alladoshlar ( Gramineae) yoki Qolng‘irboshlar (Poaceae) oila- 
    siga, marjumak Marjumakdoshlar (Polygonaceae), dukkakli don ekin­
    lari Dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub.
    Ildiz tizimi. D on ekinlarining ildiz tizimi faqatgina suv va unda 
    erigan oziqa moddalarni so'rish organi emas, balki ko'plab organik 
    moddalar sintez bo'ladigan muhim organdir. Ildizlarda murakkab fi- 
    ziologik va biokimyoviy jarayonlar natijasida organik kislotalar, fos- 
    fororganik moddalar, aminokislotalar, alkoloidlar, amidlar va boshqa 
    birikmalar hosil bo'ladi. Ildizlar o'simliklarda modda almashinuvi, 
    fiziologik jarayonlarda, xlorofil hosil bo'lishida ishtirok etadi, ularga 
    ta ’sir ko'rsatadi.
    Don ekinlarining ildiz tizimi popuk. Don ko'karganda dastlab mur­
    tak yoki birlamchi ildizlar hosil bo'ladi. Ulaming soni o'simlik turiga 
    bog'liq. Kuzgi bug'doyda murtak ildizlar 3, bahori bug'doyda 5, sulida
    3—4, arpada 5—8, tariqsimon o'simliklarda 1 dona bo'ladi. Keyin poya­
    ning yer osti bo'g'inlaridan qo'shimcha yoki bo'g'in ildizlari hosil bo'ladi. 
    Tuproqda yetarli namlik bo'lganda ular tez rivojlanadi.
    O'simlikning rivojlanishida, hosil to'plashida birlamchi (murtak) va 
    ikkilamchi (bo'g'in) ildizlarining ahamiyati katta. Bug'doy, arpada ik­
    kilamchi ildizlar hosil bo'lmaganda hosildorlik 35—40 % kamayadi. 
    Murtak ildizlar o'simliklarning butun o'suv davri davomida oziqlanish- 
    da ishtirok etadi. Ular bo'g'in ildizlaridan oldin hosil bo'ladi va o'simlik 
    o'suv davri oxirida kuzgi bug'doyda 2,5—3 m, makkajo'xori, oq jo'xorida
    53
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    3—4 m chuqurlikka kirib boradi. Ildizlarining asosiy massasi tuproqning 
    25—30 sm haydalma qatlamida joylashgan.
    Poyasi. Don ekinlarida poya 5—7 poya bo'g'inlari bilan ajratilgan 
    bo'g'in oraliqlaridan iborat. Uzun bo'yli makkajo'xori o'simligida bo'g'in 
    oraliqlari soni 25 va undan ortiq bo'lishi mumkin. Ularning soni barg­
    lar soniga teng bo'ladi. Ko'pgina don ekinlarida poyasining ichi kovak
    makkajo'xori va oq jo'xorida u parenxima bilan to'lgan. Poyaning 
    o'sishida hamma bo'g'in oraliqlari ishtirok etadi. Dastlab eng pastki 
    bo'g'in oraliqlari keyin navbatdagisi o'sa boshlaydi. Keyin hosil bo'lgan 
    oraliqlari o'zidan oldingisidan uzunroq bo'ladi, eng oxirgi bo'g'in oralig'i 
    eng uzun bo'ladi.
    Poya yer osti poyalarining bo'g'inlaridan novdalar hosil qilish xusu- 
    siyatiga ega.

    Download 0.81 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jahonda keyingi 50 yilda aholi jon boshiga nisbatan

    Download 0.81 Mb.
    Pdf ko'rish