• Yashash shakllariga qarab idrok: fazoni vaqtni va harakatni idrok qilishga bo’linadi. 3. Idrok faollik darajasiga qarab
  • 3-Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi reja




    Download 447,68 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet22/25
    Sana21.05.2024
    Hajmi447,68 Kb.
    #247741
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
    Bog'liq
    3-mavzu

    Idrokning tasnifi 
    Idrokni klassifikasiya qilishda quyidagi 3 ta muhim tomoni hisobga olinishi 
    kerak va ular quyidagi jadvalda keltirilgan. 
    1.
    Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o’ynashiga qarab:
    ko’rish, eshitish, teri tuyish knestezik harakat, hid bilish va ta'm bilish idroklari bir-
    biridan farq qiladi.
    2.
    Yashash shakllariga qarab idrok:
    fazoni vaqtni va harakatni idrok qilishga 
    bo’linadi. 
    3.
    Idrok faollik darajasiga qarab
    : ixtiyorsiz va ixtiyoriy shakllarga bo’linadi. 
    Bunga sabab idrokning diqqat bilan uzviy bog’liqligidir. Diqqat idrokning faolligini 
    oshiradi hamda idrokning mukammal, ravshan, aniq bo’lishiga xizmat qiladi.


    Ma'lumki idrok odatda ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo’ladi. Ixtiyorsiz idrok hamisha 
    ixtiyorsiz diqqat bilan bog’liq bo’lib, muayyan bir maqsadsiz, hech qanday iroda kuchi 
    sarf qilinmasdan amalga oshiriladi. Ixtiyorsiz idrok biror narsani to’satdan, ta'sir 
    etayotgan narsalarning boshqa narsalardan keskin farq qilishi, haddan tashqari 
    originalligi, yorqinligi natijasida yuzaga keladi. Ixtiyorsiz idrok odamning butun faoliyati 
    davomida uzluksiz davom etib, ayrim paytlarda ixtiyoriy idrok bilan almashinib turadi. 
    Lekin shunday bo’lsa ham inson hayotida ixtiyoriy idrokning roli benihoya kattadir.
    Ixtiyoriy idrok oldindan belgilangan muayyan bir maqsad asosida amalga 
    oshiriladi. Idrokning ishtiroki asosan ixtiyoriy idrokda namoyon bo’ladi. Chunki ixtiyoriy 
    idrok ko’pincha odamda irodaviy zo’r berishni talab qiladi. Masalan, darsni ixtiyoriy 
    idrok bilan eshitib o’tirish odamdan anchagina iroda kuchini talab qiladi. Umuman 
    olganda, har qanday ixtiyoriy idrokda albatta diqqat qatnashadi. 
    Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarni yaxlit aks ettirishdan iborat bo’lgan 
    iroda jarayonining bir qancha o‘ziga xos xususiyatlari bordir. Odatda ikki idrok turi farq 
    qilinadi. Ulardan biri sodda idrok bo’lsa, ikkinchisi murakkab idrokdir. Sodda idrok 
    deganda atrofimizdagi turli-tuman narsalari masalan, xonadagi stol-stullar, shkaflar 
    hamda shkaflardagi o’yinchoqlarni idrok qilish sodda idrok qilishdan iboratdir. 
    Idrokni tasnif qilishda materiyaning yashash shakllari - fazo, vaqt, harakat asos 
    qilib olinadi, unga ko’ra idrok quyidagi turlarga ajratiladi: 

    Download 447,68 Kb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




    Download 447,68 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi reja

    Download 447,68 Kb.
    Pdf ko'rish