302
4. Nima uchun gohida hayotining birinchi yilida qand lavlagi gullaydi va
urug„ hosil qiladi?
5. Nima uchun gohida qand lavlagi hayotining ikkinchi yilida urug„
hosil
qilmaydi?
6. Qand lavlagi urug„ini maqbul ekish muddati, usuli va me‟yori?
7. Qand lavlagining rivojlanish davridagi maqbul ko„chat qalinligi?
8. Qand lavlagi ekini bilan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan o„zbek
olimlaridan kimlarni bilasiz?
9. Qand lavlagini zamonaviy intensiv texnologiya asosida yetishtirish?
10. Qand lavlagi hosili qanday yig„ishtirib olinadi va saqlanadi?
Pedagogik texnologiya
Insert jadvali
“INSERT” jadvali - mustaqil o„qish vaqtida olgan ma‟lumotlarni, eshitgan
ma‟ruzalarni tizimlashtirishni ta‟minlaydi; olingan ma‟lumotni tasdiqlash,
aniqlash,
chetga chiqish, kuzatish. Avval o„zlashtirgan ma‟lumotlarni bog„lash
qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi.
Insert jadvalini to„ldirish qoidasi: O„qish jarayonida olingan ma‟lumotlarni
alohida
o„zlari tizimlashtiradilar-jadval ustunlariga “kiritadilar” matnda
belgilangan quyidagi belgilarga muvofiq:
“V”- men bilgan ma‟lumotlarga mos;
“-“-men bilgan ma‟lumotlarga zid;
“+”-men uchun yangi ma‟lumot;
“?”-men uchun tushunarsiz yoki ma‟lumotni aniqlash, to„ldirish talab yetiladi.
V
+
–
?
303
6.2. XASHAKI LAVLAGI
Ahamiyati. Xashaki lavlagi shirali, engil hazm bo„ladigan va to„yimli yem-
xashak xususiyatiga ega. Uning to„yimlilik qiymati chorva mollari organizmi
uchun zarur bo„lgan moddalar: uglevodlar, azotsiz ekstraktiv moddlar,
mineral
tuzlar va vitaminlarni saqlaydi. Xashaki lavlagi navlariga qarab, o„z tarkibida
fermentlarga boy bo„lgan 85 – 90% suvni saqlaydi. Xashaki lavlagi chorva mollar
organizmida dag„al xashakning yaxshi xazm bo„lishiga yordam beradi. 1 kg
xashaki lavlagi ildizmevasida 0,11-0,12
oziq birligiga, nim shirin tuplarida esa
0,14-0,16 oziq birligiga ega, bargida esa 0,10-0,12 oziq birligi bor. Xashaki lavlagi
ildizmevasi parhezlik nisbati qand lavlagiga qaraganda yuqori hisoblanadi.
Tarixi. Xashaki lavlagining kelib chiqishi qand lavlagidek bo„lib, XVIII-
XIX asrlarda lavlagi ildizmevalari xo„raki, qand va yem-xashak yo„nalishlari
uchun yetishtiriladigan bo„ladi.
Xashaki lavlagi Yevropa mamlakatlarida
- Buyuk Britaniya, Fransiya,
Belgiya, Germaniya, Daniya va boshqa sutchilik
qoramolchiligi rivojlangan
mamlakatlarda ko„p tarqalgan. Og„ir mehnat talab qilinganligi uchun keyingi
yillarda xashaki lavlagining ekin maydoni ancha qisqardi. Shu bilan birga ildiz
mevali hosil yetishtirish oldingiga qaraganda ancha o„sdi.
Bu mamlakatlarda
ildizmevalilar hosili gektariga 600-900 s ni tashkil etadi.
Hamdo„stlik mamlakatlarida hozirgi vaqtda xashaki lavlagi 1,8 million
gektar atrofida maydonni egallaydi. Ildizmeva hosili o„rtacha 204-215 s/ga teng.
O„zbekistonda xashaki lavlagi ekilgan maydon o„rtacha 14,7 ming gektar bo„lib,
ildizmeva hosili 198,9 s/ga ni tashkil etgan, ayrim ilg„or xo„jaliklar gektaridan
800-1000 s va undan ortiqhosil olmoqda.
O„zbekiston sharoitida urug„
hosili gektariga 15-20 s ni tashkil etadi.