3-Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi reja




Download 447,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/25
Sana21.05.2024
Hajmi447,68 Kb.
#247741
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
3-mavzu

Sezgilar kontrasti
qarama-qarshi sifatga ega bo’lgan bir vaqtdagi qo‘zg’alish 
tufayli sezgirlikning o‘zgarishidir. Masalan, tinch joyda tovush kuchliroq seziladi. 
Oqimtir fonda qora rang qoraroq, qoramtir fonda oq rang yana ham och bo’lib seziladi. 
Odam charchaganda sezgirlik pasayadi. harakat oshganda sovuqqa sezgirlik o’tkirlashadi. 
Sezgirlik kasbga ham bog’liq. Masalan, rassomlarda rang sezish, musiqachilarda tovush 
sezish va shu kabilar. 
 
Idrok haqida tushuncha 
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib, barcha 
ruhiy holatlar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni egallangan 
bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo’ladi, aks ettirishda 
ishtirok etadi. Idrok sezgiga nisbatan bir muncha murakkabroq, to’laroq aks ettirish 
jarayoni bo’lib, sezgi a'zolarimizga ta'sir etib turgan narsa va hodisalarni butun belgi 
hamda xususiyatlari bilan butunligicha, ya'ni yaxlit aks ettirishdan iboratdir. Masalan, 
olmani ko’rgan paytimizda uning shakli, rangi, ta'mi, hidi va navi bilan birgalikda bir 
butun narsa tarzida idrok etamiz. Demak, idrok qilish jarayonida deyarli barcha 
sezgilarimiz qatnashadi. Shuning uchun ham idrok sezgiga nisbatan ancha murakkab aks 
ettirish jarayonidir. Shaxs tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning faqat ayrim 
xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi, balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir 
butun holda ham aks ettiradi. Psixologik adbiyotlarda idrok tushunchasiga turlicha 
ta'riflar uchraydi. Jumladan M.Vohidovning "Psixologiya" darsligida 
idrok
deb sezgi 
a'zolarimizga ta'sir etayotgan narsa va hodisalarni yaxlit holicha aks ettirishga aytiladi, 
deb keltiriladi. V.Karimovaning "Psixologiya" o’quv qo’llanmasida 
idrok 
bu 
bilishimizning shunday shakliki, u borliqdagi ko’plab xilma-xil predmet va hodisalar 
orasida bizga ayni paytda kerak bo’lgan ob'ektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda 
aks ettirishimizni ta'minlaydi.
Keltirilgan ta'riflardan kelib chiqqan holda idrokka quyidigicha ta'rif berish 
mumkin: 
Idrok
-deb sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini 
kishi ongida bir butun holda aks ettirilishiga aytiladi. 
Kishi narsa-hodisalarning ayrim xossalarini sezadi. Uni bir butun holda idrok 
qiladi. Chunki narsa va xossa bir-biridan ajralgan holda mavjud bo’lmaydi. Odam 
narsalarni idrok qilayotganda uning ayrim xossalarini sezadi. Masalan: chaqmoq qandni 
idrok qilinadi, uning shirinligi seziladi. quyoshni idrok qilinadi, uning issiqligi seziladi 
va boshqalar.
Idrok qo‘zg’atuvchilarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq 
qilib, narsani butunligicha, yaxlitligicha, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks 
ettiriladi. Shuning uchun idrok ayrim sezgilarning oddiy yig’indisidan iboratdir, degan 
xulosa chiqarib bo’lmaydi. Idrok o‘ziga xos tuzilishga ega bo’lgan hissiy bilishning sifat 
jihatidan yangi yuksakroq bosqichidir. 
Idrokning muhim tomonlaridan biri - uning xususiyatlarini turli jabhalar, 
vaziyatlar, sharoitlarda namoyon bo’lishidir. Idrokning muhim xususiyatlaridan biri - bu 
faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning idrok 
qilish (perseptiv) faoliyatini uning o‘zlashtirilgan bilimlari, to’plagan tajribalari 
shuningdek, murakkab analitik-sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi. 
Idrokning yana bir muhim xususiyati, uning narsa va hodisalarni umumlashgan 
holda aks ettirilishdir. Ma'lumki, inson psixikasiga kirib borayotgan ko’p qirrali, ko’p 


yoqlama amallari idrok qilish bilan cheklanib, chegaralanib qolmasdan, balki o’sha 
majmua aniq qism yoki hodisa sifatida baholanadi. 
Idrokning navbatdagi xususiyati uning harakatchanligi va boshqaruvchanligidir. 
Masalan: toshko’mir yoruqlikda yoqdu sochadi, oq qog’ozdan ko’proq nur balqiydi. 
Lekin inson bu narsalarni "qora" va "oq" deb idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita 
sub'ektiv taassurotlarga nisbatan o‘zgartirishlar, tuzatishlar kiritadi.

Download 447,68 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Download 447,68 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi reja

Download 447,68 Kb.
Pdf ko'rish