Har qanday narsa va hodisalar inson tomonidan idrok qilinmaydi. Chunki u tabiiy
va sun’iy shart-sharoitlar, ob’ektiv va sub’ektiv omillar tekshiriluvidan o‘tkazilib, ya’ni
saralash, tanlash jarayoni amalga oshiriladi, nomutanosiblik, me’yordan tashqari
ma’lumotlar aks ettirish doirasidan chetda qolib ketaveradi. Yuqoridagi xususiyatlarning
barchasi insonning yosh xycyciyatlariga, aqliy kamolotiga, tajribasiga, bilim saviyasiga
bog‘liqdir. Lekin to‘g‘ri (adekvat) idrok qilish uchun ma’lum shart-sharoitlar muhayyo
bo‘lmog‘i lozim.
Jahon psixologlari asarlarini tahlil qilish natijalari inson tomonidan faoliyat
maqsadini ro‘yobga chiqarish rejasini va modelini yaratishda ifodalanuvchi antitsipatsiya
(lot. «anticipatio» - oldindan sezish, payqash, oldindan idrok qilish, hodisa mohiyatini
ochishdagi topqirlik) bir necha bosqichlardan iborat ekanligidan dalolat bermoqda. Jahon
psixologlari antitsipatsiyani besh darajaga ajratib o‘rganmoqdalar, chunonchi:
Antitsipatsiyaning subsensor (lot. «sub» osti va «sensis» - sezish, ya’ni idrok qilishning
ongosti holati) darajasining ifodalanishi inson gavdasining o‘zgarishida, uning ideomotor
(ihtiyorsiz harakat) jarayonida, tashqi ta’sirga tezkor javob qaytarishida o‘z aksini topib,
gavdaning mujassamlashuvi va harakat barqarorligi insonning ixtiyoriy sa’y-harakatiga
tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim zamin ta’minlaydi. Antitsipatsiyaning sensomotor (lot.
«senses» - sezish, «motor» - harakat) bosqichi harakatdagi jismlarni o‘zaro taqqoslashda,
murakkab harakatlarni muvofiqlashtirishda, tezkor harakatning muhitdagi vaqt va
fazoviy o‘zgarishlar mutanosibligini uzluksiz ravishda idora qilib turishda namoyon
bo‘ladi.
Perseptiv (lot. «rersertio» - idrok) bosqichda idrok qilish xotira jarayonlari bilan
uyg‘unlashib ketadi. Buning natijasida o‘tmish tajribalariga asoslanib kelajakda vaqt va
fazoviy o‘zgarishlar yuz berishi ehtimoli chuqur tahlil qilinadi, uning obrazlari
yaqqollashtiriladi. Antitsipatsiyaning tasavvur darajasi obrazlarning vaqt va fazoviy
o‘zgarishiga binoan ularni fikran qaytadan yaratish, bunyod etish, goho aralashma
tasvirlar vujudga keltirish, ularning sxemasi va rejasini tuzish uchun insonda
uquvchanlik, qobillik hamda ijodiy faollikning tug‘ilishini namoyish qiladi.
Antitsipatsiyaning beshinchi bosqichi nutq va tafakkur yordamida bo‘lg‘usiholatlar,
hodisalar, keskin o‘zgarishlar to‘g‘risida bashorat (prognoz) qilish xulq-atvor
harakatlarini va amalga oshiriluvchi faoliyatini rejalashtirish jarayonining yuksalishi
bilan boshqa darajalardan sifat jihatidan ajralib turadi. Mazkur bosqichda umumlashtirish
va mavhumlashtirishning ayrim sermahsul darajalari, mantiqiy usullar, oqilona hamda
maqsadga muvofiq hatti-harakatlarning yuqori samara beruvchi ko‘rsatgichlari o‘zining
cho‘qqisiga erishadi.