|
3-Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi reja Pdf ko'rish
|
bet | 19/25 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 447,68 Kb. | | #247741 |
Bog'liq 3-mavzuIllyuziya
- bizga ta'sir qilayotgan narsalarni yanglish
idrok qilish demakdir. Odatda ikki xil illyuziya farqlanadi:
a) ob'ektiv illyuziya;
b) sub'ektiv illyuziya.
Ob'ektiv illyuziya - hamma odamlar uchun umumiy xarakterga ega bo’lib, uni
geometrik illyuziya deb ham yuritiladi. Ob'ektiv illyuziya biz idrok qilayotgan
narsalarning o‘zaro bir-biriga ta'siri tufayli yuz beradi. Illyuziyaning bu turi har xil
geometrik shakllarni idrok qilishda juda yaqqol ko’rinadi. Masalan, uzunligi baravar
bo’lgan ikkita gorizontal to’g’ri chiziq chizilsa, bu chiziqlarning uchlariga tashqariga
qaratilgan va ichkariga qaratilgan chiziq kattaroq bo’lib ko’rinadi. Idrok jarayonida yuz
beradigan illyuziyaning bu turiga juda ko’plab misol keltirish mumkin. Masalan, baravar
kattalikka ega bo’lgan uchta ketma-ket turgan to’g’ri burchakli ustunchalarni chizib,
ularning atrofiga uzoqlashtiruvchi chiziqlarni chizsak, bu uchta ketma-ket turgan
ustunchalar har xil kattalikda bo’lib ko’rina boshlaydi. Bu erda uzoqlashtiruvchi
chiziqlarning ta'sirida illyuziya hosil bo’ladi.
Sub'ektiv illyuziyalar odamning ayni
chog’dagi hissiy holati bilan bog’liq bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, odamning hissiy
holatida ro’y beradigan o‘zgarishlar idrok jarayoniga ta'sir qiladi. Masalan, yuqorida aytib
o’tilganidek, odam kechasi yolg’iz ko’chada qo’rqib ketayotgan bo’lsa, har bir sharpa
uning qo’rqinch hissini kuchaytirib yuboradi. Natijada uning ro’parasidan chiqib qolgan
butalgan daraxt qandaydir dahshatli mavjudotga o’xshab ko’rinadi. Hayotda
keng
tarqalgan har xil ins-u jins, devlar, ajinalar va shu kabi nojins narsalar haqidagi ko’plab
gaplar kuchli qo’rqinch hissi ta'sirida noto’g’ri idrok qilish, ya'ni sub'ektiv illyuziya
tufayli vujudga kelgandir. Ba'zan odam qattiq qo’rqqan paytida bosh miya katta yarim
sharlarining po’stidagi muhim markazlardan birortasi uzoq muddatli tormozlanish
holatiga tushib qolishi mumkin. Buni akademik I.I.Pavlov hayotni muhofaza qiluvchi
tormozlanish deb atagan edi. Ana shunday paytda tormozlanib qolgan markaz bilan
bog’liq bo’lgan organizmning biror qismida keskin o‘zgarish paydo bo’ladi. Chunonchi
odamning og’zi yoki ko‘zi qiyshayib qolishi mumkin yoki ho’li, oyoqi falaj bo’lib qolishi
mumkin. Sub'ektiv illyuziya hodisasi, ya'ni qattiq qo’rqinch hissi ta'sirida noto’g’ri idrok
qilish hodisasi bolalarda ham uchrashi mumkin. Shuning uchun ana shu yug’oridagi
mulohazalarni, ya'ni yanglish idrok natijasida paydo bo’ladigan qo’rqinchli obrazlarni
nazarda tutib, hech vaqt bolalarni qo’rqitish kerak emas.
Psixologiyada
ko’rish
illyuziyalarining o’rganilishi muayyan o‘zining tadqiqot tarixiga ega. Masalan, agarda biz
ko’rsatkich va o’rta barmoqlarimizni chalishtirib, no’xot yoki bironta dumaloq narsani
chalishtirgan holda ikkala barmoqimizning uchi bilan bosib turib, shuningdek ayni bir
davrda aylantiraversak, bu holda barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita no’xot
bordek his qilamiz.
Ana shu holdagi bir narsaning ikkita bo’lib sezilishi
|
| |