• Urugning hosil bolishi
  • 2-bob. Donli ekinlar




    Download 0.81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/11
    Sana26.05.2022
    Hajmi0.81 Mb.
    #21951
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    O\'simlikshunoslik (R.Oripov, N.Xalilov) @mustaqilishlar (1)
    ochiq dars BDU (1), Ahmedova Shohsanam, 5-ИЛОВА рассилка, fiziologiya sagdiyev, Kaliforniya qurtlari biznes sifatida yaxshi sarmoyadir, Tuban o simliklar (L.Velikanov va boshq.), Baqa anatomiyasi, Lotin tili tovushlar-merged, portal.guldu.uz-taqdimot, Operatsion tizimlar va ularning turlari-fayllar.org, Овощеводство Габибова ЕН 2019 180 с, Книга-Методика-полевого-опыта-в-овощеводстве-70-100-16-в-печать, Boqiyeva Kamola Alisher qizi, 123
    Yetilish (pishish).
    Gul urug'langandan keyin tuguncha rivojlana boshlay­
    di, urug' va murtak shakllanadi. Barglarda to'plangan oziq moddalar don 
    shakllanishi uchun sarflanadi. Bunda ular eriydigan shakldan (qand, ami­
    nokislotalar va boshqalar) erimaydigan shaklga (kraxmal, oqsil, yog') o'tadi.
    Donning hosil bo'lish jarayoni to'rt davrga bo'linadi: hosil bo'lish, 
    shakllanish, to'lish va yetilish.
    Urug'ning hosil bo'lishi —
    urug'lanishdan o'sish nuqtasining hosil 
    bo'lishigacha davom etadi. Bu holda urug' kuchsiz o'simta hosil qiladi. 
    1000 urug' massasi 1 g. Davming davomiyligi 7—9 kun va undan ko'proq.
    Urug‘ning shakllanishi
    — urug' hosil bo'lishidan don oxirgi uzunli- 
    giga yetguncha davom etadi. Urug'da suv ko'p, quruq modda kam 
    bo'ladi. 1000 urug' og'irligi 8—12 g.
    To'lish
    — endospermda kraxmal to'planishining boshlanishidan bu 
    jarayonni tugashigacha davom etadi. Don namligi 37—40 % gacha 
    kamayadi. Davr davomiyligi 23—35 kun.
    Urug'ning hosil bo'lishi, shakllanishi, to'lish davrlari sut pishiqlik 
    davri ham deyiladi. Bunda don to'la shakllangan bo'lib, organik mod­
    dalar to'planishda davom etadi. O'simlikning pastki qismidagi barglar 
    sarg'ayadi. Donlar yashil tusda bo'ladi.
    To'lish davri ham to'rt fazaga bo'linadi.
    1. Suv holatidagi fazada endosperm hujayralarming shakllanishi bosh­
    lanadi. Quruq moddalar maksimal miqdorining 2—3 % i to'planadi. 
    Faza davomiyligi 6 kun.
    2. Sut holati oldi fazasida urug' sutsimon suv suyuqligi bilan to'ladi, 
    umumiy quruq moddaning 10 % to'planadi. Faza davomiyligi 6—7 kun.
    3. Sut holatidagi fazada don sutsimon oq suyuqlik bilan to'lib, yetil- 
    gan urug'dagi quruq moddaning 50 % i to'planadi. Faza davomiyligi 
    7—15 kun.
    4. Xamirsimon holatdagi fazada endosperm konsistensiyasi xamirsi- 
    mon bo'ladi. Quruq modda miqdori yetilgan don massasining 85—90 
    % ini tashkil qiladi. Faza davomiyligi 4—5 kun.

    Download 0.81 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.81 Mb.
    Pdf ko'rish