axborotlarini qabul qilib, tanlab, to’plab, har bir sekundda axborotlar oqimini qabul qilib
va qayta ishlab miyaga yetkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi olamni va
organizm o‘z ichki holatini adekvat "mos" aks ettirishi hosil bo’ladi. Sezgi a'zolari tashqi
olamning inson ongiga olib kiradigan yo’llaridan biridir.
Sezgilarning nerv – fiziologik asoslari
Ma'lumki, sezgilar faqatgina tashqi ta'sirlar natijasida hosil bo’lmay, balki
organizmning ichki holatida ham amalga oshiriladi. Sezgi nerv tizimining u yoki bu
qo‘zg’atuvchidan ta'sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo’ladi va har qanday psixik
hodisa kabi reflektorlik xususiyatiga egadir. Sezgilarning nerv - fiziologik asosini
qo‘zg’atuvchining o‘ziga aynan o’xshaydigan analizatorga ta'siri natijasida hosil
bo’ladigan nerv jarayoni tashkil qiladi. Shuningdek, sezgilarning nerv fiziologik asosini
o’rganishda