• Konvergensiya
  • 3-Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi reja




    Download 447,68 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet23/25
    Sana21.05.2024
    Hajmi447,68 Kb.
    #247741
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
    Bog'liq
    3-mavzu

    1.
     
    Fazoni idrok qilish 
    2.
     
    Vaqtni idrok qilish 
    3.
     
    Harakatni idrok qilish 
    Fazoni idrok qilish 
    Fazoni idrok qilish voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda egallagan o’rnini, 
    shaklini, miqdorini, bir-biriga nisbatan munosabatlar bilish jarayonining shaklidir. 
    Voqelikni idrok qilish orqali inson borliq to’g’risida, uning xususiyatlari, xajmi, masofasi 
    (ich tomonni, chuqurligi) yuzasida muayyan ma'lumotlar, xossalar, axborotlar to’plash, 
    ularni farqlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
    Fazoni idrok qilish undagi narsalarning shaklini, hajmini va o‘zaro munosabatlarini 
    aks ettirishdir. Demak, fazodagi narsalar uch o’lchovda idrok qilinadi; narsalarning 
    shakli: uch burchakli, to’rt burchakli, kub, kvadrat, doira, konus va boshqalar. 
    Narsalarning hajmi katta, kichik, o’rtacha, yirik, mayda va boshqalar. Narsalarning bir-
    biriga va idrok qiluvchiga munosabati: o’ngda, chapda, yuqorida, pastda, uzoqda va 
    hokazo. Fazoni ko’rish, teri, muskul-harakat organlari bilan idrok qilinadi. Fazoni bir 
    ko‘z bilan yoki ikki ko‘z bilan idrok qilamiz. Monokulyar idrokda narsalarning 
    chetlaridan kelayotgan nurlar bitta ko‘zning to’r pardasida aks etadi. Bu nurlar ko‘z 
    gavharlarida bir-birini kesib o’tadi va ularning kesishgan joyida ko’rish burchagi hosil 
    bo’ladi. Bu burchakning katta-kichikligiga hamda uning ko‘zdan qanchalik uzoq-
    yaqinligiga bog’liq. Ko‘z gavharlarining va
    umuman ko‘zning narsalarni eng yaxshi ko’rish uchun moslashuvini 
    akkomadasiya 
    deyiladi.
    Odatda fazodagi narsalarning shakli, hajmi va o‘zaro munosabatlarini ikki ko‘z 
    bilan binokulyar idrok qilinadi.
    Biz bir narsaga ikki ko‘z bilan qaraymiz. Lekin narsa bitta aks etadi. Buning sababi 
    o’sha narsadan keladigan nurlarning ko‘z pardasiga mos yoki mos bo’lmagan nuqtalariga 
    to’g’ri kelishidir.


    Narsalarning fazo munosabatini binokulyar idrok qilishda konvergensiya muhim 
    ahamiyatga ega. 
    Konvergensiya
    - biror narsaga qaraganda ikkala ko‘z soqqasining qanshar tomon 
    bab-barobar burilishidir. Konvergensiya masofani, chuqurligini aniq, to’liq idrok qilishga 
    imkon beradi. 

    Download 447,68 Kb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




    Download 447,68 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi reja

    Download 447,68 Kb.
    Pdf ko'rish