Loyihani boshqarish
Loyiha o'z vaqtida, unga ajratilgan byudjet chegarasidan chiqmagan holda va shu bilan birga rejalashtirilgan natijaga erishish uchun mohirlik bilan boshqarilishi kerak. Loyihani samarali amalga oshirishda bilim, malaka va uslublarni mohirlik bilan qo'llash loyihani boshqarish deb ataladi.
Har bir loyihaning o'z umri bo'ladi. Turli adabiyotlarda bunday davrlar turlicha ataladi, lekin umuman olganda har bir loyihaning umri 4 bosqichga bo'linadi. Ular:
Boshlanish;
Rejalashtirish;
Ijro etish;
Yakunlash.
Yana bir muhim bosqich bu Monitoring va nazorat qilish boshqichi bo'lib, lekin u har bir yuqoridagi boshqichlarda ro'y beradi; shuning uchun uni doim ham alohida boshqichga ajratmaydilar.
Boshi ------------------------------------------------------------------------> Yakuni
Boshlanish davrida loyihaning maqsad va vazifalari, shuningdek ma’suliyatlar aniqlanadi. Loyiha nizomi, uning umumiy qiymati va mandaatdor tomonlar aniqlanadi.
Rejalashtirish davrida, loyihaning batafsil ish rejasi, moliyaviy rejasi, tadbirlar jadvali va boshqa tafsilotlari ishlab chiqiladi. Loyiha jamoasi tuziladi.
Ijro etish davri eng uzun davr bo'lib, barcha tadbirlar shu davrda amalga oshiriladi.
Tugatish davriga kelganda barcha tadbirlar tugab bo'ladi, shartnomalar berkitiladi va hujjatlashtirish ishlari ro'y beradi. Loyiha natijalari baholanadi. Loyiha natijasiga ko'ra keyingi boqichga tavsiyalar beriladi. Agar yangi mahsulot yaratilgan bo'lsa, uni doimiy ishlab chiqarishga o'tkaziladi va loyiha rasmiy ravishda berkitiladi.
Shu borada Monitoring va nazorat qilish jarayoniga ham to'xtalib o'tsak. Bu juda muhim jarayon bo'lib, unda loyiha qanday ketayotgaligi to'g'risida ma’lumot yig'ib boriladi va agar kerak bo'lsa loyihaga o'zgartirishlar kiritiladi.
1: Loyiha tuzish va uni boshqarish
Loyiha boshqaruvi - bu ma’lum bir maqsadga erishish uchun resurslarni samarali tashkil etish, rejalashtirish va nazorat qilishning muhim jarayonidir. Loyihalar turli sohalarda, jumladan, qurilish, muhandislik, sog’liqni saqlash va moliya kabi sektorlarda keng qo’llaniladi. Loyihaning asosiy xususiyati shundaki, u noyob mahsulot, xizmat yoki natijani yaratishga qaratilgan vaqtinchalik sa’y-harakatdir. Loyihalar katta yoki kichik, oddiy yoki murakkab, arzon yoki juda qimmat bo’lishi mumkin, ammo ularning barchasi samarali boshqaruvni talab qiladi. Loyihaning miqyosi va murakkabligidan qat’i nazar, puxta rejalashtirish, resurslarni oqilona taqsimlash va doimiy nazorat muvaffaqiyatli yakunlash uchun kalit hisoblanadi.
Loyiha Boshqaruvi Instituti (PMI) ta’kidlaganidek, har bir loyihaning aniq boshlanishi va oxiri mavjud. Loyihalar mustaqil ravishda amalga oshirilishi yoki katta dastur yoki portfelning bir qismi sifatida boshqarilishi mumkin. Dastur bir-biriga bog’liq loyihalar to’plamini anglatsa, portfel esa o’zaro bog’liq dasturlar yoki loyihalarni o’z ichiga oladi.
Loyihalarni boshqarishda asosan uchta yondashuv qo’llaniladi: an’anaviy (predictive/waterfall), moslashuvchan (agile) va gibrid (hybrid). An’anaviy yondashuv loyihani bosqichma-bosqich, ketma-ketlikda bajarishni nazarda tutsa, moslashuvchan yondashuv loyihaning o’zgaruvchan talablariga tezkor moslashish va doimiy takomillashtirishga e’tibor qaratadi. Gibrid yondashuv esa an’anaviy va moslashuvchan metodlarning eng yaxshi jihatlarini o’zida mujassam etadi.
Samarali loyiha boshqaruvi nafaqat belgilangan vaqt, byudjet va sifat maqsadlariga erishishga, balki manfaatdor tomonlarning talablarini qondirishga ham yordam beradi. Loyiha menejerining vazifasi resurslarni oqilona taqsimlash, jamoani boshqarish, risklarni minimallashtirish va doimiy ravishda kommunikatsiyani ta’minlashdan iborat.
Ushbu maqolada biz turli loyiha boshqaruvi metodologiyalarini, jumladan, ushbu sohada keng tanilgan Loyiha Boshqarish Instituti (PMI) tomonidan ishlab chiqilgan PMBOK (Project Management Body of Knowledge), PRINCE2 (Projects IN Controlled Environments), Agile (edjayl) va Lean Six Sigma kabi yondashuvlarni batafsil ko’rib chiqamiz. Shuningdek, ushbu metodologiyalarni qo’llashning amaliy jihatlarini va foydali vositalarni tahlil qilamiz.
|