• Idrokda obekt va fon
  • Idrokning xossalari. Kuzatish va kuzatuvchanlik




    Download 447,68 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet16/25
    Sana21.05.2024
    Hajmi447,68 Kb.
    #247741
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
    Bog'liq
    3-mavzu

    Idrokning xossalari. Kuzatish va kuzatuvchanlik 
    Idrokning o‘ziga xos juda muhim xususiyatlaridan yana biri kuzatuvchanlikdir. 
    Umuman olganda idrok jarayonining hammasi kuzatish bilan har doim uzviy bog’liq. 
    Chunki odam idrok qilayotganida nimanidir kuzatadi. Lekin ixtiyorsiz idrok jarayonidagi 
    kuzatiladigan narsa va hodisalar odamning esida saqlanib qola bermaydi.
    Kuzatishning muvaffaqiyati oldindan qo’yiladigan tayyorgarlikka, kishining bilim 
    va tajribalariga, diqqatining kuchiga va fikrlash faolligiga bog’liq. Kishining rejali, 
    tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini 
    kuzatuvchanlik 
    deyiladi. 
    Kuzatuvchanlik shaxsning shunday xislatidirki, bunda u narsa va hodisalarning unga 
    bilinmaydigan muhim xarakterli xususiyatlarini payqay oladi.
    Akademik I.P.Pavlov kuzatuvchanlikning ilmiy bilimdagi ahamiyatiga yuksak 
    baho bergan. U Sankt-Peterburg yaqinidagi Pavlova shaqridagi fiziologiya institutining 
    oldi tomoniga 
    "Kuzatuvchanlik, kuzatuvchanlik va yana kuzatuvchanlik"
    deb yozdirib 
    qo’ygan.
    Idrokda ob'ekt va fon 
    Odamga juda ko’p narsa va hodisalar ta'sir qilib turadi. Bular shunday ko’p 
    xossalarga egaki, hatto odam bir vaqtning o‘zida ularga javob reaksiyasi qaytara olmaydi. 
    Odam ko’p sonli qo‘zg’ovchilardan faqat ayrimlarini aniq holda ajratib oladi. Shu ajratib 
    olingan narsa hodisalar esa fon sanaladi. Idrok qilinadigan narsani o’rab turgan boshqa 
    narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan ob'ekt hisoblanib, ob'ektning atrofdagilari esa 
    fon
    deyiladi. Masalan, o’qituvchi bir darsda bir necha o’quvchilardan so’raydi. Har safar 
    so’rayotganlarni ko’radi. Chaqirilgan o’quvchi uning javobi xatti-harakati idrok ob'ekti 
    hisoblanadi.
    Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idrok qilinadigan narsa yoki jism idrokning 
    ob'ekti
    deb ataladi. Boshqa o’quvchilar faoliyati idrok foni bo’lib qoladi. Idrok foniga 
    kirgan o’quvchi javob berish uchun chaqirilib qolsa, idrok ob'ektiga aylanadi va aksincha. 
    Demak, idrok ob'ekti va foni dinamik tabiatga ega bo’lib, doimo o‘zgarib turadi. Ob'ekt 
    va fonning dinamikligi bosh miya katta yarim sharlari po’stida vujudga keladigan optimal 
    qo‘zg’alish o’choqining almashinishi bilan taqozo etiladigan diqqatning bir ob'ektdan 
    boshqa ob'ektga o’tishi bilan izohlanadi. Idrok fonidan ob'ektni ajratishning psixologik 
    qonuniyatlarini ikkilangan tasvirlar, shrederlar zinapoyasi, predmet konturlarini ajralishi 
    kabilarda aniq ko’rish mumkin. Juda ko’p hollarda ob'ektni fondan tez va aniq ajratib 
    olish uchun uni alohida rang, shakl va belgilar bilan ta'kidlab qo’yiladi. Masalan, 
    transport belgilari, temir yo’l ishchilari maxsus to’q sariq rangli kiyim kiyadilar va 
    boshqalar. 

    Download 447,68 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




    Download 447,68 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Idrokning xossalari. Kuzatish va kuzatuvchanlik

    Download 447,68 Kb.
    Pdf ko'rish