Nog’ora parda va unga yopishgan suyakchalar havo to’lqinlarini ichki quloqqa uzatadi.
O’rta quloq maxsus yo’l orqali og’iz va burun bo’shlig’i bilan tutashgan bo’ladi. Ichki
quloqlarning yuqori qismi uchta yarim doira kanaldan, o’rta qismi kameradan va pastki
qismi chig’anoqdan tashkil topgan. Ichki quloqlarning uchchala bo’limi endolimfa nomli
suyuqlikdan iboratdir. Ichki quloqlarning asosiy qismi chiqanoqdan iborat bo’lib, uning
ichida kortiy organ mavjud, u gumbaz shakliga ega bo’lib, asosida membrana joylashgan.
Membrana uzunligi qisqarib boruvchi elastik tolalardan iborat bo’lib, ular tarang tortilgan
to’rlarga o’xshaydi. Uning yuqori qismida maxsus, tayoqchasimon hujayralar mavjud va
ular kortiy dugalari deb yuritiladi. Membrananing tolalari endolimfaga ingichka qo’llari
bor maxsus hujayralar yordamida korniy dugalari orqali katta yarim sharlar po’stining
bo’lagida joylashgan. Havo to’lqinlarining harakati tufayli
tovush chiqaruvchi jismlar
tebranganida eshitish sezgilari hosil bo’ladi. Agar musiqaviy tovushlar havo
to’lqinlarining sekin harakatlari natijasida vujudga kelsa, shovqinli tovushlar esa ularning
notekis harakatlari natijasida yuzaga keladi. Odamning eshitish organi bir sekundda 16
martadan 20000 martagacha tebranishli tovushlarni qabul qiladi.