• Yerni tayyorlash.
  • O„g„itlash .
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet130/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
     
    Yetishtirish texnologiyasi 
    O„tmishdosh. Marjumak kuzgi boshoqli ekinlardan, dukkakli-don 
    ekinlaridan bo„shagan yerga ekilsa, hosili 40% gacha oshadi. Marjumak, g„o„za, 
    kanop, sholi, soya, mosh kabi ekinlardan bo„shagan erlarga ekiladi. Marjumakdan 
    bo„shagan erlarga don, kartoshka, moyli va boshoqli ekinlarni ekish mumkin.
    Yerni tayyorlash. Marjumak bahorda ekiladigan bo„lsa, yer kuzda 
    haydaladi, rejalashtirilgan o„g„it solinadi, bahorda borona qilib ekiladi.
    Takroriy ekin sifatida ekiladigan bo„lsa, o„tmishdoshning hosili 
    yig„ishtirilgandan keyin yer haydaladi, borona qilinadi, mola bostiriladi va so„ngra 
    yig„ishtirishga bir hafta qolganda sug„orilsa yaxshi haydaladi.
    O„g„itlash. Marjumak o„simligi o„g„itga ta‟sirchan. Biologik tomonidan 
    ozuqa elementlariga talabchan. Masalan, 10 ts don va tegishli somon yetishtirish 
    uchun 44 kg azot, 25 kg fosfor, 75 kg kaliy sarflanadi. Gullashgacha azot 61%, 
    kaliy 62% va fosfor 40% sarflanadi (o„zlashtiriladi). Umuman fosforli va kaliyli 
    o„g„itlar yetarli bo„lsa qiyg„os gullaydi va guli tarkibidagi nektar ortadi.
    Qumoq yengil tuproqda organik va mineral o„g„itlar yaxshi natija beradi. 
    O„zbekiston sharoitida bu masala to„la o„rganilmagan. O„rtacha bir gektarga 10-20 
    t chirigan go„ng, 100-150 kg fosfor va 50-70 kg kaliy solish tavsiya qilinadi. 
    Ammo, o„g„it normasi yetishtirish sharoitiga, tuproq unumdorligiga qarab 


    186 
    o„zgaradi. O„g„itlardan go„ng 100%, fosfor 70%, kaliy 100% yer haydashdan 
    oldin, azot 50%, fosforni 30% ekishdan oldin va qolgan 50% azot gullash davrida 
    qo„llansa, maqsadga muvofiq bo„ladi.
    Ekish. Marjumakning mevasi urug„ sifatida ishlatiladi. Mevalari bir tekisda 
    emas, shuning uchun ekishdan oldin urug„i saralanadi. Bu ish maxsus saralovchi 
    PSS-25 rusumli mashinada bajariladi.
    Mayda engil urug„lar 10-15% osh tuzi yoki ammiakli selitra eritmasida 
    ajratib olinadi. O„tkazilgan tajribalarda mayda urug„ ekilganda 12,3 s. don olingan, 
    yirik va og„ir urug„ ekilganda 19,1 s/ga olingan. Zamburug„ kasaliga qarshi urug„ 
    80% TMTD bilan dorilanadi. Bir sentner urug„g 200 g dori sarflanadi.
    Marjumak bahorda va yozning ikkinchi yarmida ekiladi. Bahorda ekilgan 
    marjumakning gullashi 25 
    o
    C dan oshmagan sharoitda o„tsa, yaxshi hosil olish 
    mumkin. Toshkent viloyatida o„tkazilgan tajribalarda marjumak 25 iyuldan to 10 
    avgustgacha ekilganda 15-17 s/ga dan hosil olingan.
    24
    Samarqand QXI da o„tkazilgan tajribalar bo„yicha marjumakni 10-20 
    iyulgacha ekilgani ma‟qul deb xulosa qilingan. Respublikamizning shimoliy 
    zonasida bu muddatdan ertaroq, janubiy tumanlarda kechroq ekilishi mumkin.
    Marjumak ikki usulda ekiladi: 
    A) yoppasiga qatorlab, qator orasi 13-15 sm qilib, don ekadigan seyalkalarda 
    ekiladi; 
    B) keng qatorlab, qator orasi 60 sm qilib ekiladi.
    Ko„pgina ma‟lumotlarga ko„ra toza, unumdor yerlarda yoppasiga qatorlab 
    begona o„tlar bilan zararlangan yerlarda keng qatorlab ekiladi. Ekish chuqurligi 
    tuproqning mexanik tarkibiga bog„liq holda 4-8 sm atrofida bo„ladi.
    Ekish miqdori ekish usuliga bog„liq bo„lib, yoppasiga qatorlab ekilganda 
    gektariga 3-5 mln. dona urug„ keng qatorlab ekilganda 2-3 mln. dona urug„ ekiladi. 
    Bu urug„ning vazni 45-100 kg/ga bo„ladi.
    24
    Atabayeva H.N., Qodirxodjayev О. O„simlikshunoslik, Toshkent 2006 y.


    187 

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish