butun so‘z va iboralarni idrok qilamiz. Demak, idrokning nerv fiziologik asosida ikkinchi
signal tizimining muvaqqat nerv bog’lanishlari yotadi. Muvaqqat nerv bog’lanishlarining
hosil bo’lish jarayonini sintez asosini ikki xil nerv bog’lanishlari tashkil qildi.
Bir analizator doirasida hosil bo’ladigan bog’lanishlar bir narsadagi kompleks
qo‘zg’aluvchilarining organizmga ta'sir etishdan vujudga keladi. Masalan, eshitish
analizatoriga ta'sir qiladigan ayrim tovushlarning o‘ziga birikishi shunday qo‘zg’ovchi
bo’la oladi. Musiqa tinglash, rasm ko’rish, ular analizatorlararo bog’lanishlar, bir narsa
yoki bir necha analizatorlarga ta'sir etadi. Masalan, ko’rish, muskul analizatorlari,
ma'ruza, monolog.