3-Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi reja




Download 447,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/25
Sana21.05.2024
Hajmi447,68 Kb.
#247741
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
3-mavzu

Aristotel (Arastu) 
illyuziyasi 
deb ataladi.


Idrok qiluvchi shaxsning psixikasida ro’y beradigan o‘zgarishlar bilan yuzaga 
keladigan tasodifiy illyuziyalar ham mavjuddir. Sahroda chanqagan inson uzoqda 
yarqirab turgan sho’rhok yerni ko’l deb idrok qilishi (lekin bu illyuziyani sahrodan farq 
qila olishi joiz) yoki o’rmondagi to’nka qo’rqoq insonning ko‘ziga bironta yirtqich 
hayvonga o’xshab ko’rinishi xuddi shu illyuziyalar jumlasidandir.
O’q chiziqlari illyuziyasi uzunligi baravar bo’lgan ikki o’q chiziqning chetlariga 
ikki xil (kesishmaydigan va kesishadigan) chiziqlar chizilsa, illyuziya paydo bo’ladi. 
Ya'ni, kesishadigan chiziqlar o’q chiziqga nisbatan kesishmaydigan chiziqlar chizilgan, 
o’q chiziqidan uzunroq bo’lib ko’rinadi. Bu illyuziya kesishadigan va kesishmaydigan 
chiziqlar tamoyillariga asoslangan.
Parallel qilib chizilgan bir necha chiziqlar parallel emas, balki har xil tomonga 
kesilgan chiziqlardek tuyuladi. "Temir yo’l" illyuziyasi kesishadigan to’g’ri 
chiziqlarning torroq joyiga joylashgan chiziq uzunroq bo’lib ko’rinadi. Aslida esa har 
ikkala parallel chiziqning uzunligi tengdir.
Ikkita barovar doira shaklini chizib, ulardan birini o’sha doiradan kattaroq, 
ikkinchisini esa kichikroq doiralar ichiga olinsa, ikkinchi doira kattaroq ko’rinadigan 
bo’lib qoladi. Ya'ni kichik doiralar o’rtasida berilgani katta doiralar orasida berilganiga 
qaraganda kattaroq bo’lib ko’rinadi.
Birinchi odamga qaraganda ikkinchisi uzunroq, uchinchisi esa undan ham uzunroq 
bo’lib ko’rinadi. Aslida esa ular balandligi jihatidan bir - biriga teng.



Tik chiziqlarni ortiqcha baholash illyuziyasi silindrning balandligi, hoshiyasining 
kengligidan kattaroq bo’lib ko’rinadi. Aslida silindirning balandligi va hoshiyasining 
kengligiga bab-barovar. "Elpig’ich" ilyuziyasi-parallel chiziqlar orasidagi chiziqlarning 
ta'siri bilan ba'zida egilgandek, ba'zida esa burilib ketgandek bo’lib ko’rinadi.
Daryoda suzib ketayotgan katta va kichik ikki kema palubasi uzunligi jihatidan bir-
biriga barovar to’g’ri chiziq kesmalari bilan tasvirlangan bo’lsada, katta kema palubasi 
uzunroq bo’lib ko’rinadi. "Jonli doiralar" illyuziyasi. Katta va kichik doiralar chizilgan 
rasmlar aylanmaydi, albatta. Lekin kitobni qo’lga olib, uni o’ngdan chapga yoki chapdan 
o’ngga bir necha sekund aylantirsak, doiralar go’yo aylanayotgandek tuyuladi.

Download 447,68 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Download 447,68 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi reja

Download 447,68 Kb.
Pdf ko'rish