• “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Muhokamalar va natijalar. Funksional yondashuvning asosi ish joyidagi harakatlarning 
    yigʻindisidan iborat boʻlib qolganligi hamda aksariyat hollarda nazariy bilimlarning ahamiyatiga yetarlicha 
    e’tibor qaratilmasligi, bugun va kelajakdagi ta’lim ehtiyojlariga mos kelmaydi, degan vajning ta’lim 
    https://buxdu.uz


    “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
    46 
    tashkilotlari tomonidan ilgari surila boshlanishi oqibatida Yevropa mamlakatlarida koʻp oʻlchamli va butun 
    yondashuvlarning yuzaga chiqishiga zamin yaratdi. Mazkur yondashuvlar ayni jihatlari bilan oʻzaro yaqinligi 
    va murakkab kasbiy kompetentlik modellarini nazarda tutganligi sababli ularni birgalikda oʻrganish ayni 
    muddao boʻladi. 
    Oʻtgan asrning 80-yillarida Amerika Qoʻshma Shtatlari, Buyuk Britaniya davlatlarida sodir boʻlgani 
    kabi Fransiyada ham Bandlik milliy byurosi tomonidan ishlab chiqilgan kasblar tavsifnomalarining 
    amaliyotga kiritila boshlashi “kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalarining nazariy tadqiqotlariga 
    boʻlgan akademik qiziqishni kuchaytirib yubordi.
    Talqin qilinishicha [16], Fransiyada shakllangan koʻp oʻlchamli yondashuvning mohiyati oʻzaro farq 
    qiluvchi ikkita yoʻnalishda qutblanadi: shaxsiy – har bir ta’lim oluvchining xulqi tavsifiga diqqatni toʻplash; 
    jamoaviy – jamoa faoliyatini samarali tashkil qilish hamda uning a’zosi sifatida ishtirok etish uchun zarur 
    boʻlgan kompetensiyalarni shakllantirish. Koʻrinib turibdiki, oʻqitish natijalariga koʻra mazkur xususiyatlarni 
    hosil qilish qutbiy yondashuvlarni talab qiladi va kommpetensiyalar klasterining rang-barangligi zaruriyatini 
    ifodalaydi. Shu jarayonda keng qamrovli izlanishlar olib borgan Le Baterf (Le Baterf G.) [19] 
    “Kompetensiya, gʻalati attraktor haqida insho” nomli asarida kompetensiyalarni quyidagicha turlaydi:
    - nazariy bilimlar (muammoni, vaziyatni fahmlash va sharxlash koʻnikmasi); 
    - bajarishga doir bilim va malakalar (qanday harakat qilishni bilish); 
    - tajribaga doir malakalar (emperik kuzatishlar jarayonida egallangan malakalar); 
    - ijtimoiy koʻnikmalar (individning ijtimoiy muhiti sharoitlari bilan aniqlanadi); 
    - kognitiv koʻnikmalar (axborotni izhohlash, fikrlash, yangiliklarni oʻrganish). 
    Yuqorida keltirilgan ikkita yondashuv va boshqa tadqiqotlar tahlili asosida J.Chivers va G.Chitxemlar 
    [16] kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning butun integrativ modelini yaratdilar. Model oʻzida funksional, 
    shaxsiy, bilishga doir, axloqiy va metakompetensiyalarni jamlashtiradi. 
    G.Strakaning (G.A.Straka) koʻrsatishicha, Germaniya va Avstriyada shakllangan butun yondashuv 
    faoliyatning aniq bir sohasida mutaxassisning kasbiy namoyon boʻlishi (amalga oshishi)ga moʻljal olishga 
    uchun yoʻnaltiriladi [22]. Ushbu yondashuv xulqning aniq modellarini (kompetensiyalar) yaratish, ularning 
    kasbiy sohalarga mosligini ta’minlash, shaxsiy xususiyatlar va ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirishga 
    qaratildi. Yondashuvning konsepsiyasida inson jamiyat taraqqiyotining muddaosi va mezoni sifatida 
    tavsiflanadi, uning ishtiroki bilan gina tanlov imkoniyati kengayadi, jarayon maqbullashadi, samarali oʻzaro 
    ta’sir vujudga keladi, kutilgan natijalarga erishiladi. Xorijiy tadqiqotlar tahlili natijasida xulosalash 
    mumkinki, ta’lim tizimining maqsadi, mazmuni, oʻqitish metodlari, texnologiyalari va natijalarini baholash 
    usullarini belgilashda kompetentli yondashuv markaziy oʻrinni egallaydi hamda quyidagi toʻrtta 
    kompetensiyalar birikmasini ifodalaydi (1-jadval). 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish