2-bob. Donli ekinlar




Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana26.05.2022
Hajmi0.81 Mb.
#21951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'simlikshunoslik (R.Oripov, N.Xalilov) @mustaqilishlar (1)
ochiq dars BDU (1), Ahmedova Shohsanam, 5-ИЛОВА рассилка, fiziologiya sagdiyev, Kaliforniya qurtlari biznes sifatida yaxshi sarmoyadir, Tuban o simliklar (L.Velikanov va boshq.), Baqa anatomiyasi, Lotin tili tovushlar-merged, portal.guldu.uz-taqdimot, Operatsion tizimlar va ularning turlari-fayllar.org, Овощеводство Габибова ЕН 2019 180 с, Книга-Методика-полевого-опыта-в-овощеводстве-70-100-16-в-печать, Boqiyeva Kamola Alisher qizi, 123
Donning kimyoviy tarkibi. Ekin turi, navi, agrotexnika, o'sish sha­
roitiga bog'liq holda donning kimyoviy tarkibi o'zgaradi. Oqsil bug'doy 
va ayniqsa, qattiq bug'doy donida (16 %) ko'p, sholida nisbatan kam 
(7,6 %). Ekinzorlar shimoldan janubga, g'arbdan sharqqa tomon siljib 
borgan sayin don tarkibidagi oqsil miqdori ko'payadi. O'zbekistonda, 
ayniqsa, lalmikor yerlarda yetishtirilgan don tarkibida oqsil ko'p. Oqsil 
miqdori tuproqdagi azot miqdori va nam bilan ta’minlanganlikka bog'liq. 
Azot oqsilni ko'paytirsa, ortiqcha namlik uni kamayishiga olib keladi. 
Bahori bug'doy donida oqsil kuzgi bug'doynikiga nisbatan ko'p.
Oqsillar oddiy (protein) va murakkab (proteid)larga bo'linadi. Od­
diy oqsillar albuminlar (suvda eriydigan), globulin!ar (kuchsiz neytral tuz 
eritmalarida eriydigan), gliadinlar (70—80 % spirtda eriydigan), glyute- 
ninlar (kislota va ishqoming kuchsiz eritmalarida eriydigan)larga bo'linadi. 
Gliadin va glyutenin oqsillari alohida qimmatga ega bo'lib, ularning nis­
bati 1:1 bo'lganda don eng yaxshi non yopish sifatlariga ega bo'ladi.
Oqsillar tarkibida lizin, triptofan, valin, metionin va boshqa al- 
mashtirilmaydigan aminokislotalar ko'p bo'lganda donning oziq-ovqat 
hamda oziqaviy qimmati ortadi.
Suvda erimaydigan oqsillar kleykovina deyiladi. Kleykovina xamirdan 
kraxmal va boshqa birikmalami yuvishdan keyin qolgan oqsil modda- 
sidir. Unning non yopish va mazali sifatlari kleykovinaning miqdoriga va 
sifatiga bog'liq. Bug'doyda xom kleykovinaning miqdori 16 dan 50 % 
gacha, javdarda 3,1 dan 9,5 % gacha, arpada 2 dan 19 % gacha bo'ladi.
Donning to'lishi issiq va quruq ob-havo sharoitida o'tsa, kleykovi­
naning miqdori oshadi. Donlar zararli xasva bilan zararlansa, o'simlik 
zamburug' bilan kasallansa kleykovina sifati pasayadi. U navga, shu­
ningdek, qo'llanilgan agrotexnikaga ham bog'liq. Kleykovina tufayli 
bug'doy noni g'ovak bo'ladi, tez hazmlanadi.
Azotsiz ekstraktlanadigan moddalar uglevodlardan iborat bo'lib uning 
asosiy qismini kraxmal tashkil qiladi. Kraxmal uglevodlarning 80 % ini 
tashkil qiladi va endospermda joylashgan. Kraxmal donachalarining 
endosperm hujayralarida joylashish xususiyatlariga qarab donlar shishasi- 
mon (yaltiroq) va unsimon bo'ladi. Don tarkibidagi kraxmal oqsilning 
o'zgarishiga nisbatan teskari yo'nalishda o'zgaradi, ya’ni ekinzorlar janub- 
dan shimolga, sharqdan g'arbga tomon siljishi bilan kraxmal miqdori 
ortib boradi.
55
www.ziyouz.com kutubxonasi


Don ekinlari donida yog‘ning miqdori 2—6 %. U donda bir tekis 
taqsimlanmagan. Uning eng ko'p miqdori murtak hujayralarida joylash­
gan bo'lib bug'doyda 14 %, javdar va arpada 13,4 %, sulida 26 %, 
tariqda 20 %, makkajo'xorida 40 % bo'ladi. Unda yog'ning miqdori 
sezilarli darajada bo'lishi unning taxir bo'lishiga olib keladi.
Makkajo'xori unining sifatini yaxshilash uchun donni unga aylan- 
tirishdan oldin murtak ajratib olinadi va undan oziq-ovqatda ishlatiladigan 
shifobaxsh moy olinadi.
Kul, po'stli g'alla ekinlarida, asosan, po'stlarda, yalang'och (po'stsiz) 
donlarda — meva po'stida joylashgan. Tegirmonda don tortilganda kul- 
ning ko'p qismi kepak bilan chiqib ketadi. Shuning uchun un kepak- 
dan qancha ko'p tozalansa, unda kul shuncha kam bo'ladi. Kulning 
ko'p qismi bug'doyda (50 %) fosfor kislotasi, 30 % kaliy oksidi, 2,8 % 
kalsiy va 12 % magniydan iborat.
Kletchatka bug'doy, makkajo'xori, javdar donida 2,3—1,6 %, po'stli 
donlar (suli, arpa)da 5,2—11,8 % bo'ladi.
Donning tarkibidagi suv quyidagi ko'rinishlarda bo'ladi:
1. Moddalar molekulalari tarkibiga kiruvchi, kimyoviy bog'langan, 
qat’iy nisbatlarda bo'luvchi suv, u doimiy va o'zgarmas.
2. Fizik — bog'langan, don tarkibida turli nisbatlarda bo'luvchi, 
suvning bu shakliga adsorbsiyali bog'langan, osmotik yutilgan va struk- 
turali suvlar kiradi.
3. Mexanik bog'langan erkin, miqdori tez o'zgarib turuvchi suv. 
Donlar quritilganda bu suv tez kamayadi. Urug'lar tarkibida suv miq­
dori 14 % dan oshmagan holda saqlanadi.
Don tarkibida fermentlardan diastaza, amilaza kraxmal va qandni, 
lipaza yog'larni, peptaza oqsilni parchalashda ishtirok etadi. Oksidlovchi 
fermentlardan peroksidaza bor.
Don ekinlari donida vitaminlardan В,, B2, B6, PP, E, A va boshqalari 
bor va ular odamlar hamda hayvonlar hayotida muhim vazifalarni ba- 
jaradi.

Download 0.81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish