|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktabBog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 102
''Maktabgacha ta'limda zamonaviy innovatsion texnologiyalar''
Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani 20-Orom DMTT tarbiyachisi
Boboyeva Qunduzxon Isroilovna
Annotatsiya: Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarning har tomonlama rivoj
lanishini ta`minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab, shu bilan birga ra
ng-barangdir. Ta`lim-tarbiya samaradorligiga erishishda maktabgcha ta`lim
tashkilotlaridagi har bir faoliyat turini to`g`ri tashkil qilish lozim. Ushbu
maqolada maktabgacha ta`lim tashkilotlarida zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish, va ularning samaradorligi haqida bayon qilingan.
Kalit so`zlar: ta`lim tarbiya, zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar, masofaviy
ta`lim.
Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining
yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan
belgilanadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini
oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq
fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali
kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida
bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi.
Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv mexanizmi
tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilindi,
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqildi, oliy ma’lumotli
mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o‘quv
yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi. Shiddat bilan o'zgarib
borayotgan dunyoda yashay oladigan yoshlarni tayyorlash uchun asosiy vazifasini
muayyan miqdordagi bilimlarni berishdan iborat deb hisoblaydigan an'anaviy
ta'lim yo'sini mutlaqo yetarli emas. Chunki ilm-fan va texnika shu darajada
rivojlandiki, endi odam biror fandagi eng asosiy tushunchalarni ham xotirasida
saqlab qola olmaydi. Buning ustiga, tinimsiz o'zgarishlardan iborat bo'lib qolgan
hayotga mustaqil qadam qo'yayotgan yoshlar ana shunday o'zgarishlarga ham
|
| |