• Appersepsiya
  • 3-Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi reja




    Download 447,68 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet17/25
    Sana21.05.2024
    Hajmi447,68 Kb.
    #247741
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
    Bog'liq
    3-mavzu

    Appersepsiya 
    Idrokning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri idrok jarayoniga butun psixik hayot 
    mazmunining (ya'ni butun ma'naviy boyligining) ta'sir etishidir. Yuqorida aytilganidek, 


    idrok jarayoni odamning turmush tajribasi bilan bog’liq ekan, binobarin, idrok jarayoniga 
    bilim boyligi odamning ishonch, e'tiqodlari, dunyoqarashi, qiziqish va ehtiyojlari hamda 
    kasbi ta'sir qiladi. Psixologiyada idrok
    jarayoniga odamning butun ma'naviy hayot boyligini ta'sir etishini appersepsiya deb 
    yuritiladi.
    Appersepsiya -
    idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy 
    tajribalari, qiziqishlari, motivasiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman ruhiy hayotining 
    barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appersepsiya hodisasi tufayli odamlar o‘zaro 
    idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada tafovutlanadilar, ya'ni ular 
    aynan bir xil narsani uzining bilimi, saviyasi, nuqtai nazari, dunyoqarashi va ijtimoiy 
    kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, 
    daladagi gullab turgan paxtani oddiy bir talaba bilan tajribali agronom idrok qiladigan 
    bo’lsa, albatta, ularning idroklari, ya'ni paxtani aks ettirishlari juda katta farq bo’ladi.
    Talaba shunchaki, odatdagi oddiy bir paxta sifatida aks ettirsa, agronom paxtaning 
    qanday navi, taraqqiyotning qaysi bosqichda ekanligi, taxminan qancha hosil berishi va 
    shu kabilar bilan birga chuqur hamda juda to’la idrok etadi. Pedagogik va psixologik 
    bilimlarga ega bo’lgan tarbiyachi bilan bunday bilimlardan mutlaqo xabarsiz bo’lgan 
    oddiy bir onaning bolalaridagi turli extiyojlar va harakatlarni idrok qilishlari o’rtasida 
    keskin farq mavjud. Masalan, ildiz tushunchasini bolalar o’simliklarning moddiy asosi 
    sifatida, matematiklar sonlarning ildizi ko’rinishida, ijtimoiy nuqtai-nazardan qarindosh-
    urug’chilik shaklida ko‘z oldiga keltiradilar.
    Appersepsiya tushunchasi ba'zi hollarda idrokning aniqligi, to’liqligi, ravshanligi, 
    predmetliligi, tanlovchanlik kabi sifatlarning ma'nosi o’rnida qo’llanilgan. Psixologik 
    nazariyalariga ko’ra, appersepsiya hodisasi barqaror va vaqtincha (muvaqqat) deb 
    yuritiluvchi ikki turga ajratiladi. Barqaror appersepsiya hodisasi shaxsning dunyoqarashi, 
    qat'iy maslagi, motivasiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulq-atvori, 
    ma'naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bog’liq bo’lib, u o’ta murakkab tuzilishga egadir. 
    Muvaqqat (vaqtincha) appersepsiya turi esa shaxsning faqat idrok qilishi jarayonidagi 
    emosional holatiga, ya'ni uning kayfiyati, ruhlanishi, shijoati, stress, affekt ko’rinishidagi 
    his-tuyg’ularida, ularning sur'ati, davomiyligi tizimida o‘z ifodasini topadi. 
    Idrok xususiyatining yana bir o‘ziga xos xususiyati uning konstantligidir. 

    Download 447,68 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




    Download 447,68 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi reja

    Download 447,68 Kb.
    Pdf ko'rish