3-Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi reja




Download 447,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/25
Sana21.05.2024
Hajmi447,68 Kb.
#247741
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
3-mavzu

Vaqtni idrok qilish. 
Odamda inson tomonidan vaqtni idrok qilish asosan ruhiy 
hodisalar, holatlar, vaziyatlar, xususiyatlarning o‘zaro o’rin almashinuvi tufayli namoyon 
bo’ladi va o‘ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib 
turadi. Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining ob'ektiv 
(haqqoniy, xolis) mazmuniga, shaxsning o‘ziga nisbatan munosabatiga bog’liq bo’lib, 
shu mezon orqali uning mahsuldorligi o’lchanadi. Masalan, shaxsning ehtiyoji 
motivasiyasi, qiziqishi va intilishlariga mutanosib vaqt birligini, idrok birligini idrok 
qilgan taqdirdagina vaqt ob'ektiv jihatdan kechinmalar, his-tuyg’ularga nisbatan 
shaxsning ijobiy, haqqoniy munosabatlarida tez o’tganday idrok qilinadi, odatda 
yoqtirmaslik idrok maydoniga (qamroviga) nomutanosiblik esa shaxsda zerikish, vaqt 
"sekin" o’tish tuyg’usini uyg’otadi. 
Biz idrok qilib turgan narsa-hodisalar muayyan vaht davomida paydo bo’ladi, 
o‘zgaradi va o’tib ketadi. Vaqt materiya mavjudligining asosiy shakllaridan biridir. 
Vaqtni idrok qilish voqelikdagi hodisalar va ularning muntazamligini aks ettirishdir. 
Vaqtni idrok qilish ob'ektiv reallikni aks ettirib, kishini o’rab olgan muhitda mo’ljal 
olishiga imkon beradi. Vaqtni mo’ljal olish orientirovkasi miyaning po’st bo’limlari 
yordamida amalga oshadi. Lekin vaqtni idrok qiluvchi maxsus a'zo mavjud emas. 
Vaqtni idrok qilishda turli analizatorlar qatnashadi, biroq vaqtlar oraliqinining bir 
muncha aniq farqini kinestezik va eshitish sezgilari beradi. 
Markaziy asab tizimida bosh miya katta yarim sharlarida qo‘zg’alish va 
tormozlanishning ritmik almashinuvi vaqtni idrok qilish asosida yotadi. Agar bosh miya 
po’stida qo‘zg’alish jarayoni ustunlik qilsa, vaqt "tez" o’tgandek, agar tormozlanish 
ustunlik qilsa, vaqt "sekin" o’tgandek idrok qilinadi. Vaqtning "tez" yoki "sekin" o’tishi 
kishining vaqtga va diqqati yo’naltirilgan ob'ektga munosabatiga ham bog’liq. Masalan, 
biror darsning o’tishi, kinofilmni ko’rish, avtobus yoki biror kishining kelishini kutish va 
hokazo. Odamlar vaqtni ob'ektiv belgilash, uning oraliqini to’g’ri farqlashga imkon 
beradigan narsalar oy, quyosh, yulduzlar harakatidan foydalanib kelganlar. 

Download 447,68 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Download 447,68 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi reja

Download 447,68 Kb.
Pdf ko'rish