3-Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi reja




Download 447,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/25
Sana21.05.2024
Hajmi447,68 Kb.
#247741
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
3-mavzu

Idrokning nerv fiziologik asosi 
Idrok ham sezgi kabi reflektor jarayon hisoblanadi. 
I.P.Pavlov
bo’yicha idrokning 
negizini tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar reseptorlarga ta'sir etishi natijasida bosh 
miyaning katta yarim sharlari qobiqida hosil bo’ladigan shartli reflekslarning muvaqqat 
nerv bog’lanishlari tashkil etadi. Tashqi olamdagi narsalar va hodisalar kompleks 
qo‘zg’atuvchi sifatida xizmat qiladi. Analizatorlarning qobiq bo’linmalar o‘zagida ana 
shu kompleks qo‘zg’atuvchilarning murakkab tahlili va sintezi amalga oshiriladi. Idrok 
sezgilarga qaraganda miyaning ancha yuksak darajadagi tahlil qilish, umumlashtirish 
faoliyati hisoblanadi. Tahlil qilmasdan turib, idrokning anglangan bo’lishi mumkin emas. 
Jumladan, notanish xorijiy tilda aytilgan nutq boshdan-oyoq tovushlar oqimi tarzida idrok 
etiladi. Nutqning anglangan holda idrok etilishi, ya'ni u tushunishi uchun nutqning 
alohida iboralarga mohiyat e'tibori bilan so‘zlarga ajratish shartidir. Ayni paytda nutqni 
idrok etish jarayonida tahlil bilan bab- baravar tarzda sintez qilinadi, shu tufayli biz 
aloqida tarqoq tovushlarni emas, balki so‘zlarni va iboralarni idrok etamiz. Muvaqqat 
nerv bog’lanishlarining o’rnatilishi sintezning negizini tashkil qiladi. Idrokning negizi 
nerv bog’lanishlarining ikki turidan, bitta analizator doirasida hosil bo’ladigan 
bog’lanishlardan va analizatorlararo bog’lanishlardan tarkib topadi. Birinchi holat 
organizmga bitta modallikdagi kopleks qo‘zg’atuvchi ta'sir etganda kuzatiladi. Eshitish 
analizatorlariga ta'sir qiladigan alohida tovushlarning o‘ziga xos birikmasidan iborat kuy 
ana shunday qo‘zg’atuvchi bo’lishi mumkin. Ushbu kompleksning hammasi bitta 
murakkab qo‘zg’atuvchi sifatida ta'sir qiladi.
Kompleks qo‘zg’atuvchining ta'siri ostida hosil bo’ladigan nerv bog’lanishlarining 
boshqa bir turi ham borki, ular turli xildagi analizatorlar doirasidagi bog’lanishlardan 
iboratdir. 

Download 447,68 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Download 447,68 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi reja

Download 447,68 Kb.
Pdf ko'rish