|
I.P.Pavlov
ta'biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi.
AnalizatorBog'liq 3-mavzuI.P.Pavlov
ta'biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi.
Analizator
- tashqi va ichki muhitdan keladigan ta'sirotlarni qabul qilib olib,
fiziologik jarayon bo’lgan qo‘zg’alishni psixik jarayonga, ya'ni sezgilarga
aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 qismdan tashkil topgan
bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
1.
periferik (reseptor) - tashqi quvvatni nerv jarayoniga o’tkazadigan maxsus
transformator qismi;
2.
analizatorning periferik bo’limining markaziy analizator bilan bog’laydigan
yo’llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi)
nervlar;
3.
analizatorning periferik bo’limlaridan keladigan nerv signallarining qayta
ishlanishi sodir bo’ladigan qobiq osti va qobiq bo’limlari.
Analizatorning qobiq bo’limida reseptor hujayralarining asosiy qismi jamlangan
o‘zak, ya'ni markaziy qism va qobiqning turli joylarida ma'lum miqdorda mavjud tarqoq
hujayra qismlaridan tarkib topgan tashqi qism bo’ladi. Analizatorning o‘zak qismida
reseptordan markazga intiluvchi nervlar joylashgan bo’lib, ko’plab hujayralardan iborat.
Mazkur analizatorning periferik, ya'ni tarqalib ketgan qismlari boshqa analizatorlarning
o‘zaklari bilan yondosh sohalariga kiradi va alohida narsalarni izlash jarayonida butun
bosh miya qobiqining katta qismi ishtirok etishiga erishiladi. Analizatorning o‘zagi analiz
va sintez qilish funksiyasini bajaradi
, masalan
, tovushlarning balandligi.
Tarqoq qismlar dag’al analiz funksiyalarni, masalan musiqiy ohang va tovushlarni
farqlash bilan bog’liq bo’ladi.
Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo’li manbasi va
eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi reseptordan ta'sirotni miyaga olib
boruvchi nerv yo’llari va effektordan tarkib topgandir. Reflektor yoyi elementlarning
o‘zaro munosabati murakkab organizmning tevarak-atrofdagi olamda to’g’ri mo’ljal
olishning organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi faoliyatining negizini
ta'minlaydi.
|
| |