|
3-Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi reja Pdf ko'rish
|
bet | 12/25 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 447,68 Kb. | | #247741 |
Bog'liq 3-mavzupsixofizik qonun
nomi bilan
yuritiladigan qonun quyidagicha izohlanadi.
Sezgining jadalligi qo‘zg’atuvchi kuchining
logarifmiga proporsionaldir. Boshqacha qilib aytganda, qo‘zg’atuvchining kuchi
geometrik progressiya yo’li bilan osha borgan taqdirda sezgilarning jadalligi arifmetik
progressiya yo’li bilan oshadi.
Bu qonun
Veber - Fexner
qonuni ham deb ataladi.
Ayirma sezuvchanlik yoxud farq ajratish sezuvchanligi ham farqlanish
chegarasining o’lchamiga nisbatan teskari bog’lanishda bo’ladi; farqlanish chegarasi
qanchalik katta bo’lsa, ayirma sezuvchanlik ham shunchalik kam bo’ladi.
Sezgilar chegarasining absolyut me'yori bilan belgilanadigan analizatorning
sezgirligi barqaror bo’lmasdan qator fiziologik va psixologik shart-sharoitlar ta'siri ostida
o‘zgarib turadi. Ushbu shart-sharoitlar orasida adaptasiya (moslashish) hodisasi alohida
o’rin egallaydi.
Adaptasiya
- yoxud moslashuv - sezgi organlari sezgirligining qo‘zg’atuvchi ta'siri
ostida o‘zgarishi demakdir.
Adaptasiya
(yoki moslashish) ikki turga bo’linadi:
a) negativ adaptasiya;
b) pozitiv adaptasiya.
Pozitiv adaptasiyada
kuchsiz qo‘zg’atuvchi ta'siri ostida sezgirlik oshadi. Ko’rish
analizatorida pozitiv adaptasiya, qorong’ulik adaptasiyasi deyiladi.
Negativ adaptasiya ikki xil bo’ladi:
a) qo‘zg’atuvchining davomiy ta'siridan sezgirlik yo’qoladi
. Masalan, qo’limizga
yuk qo’yilsa sezamiz, ammo vaqt o’tishi bilan sezmay qolamiz.
b) kuchli qo‘zg’atuvchi ta'siridan sezgirlikning susayishi
. Masalan, qorong’u
xonadan birdaniga chiqib qolsak, avvaliga hech narsa ko’rmaymiz, vaqt o’tishi bilan
sezgirlik pasayib biz normal ko’ramiz.
Adaptasiya teri reseptorlarida tez yuzaga keladi.
I.P.Pavlov
fikricha,
"Adaptasiya
bosh miya po’stloq qismidagi muhofazalovchi tormozlanishi tufayli hosil bo’ladi"
.
Haroratga, hidlarga nisbatan ham adaptasiya bo’ladi.
Sensibilizasiya
- analizatorlarning o‘zaro munosabati va mashq qilishi natijasida
sezgirlikning kuchayishidir.
Sensibilizasiyaning adaptasiyadan farqi:
1.
Adaptasiyada sezgirlik oshadi yoki kamayadi, sensibilizasiyada esa
faqat oshadi;
2.
adaptasiyada sezgirlikning o‘zgarishi tashqi chegaralarga bog’liq
bo’lsa, sensibilizasiyada psixologik, fiziologik holatlarga bog’liq bo’ladi.
Sinesteziya
qo‘zg’atuvchining bir analizatorga ta'siri bilan boshqa analizatorga xos
sezgining paydo bo’lishidir. Ko’rish, eshitish sinesteziyasi ko’proq uchraydi.
Sinesteziyalar har bir shaxs uchun doimiy bo’ladi. Masalan, kompozitorlardan Skrebin,
A.F.Lest, N.Rimskiy Korsakovlarda "rangdor eshitish" qobiliyati bo’lgan. Demak,
sinesteziya ikki sezgining bir sezgi bo’lib qo’shilishidir. "Masalan, "shirin so‘z", "bag’ri
tosh".
|
| |