bilan rangdor pardaning orqasida ikki tomoni qavariq, tiniq jism ko‘z gavqari joylashgan
bo’ladi. Yoruqlik nurlari unda to’planib, so’ng sinadi va to’r pardaga narsa yoki jismning
aksi, surati tushadi. Ko‘z soqqasining gavqari bilan to’r parda o’rtasidagi
butun ichki
yuzasi shishasimon jism deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqlik bilan qoplangan bo’ladi.
To’r parda rang va yoruqlikni sezish uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda ko’ruv
nervining tarmoqlari joylashgandir. Ushbu tarmoqlarning chekkadagi uchlarida tayoqcha
va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv xujayralari mavjuddir. Inson ko‘zini to’r
pardasida 130 millionga yaqin tayoqchalar va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv
hujayralari mavjuddir. Inson ko‘zining to’r pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7
millionga yaqin kolbacha bor deb taxmin qilinadi. Kolbachalar yordami bilan xromatik,
ya'ni kunduzgi ranglar ko’riladi. Tayoqchalar yoruqlikni yaxshi sezuvchan bo’lib, xira va
qorong’u paytlarda o‘z
funksiyasini bajaradi, axromatik ranglarni aks ettiradi. To’r
pardaning eng sezgir joyi - sariq dog’ning asosan, kolbachalar bilan markaziy
chuqurchasi hisoblanib, unga
qaysi narsaning aksi tushsa, xuddi shuni hammadan
ravshanroq ko’ramiz. Obektga tik qarash natijasida ko‘z muskullari unga qaratiladi va aks
ettiruvchining sur'ati sariq dog’ga tushadi. Bunday tarzdagi ko’rish to’g’ri ko’rish
deyiladi. Odam ko‘zi ranglarning taxminan, 380 millimikrondan 780 millimikrongacha
uzunlikdagi to’lqinlarning ta'sirini sezadi.Uch rangli sezgi nazariyasining asosiy qoidalari
1756 yilda