2-bob. Donli ekinlar




Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana26.05.2022
Hajmi0.81 Mb.
#21951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'simlikshunoslik (R.Oripov, N.Xalilov) @mustaqilishlar (1)
ochiq dars BDU (1), Ahmedova Shohsanam, 5-ИЛОВА рассилка, fiziologiya sagdiyev, Kaliforniya qurtlari biznes sifatida yaxshi sarmoyadir, Tuban o simliklar (L.Velikanov va boshq.), Baqa anatomiyasi, Lotin tili tovushlar-merged, portal.guldu.uz-taqdimot, Operatsion tizimlar va ularning turlari-fayllar.org, Овощеводство Габибова ЕН 2019 180 с, Книга-Методика-полевого-опыта-в-овощеводстве-70-100-16-в-печать, Boqiyeva Kamola Alisher qizi, 123
Urug'larning bo'rtishi.
Yetarli namlik, issiqlik, havo kislorodi bo'lganda 
urug'lar bo'rta boshlaydi. Suvning yutilishi murtakda jadal kechadi. Urug' 
suvni bir tekis yutmasligi natijasida bo'rtish davomida urug' po'sti yori­
ladi. Fermentlar ta’sirida kraxmal, yog'lar, oqsillar parchalanib suvda 
eriydigan birikmalarga aylanadi va qalqoncha orqali murtakka o'tadi.
Bo'rtayotgan urug'larning suvga talabi turlicha. Urug'larning bo'rtishi 
uchun (urug' quruq og'irligiga nisbatan %) o'z vazniga nisbatan bug'doy 
47—48, arpa 48—57, javdar 58—65, suli 60—70, makkajo'xori 37—44, 
tariq va oq jo'xori 25—38 % suv yutadi. Dukkakli don ekinlari urug'lari 
bo'rtishi uchun o'z vazniga nisbatan 100—125 % suvni yutadi.
Maysalash.
Don ekinlarining bo'rtayotgan urug'larida dastlab mur­
tak ildizlari keyin poya rivojlanadi. Dastlab tuproq yuzasida bigizsimon 
holda poya hosil bo'ladi. U tiniq barg - kaleoptile bilan o'ralgan.
Birinchi barg 6—14 kundan keyin o'sishdan to'xtaydi. Taxminan bir 
haftadan keyin birinchi barg qo'ltig'idan ikkinchi, yana shuncha vaqt 
o'tgach uchinchi barglar hosil bo'ladi va ular 
murtak barglar
deyiladi. 
Shu bilan bir paytda murtak ildizlari ham rivojlana boshlaydi va 30—35 sm 
chuqurlikka kirib boradi.
Bug'doy maysalari — yashil, javdarniki — siyohrang, arpaniki — ko'k, 
suli va ikkinchi guruh g'alla ekinlariniki — och yashil rangda bo'ladi.
Maysalarning hosil bo'lish tezligi donlarning o'sish energiyasiga, 
namlikka, haroratga, tuproq mexanik tarkibiga, ekish chuqurligiga, don 
yirikligiga bog'liq holda o'zgaradi.
57
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tuplanish.
Poyaning yer osti bo'g'inlaridan novdalarning hosil bo'lishi 
tuplanish deyiladi. Dastlab poya bo‘g‘inlaridan bo'g'in ildizlari 
(qo‘shimcha) keyin yon novdalar hosil bo'ladi. U lar poya osti 
bo'g'inlarining hammasidan ham hosil bo'lishi mumkin, ammo eng 
yuqori, tuproq yuzasidan 1-3 sm chuqurlikda joylashgan bo'g'inlardan 
hosil bo‘lishi ko'proq kuzatiladi.
Yuqori, eng rivojlangan bo'g'in tuplanish bo‘g‘ini deyiladi. Undan 
asosiy yon novdalar va popuk ildiz tizimini hosil qiluvchi qo'shimcha 
ildizlar paydo bo'ladi. Bug'doy, javdar, arpada yer osti bo'g'ini may­
salar hosil bo'lishining 5—7 kunlarida shakllanadi. Tariqsimon g'alla 
ekinlari va sulida — ular (maysalar) bilan bir vaqtda hosil bo'ladi.
O'simlikning tuplanish tuguniga o'simlikning tuplanishi, ildiz tizi- 
mining rivojlanganligi, qurg'oqchilikka, qishga chidamliligi, mahsuldor- 
ligi va boshqa xususiyatlari bog'liq. Tuplanish tugunining nobud bo'lishi 
o'simlikning halok bo'lishiga olib keladi.
Bitta o'simlikdagi poyalar (novdalar) soni umumiy tuplanish deyi­
ladi. Qulay sharoitda bitta o'simlikda 6—12 va undan ortiq novdalar 
hosil bo'ladi. Odatda, O'zbekiston sharoitida kuz davrida g'alla ekinlari 
bitta o'simlikda 2—6 ta, bahorda 10—12 tagacha novdalar hosil qiladi, 
bu ko'rsatkich bahori ekinlarda 2—4 tani tashkil qiladi.
Amaliyotda boshoq hosil qiladigan (don beradigan) poyalar soni 
muhim bo'lib, ularning soni mahsuldor tuplanish deyiladi. Ammo ay­
rim novdalar boshoqlarida donlar hosil bo‘lsa-da, ularning doni pishib 
yetilmaydi. Pishib yetilmagan boshoqlar va boshoq hosil qilmagan poyalar 
yetishib ulgurmagan poyalar deyiladi.
Unumdor tuproqlarda yuqori hosil beradigan o'simliklar, odatda, 
4—7 poyadan 2—3 ta boshoq hosil qiladigan mahsuldor poyalar hosil 
qiladi. Bug'doy poyalari yirik, don soni ko'p boshoqlar hosil qiladi.
Tuplanish va tuplanish energiyasi o'simlik turiga, naviga, urug' yi- 
rikligiga, oziqlanish maydoniga, tuproq namligiga, ekish muddatiga, 
tuproqning ishlash sifati va unumdorligiga, yorug'likka, haroratga, 
o'g'itlashga bog'liq.
Tuplanish turli g'alla ekinlarida turlicha boshlanadi. Suli va jav- 
darda tuplanish o'simlikda 3—4-barglarning hosil bo'lishida, bug'doy va 
arpada bo'g'in ildiz otishdan sal oldin, 3-bargning hosil bo'lishida bosh­
lanadi va ildiz otish 4—5-barglarning hosil bo'lishiga to'g'ri keladi. 
Makkajo'xorida tuplanish novdalarning hosil bo'lishi 6—7-barglar fa- 
zasiga, oq jo'xorida 7—8, tariqda 5—6-barglarning hosil bo'lishiga to'g'ri 
keladi. Tariqsimon g'alla ekinlarida bo'g'in ildizlari paydo bo'lishi 3—
4-barglaming hosil bo'lishiga to'g'ri keladi.

Download 0.81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish