• Boshoqlash (rovaklash).
  • Naychalash (poya hosil qilish)




    Download 0.81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/11
    Sana26.05.2022
    Hajmi0.81 Mb.
    #21951
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    O\'simlikshunoslik (R.Oripov, N.Xalilov) @mustaqilishlar (1)
    ochiq dars BDU (1), Ahmedova Shohsanam, 5-ИЛОВА рассилка, fiziologiya sagdiyev, Kaliforniya qurtlari biznes sifatida yaxshi sarmoyadir, Tuban o simliklar (L.Velikanov va boshq.), Baqa anatomiyasi, Lotin tili tovushlar-merged, portal.guldu.uz-taqdimot, Operatsion tizimlar va ularning turlari-fayllar.org, Овощеводство Габибова ЕН 2019 180 с, Книга-Методика-полевого-опыта-в-овощеводстве-70-100-16-в-печать, Boqiyeva Kamola Alisher qizi, 123
    Naychalash (poya hosil qilish).
    Don ekinlarida tuplanish davrida 
    poya rivojlana boshlaydi. Murtak boshog'i (ro'vagi) asosida joylashgan 
    bo'g'in oralig'i sezila boshlaydi. Naychalanishning boshlanishi deb, bosh 
    poya bo'g'in oralig'ining cho'zila boshlashi va poyaning birinchi bo'g'iiii
    58
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    tuproq yuzasidan 5 sm balandlikka ko'tarilganda belgilanadi. Bunda poya 
    bo‘g‘iui qo'l bilan paypaslanganda seziladi.
    Dastlab pastki bo'g'in oralig'i uzaya boshlaydi. Keyin ikkinchi bo'g'in 
    oralig'i o'sa boshlaydi va u birinchisidan uzunroq bo'ladi. Navbatdagi 
    uchinchi bo'g'in oralig'i ikkinchisidan uzun bo'ladi va hokazo. Bu jara- 
    yon 5—7 bo'g'in oralig'i hosil bo'lguncha davom etadi (makkajo'xorida 
    15 va undan ortiq). Poyaning har qaysi bo'g'in oralig'i pastki qismdan 
    o'sadi — interkalyar. Odatda, poyalar gullash davrining oxirida, don 
    to'lishning boshida o'sishdan to'xtaydi.
    Boshoqlash (ro'vaklash).
    Yuqori barg qinidan boshoq (ro'vak) ning 
    1/3 qismi ko'rinishi bilan boshoq (ro'vak)lash fazasi boshlanadi. 
    Naychalashdan boshoqlash fazasigacha poyalar, barglar jadal o'sadi, 
    boshoq shakllanadi. Shuning uchun o'simlik oziqa moddalariga, suvga 
    bu davrda juda talabchan bo'ladi.
    Boshoqlaming kattaligiga ma’danli oziqlanish elementlarining nisbati 
    katta ta’sir ko'rsatadi. Tuplanish davrida, oziqlanishda azot ustuvorlik 
    qilsa o'sish konusining cho'zilishi bir necha kunga Uzayadi va boshoqda 
    boshoqchalar ko'p hosil bo'ladi. Fosfor ustuvorlik qilsa boshoq shakllanishi 
    tezlashadi va boshoqda boshoqchalar kam hosil bo'ladi. Shuning uchun 
    oziqa elementlar to'g'ri nisbatlarda tuproqqa solinishi lozim.
    Gullash.
    O'simlik boshoqlagandan keyin gullay boshlaydi. Faqat kuzgi 
    javdar boshoqlash boshlangandan keyin 8—10 kun o'tgach gullasa, arpa 
    to'la boshoqlaguncha gullaydi. G'alla ekinlari gullash xususiyatiga ko'ra 
    o'zidan changlanuvchi (bug'doy, arpa, suli, tariq, sholi) va chetdan 
    changlanuvchi (javdar, grechixa, makkajo'xori, oq jo'xori) larga bo'linadi. 
    O'zidan changlanuvchi g'alla ekinlarining changdoni, odatda, hali gul 
    ochilmasdan yetilib yoriladi. Shuning uchun ular o'zidan changlanadi. 
    Eng qat’iy o'zidan changlanuvchi ekin — aipadir.
    Havo issiq va quruq bo'lganda bug'doy guli qobig'i ochiq holda 
    gullashi mumkin va bunday holat ertalabki soatlarda kuzatiladi. No­
    qulay ob-havo sharoitida (bulutli va yomg'irli) gul qobiqlari yopiq hol­
    da gullashi mumkin.
    Chetdan changlanuvchi g'alla ekinlarida changchi gul ochilgandan 
    keyin yetilib yoriladi. Javdarda uning yengil changi to'kilib shamol yor­
    damida tarqaladi va boshqa o'simlik gullarining urug'chisi tumshuq- 
    chasiga tushib, ularni urug'lantiradi. Agar chang shu o'simlik gulining 
    tugunchasiga tushsa urug'lanish sodir bo'lmaydi.
    Makkajo'xorida otalik to'pguli ro'vak, onalik to'pguli so'tadan 2—4 
    kun oldin yetiladi. Otalik to'pgulining changlari onalik to'pguli so'tadan 
    chiqib turuvchi iplar tumshuqchasiga tushadi va vi yerda ko'karib ona­
    lik gulining tugunchasiga kiradi va urug'kuitakni urug'lantiradi.
    Boshoqli g'alla ekinlarida (bug'doy, афа, javdar) gullash boshoqning 
    o'rta qismidagi boshoqchalardan boshlanadi. Dastlab hosil bo'lgan don 
    yirik va urug'lik sifatlari eng yuqori bo'ladi. Ro'vakli g'alla ekinlarida
    59
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    (tariq, suli, oq jo'xori) gullash ro'vakning uchki qismidan boshlanadi
    eng yaxshi, sifatli donlar ro'vakning uchki qismida hosil bo'ladi.

    Download 0.81 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.81 Mb.
    Pdf ko'rish