1.
Tashqi
muhitdagi
narsa
va
hodisalarning
xususiyatlarini
aks
ettirishgamoslashgan hamda reseptorlari tananing sirtqi qismida
joylashgan sezgilar,
ya'ni
ekstroreseptiv sezgilar
;
2.
Ichki tana a'zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda
reseptorlari ichki tana
a'zolarida, to’qimalarda joylashgan sezgilar, ya'ni
interoreseptiv sezgilar.
3.
Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot (axborot,
xabar)
beruvchi muskullarda, bog’lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar,
ya'ni
proprioreseptiv sezgilar
.
Sezgilarning tasnifi va bu boradagi tadqiqotlarni tahlil qilamiz. Dastlabki
mulohazalar interoreseptiv sezgilar u borasida rus psixologi
A.R.Luriya
tadqiqot ishini
olib borgan.
Uning fikricha, interoreseptiv sezgilar asl, tub, ma'nodagi
sezgilar emas,
balki emosiyalar bilan sezgilar o’rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo’ladi.
Psixologiya fanida mazkur sezgilar to’la o’rganilmaganligi sababli uni
"noma'lum hislar"
deb atalgan. Bu asosan ichki organlarning xastaliklarida vujudga keluvchi holatlarni
diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Interoreseptiv sezgilar insonning kayfiyatida, emosional reaksiyalari o‘zgarishida
ko‘zga tashlanadi, bolada esa xatti-harakatning keskin o‘zgarishiga sabab bo’ladi. Chunki
bola tana a'zolaridagi ichki holatini anglash, his qilish imkoniyatiga ega emas. Shuning
uchun undagi xatti-harakatning umumiy o‘zgarishi belgilardan buni sezish mumkin.
Interoreseptiv sezgilar organizmdagi ichki jarayonlarni o‘zaro o’rin
almashtirish
muvozanatini ta'minlab turishning asosi hisoblanadi. Bu jarayonni bir so‘z bilan
aytganda, organizmdagi jarayonlarni o‘zaro o’rin almashib
turishning gemostazi
(barqarorligi) deb ataladi. Shuningdek, mazkur sezgilar insonda yuzaga keladigan puls,
zo’riqish, affekt holatlarini yo’qotish, tug’ilib kelayotgan mayllarni qondirish bilan
bog’liq vazifani bajaradi. Natijada ichki tana a'zolarining faoliyatini izdan chiqarish holati
yuz berishi mumkin.
Interoreseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari intero-sepsiya bilan birgalikda