• Loyiha va uning turlari
  • Loyiha tushunchasi "Sahar" maktabida oqitiladigan kurslardan biri Loyiha Tuzish va Boshqarish
  • Loyiha va doimiy faoliyat
  • 2-variant Loyiha va uning turlari




    Download 0,5 Mb.
    bet1/12
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #247639
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    1-mustaqil ish


    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti
    AWR010 -
    guruh talabasi Tursunboyev Durbekning
    Akademik yozuv
    fanidan tayyorlagan 1-mustaqil ishi





    Bajardi: Tursunboyev Durbek
    Tekshirdi: Xaitbayeva Nazokat
    2-variant
    Loyiha va uning turlari
    I. Kirish.
    1. Maqsad va mazmuni: Loyiha maqsadi va muhimligi.
    2. Mualliflar: Loyihani tuzgan shaxslar va jamoa.
    3. Tarix: Loyiha boshlanish va tugash sanasi.
    II. Ta’rif va maqsadlar.

    1. Loyiha haqida umumiy ta’rif.

    2. Loyiha maqsadlari: Qanday muammolarni hal qilishni maqsad qilganligi.

    III. Xulosa.

    1. Loyiha haqidagi fikrim.


    Loyiha tushunchasi
    "Sahar" maktabida o'qitiladigan kurslardan biri Loyiha Tuzish va Boshqarishdeb nomlanadi. Xo'sh, loyiha o'zi nima degani?
    Loyiha bu aniq bir maqsadga erishish uchun kelishilgan muayyan faoliyatlar tizimidir. Buni osonroq tushunish uchun, keling loyihaning boshqa faoliyat turlaridan ajratib turadigan jihatlarini ko'rib chiqamiz:
    Loyiha va doimiy faoliyat orasidagi farqlar:
    Loyiha o'ziga xos bo'ladi, ya'ni boshqa bunday loyihalar bo'lmaydi. O'xshash loyihalar bo'lishi mumkin, ammo ular ba'zi jihatlar bo'yicha farq qiladi. Masalan, bino qurish loyihasi. Bir xil materiallardan, xuddi shu ishchilar tomonidan va bir xil dizayn asosida yaratilga bo'lsa ham, boshqa joyda joylashgan bo'ladi va shu bilan farq qiladi.
    U muntazam qaytariladigan, doimiy faoliyatlardan tubdan farq qiladi. Masalan, korxona tomonidan doimiy ravishda qilinadigan ish, deylik avtomobil ishlab chiqarish, loyiha hisoblanmaydi. Doimiy ravishda qilinadigan ishni yakuniy kuni yo'q. Lekin, o'sha avtomobil uchun yangi o'rindiq (sidenie) turini yaratish va sinovdan o'tkazish loyiha hisoblanadi.
    Loyiha vaqtinchalik bo'lib uning boshi va oxiri bo'ladi, ya'ni boshlanish va yakunlash kuni. Loyiha muddati o'zgarishi mumkin, lekin o'zgargan holda ham uning yakuniy kuni bo'ladi. Loyiha 10 yillik ham bo'lishi mumkin, lekin uning albatta tugaydigan kuni aniq bo'ladi.
    Loyiha resurslari chegaralangan bo'ladi. Ya'ni faqat shu loyiha davomida ishlatish uchun mo'ljallangan bo'ladi.
    Loyihaga jalb qilingan ishchilar ham ma'lum bir muddatga, ya'ni loyiha muddatiga olinadilar. Bu ishchilar tashkilotning doimiy ishchilari bo'lishlari ham mumkin, lekin ular loyihaga ma'lum bir vaqtga, ma'lum bir vazifani bajarish uchun jalb qilinadilar
    Loyiha bosqichlari va tadbirlari ketma-ketlik bilan amalga oshiriladi.
    Demak, loyiha bu biror o'ziga xos mahsulot, xizmat yoki natijaga erishish uchun amalga oshiriladigan vaqtinchalik harakatlar majmuasi. U ma’lum bir belgilangan jadval, narx va ijro parametrlari doirasida maxsus maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi.
    Loyihaning vaqtinchalik bo'lgani loyiha natijasida yaratiladigan mahsulot yoki natijaga ta’sir etmaydi. Aksincha, bunday mahsulot va natijalar uzoq yillar davomida xizmat qilish uchun yaratiladi. Masalan, bino qurish loyihasining natijasida qurilgan bino ko'p yillar davomida turadi.
    Loyihaga misollar quyidagilar bo'lishi mumkin:

    • Yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratish;

    • Tashkilotning ichida o'zgarishlarni kiritish; masalan tashkilotning ichki tuzilmasini o'zgartirish;

    • Qurilish loyihalari;

    • Yangi biznes jarayonini kiritish va hokazo.

    Loyihalar har bir sohaga taaluqlidir. Ijtimoiy sohada biror muayyan muammoga yechim topish maqsadida turli loyihalar amalga oshiriladi. Ko'pincha bunday loyihalar "pilot" yoki "tajriba loyihalari" deb ataladi. Bunga sabab, muammoga yechim bo'ladigan yangi xizmat turi yoki natijaga erishish yo'li muayyan bir hududda tajribada sinab ko'riladi. Bunga misol tuman aholisini gigiena bo'yicha bilimlarini oshirish. Deylik bunday xizmat hozircha tumanda yo'q, lekin gigiena va tozalikka rioya qilmaslik ko'plab kasalliklarni qo'zg'atmoqda. Shu muammoni hal qilish uchun tumandagi nodavlat tashkiloti aholi orasida ma’lumot tarqatish va targ'ibot ishlarini olib borish loyihasini yaratib yangi xizmat turini sinab ko'radi. Loyiha natijasi qoniqarli bo'lsa, uni butun viloyat bo'ylab doimiy ravishda amalga oshirsa bo'ladi.
    Shu borada, har bir loyihani tuzganda, loyiha barqarorligini oldindan o'ylash va uni tadbirlarga singitib borish juda muhim. Loyiha tugagach unga nima bo'ladi? Kim bu ishni davom ettiradi? Unga qayerdan moliya keladi? shu kabi savollar ustida bosh qotirish kerak va loyiha tugagach uning o'rnida bo'shliq paydo bo'lib qolmaslikka intilish kerak.
    Agar loyiha yangi mahsulot yaratish bilan bog'liq bo'lsa, yangi mahsulot turi korxonaning doimiy mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga kiritiladi.

    Download 0,5 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,5 Mb.