• Parchin mixli birikmalar
  • bosh harflari bilan belgilanishi zarur




    Download 0.93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/12
    Sana19.11.2022
    Hajmi0.93 Mb.
    #30918
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    4-Ma\'ruza S 2022
    Taqdimot (1) (1), afganistan-v-politike-velikobritanii-vtoraya-polovina-xix-nachalo-xx-vv, negmatov behzod (1), маъруза 8, ma\'ruza 6, mustaqil-ish, portal.guldu.uz-Aksonometrik proyeksiyalar, Pardayeva Feruza, 3-4-amaliy ish, 1679038867 (2), Ochiq dars, Photo - Rajapov Nosir 3, Ismoilov Jayxun, Chizmachilik darslarida talabalarning fazoviy tasavvurini shakllantirish usullari
    bosh harflari bilan belgilanishi zarur. Konstruktiv elementlarning o’lchamlari 
    standartlarda belgilanmagan choklar – nostandart choklar deyiladi. Chizmada nostandart 
    chokning ko’ndalang kesimi, uni bajarish va nazorat qilish uchun zarur bo’lgan 
    o’lchamlari bilan tasvirlanadi. Chok asosiy tutash chiziqlar bilan chegaralanadi. Chok 
    chegarasi ichidagi qirralarning konstruktiv elementlari esa ingichka tutash chiziqlar bilan 
    chiziladi. 
    Parchin mixli birikmalar 
    Parchin mixli birikmalarni shartli tasvirlash va belgilash qoidalari O’zDSt 2.313-
    96 da keltirilgan. Parchin mixli birikmalar ajralmas birikmalarning bir turidir. Parchin 
    mix ularning asosiy elementidir. Parchin mixli birikmalar hosil qilish jarayoni 
    quyidagicha: dastlab birikuvchi detallarda teshiklar parmalanadi, bu teshiklardan parchin 
    mixlar o’tkaziladi. So’ngra parchin mix qalpog’i ostiga qalpog’iga mos keluvchi o’yiqli 
    taglik tiraladi, ikkinchi uchi esa perchinlanadi. 
    Yig’ish chizmalarida mahkamlash birikmalari elementlarining o’lchamlari O’zDSt 
    2.315-96 ga muvofiq olinadi yoki taxminiy hisoblanadi. Bunda bolt, gayka va shayba 
    elementlarining o’lchamlari bolt rezbasi diametriga nisbatan olinadi.
     
    Rezba haqida umumiy tushuncha. 
    Ko’p mashinalarni buyumlari (detallar) rezba yordamida biriktiriladi. Rezba – bu 
    slindrik yoki konus sirti bo’ylab tekis kontur vintsimon harakatidan hosil bo’lgan sirt. 
    Tekis konturni bunday harakatidan vintli va stilindirli yoki konusli sirtlar bilan 
    chegaralangan va tegishli profili vintl turtib chiqqan joy (bo’rtiq, do’ng) hosil bo’ladi.
    Silindr yoki konus turtib chiqqan joy bilan birga vint deyiladi. Rezba kesilgan sirtning 
    shakliga qarab rezbalar (silindrik, konuslik), rezbani sterjenini sirtida joylashishiga 
    (tashqi yoki ichki), profilli shakl (uchburchak, to’g’ri burchak, trapestiya, dumaloq va 
    boshqalar) bajaradigan vazifasi (biriktiruvchi, mustahkamlaydigan, mustahkamlab 
    zichlaydigan) biriktiriladigan yurgizadigan, maxsus va boshqalar, sirt vintining 
    yo’nalishiga (o’ng va chap) va krim soniga (bir krim ko’p krim) qarab tasniflanadilar. 
    Hamma rezbalar ikki guruhga bo’linadilar: standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan.
    Standartlashtirilgan rezbalarni parametri (profil, qadami va dimetri) standart bilan 
    aniqlangan. Standartlashtirilmagan rezbalar yoki maxsus rezbalarni parametrlari 
    standartga to’g’ri kelmaydi. 
    Rezba turlarini uning profili aniqlaydi ya’ni rezbaning o’qi orqali o’tgan tekislikda 
    hosil bo’lgan kontur. (15.2, 3, 4, 5, 6-chizmalar). 


    15.2-chizma 15.3-chizma 15.4-chizma 
    15.5-chizma 15.6-chizma 
    O’zDSt:2.708-97 bo’yicha rezbani asosiy o’lchovlari quyidagilar: rezbani tashqi 
    diametri d-tasavvur qilinayotgan konus yoki silindrning diametri, tashqi rezbaning uchini 
    atrofiga tashqi chizilgan yoki ichki rezbani botgan joyi, rezbaning ichki diametri d
    1

    tasavvur qilinayotgan silindr yoki konusni diametri, tashqi rezbani botgan joyiga 
    chizilgan yoki ichki rezbani uchi, silindrik rezbani qadami R -profilni qo’shni o’ramlar 
    orasidagi yasovchi bo’ylab rezbani o’qiga parallel yo’nalishda o’lchangan masofa, 
    silindrik rezbaning yo’li t-rezbani o’qi yo’nalishda o’lchangan masofa (15.7-chizma).
    Vint (gayka) o’q atrofida bir marta aylanganda rezbani yo’liga teng masofaga siljiydi. 
    Bir kirimlik rezbada yo’l qadamga teng bo’ladi. Ko’pyo’llik rezbalarda yo’l, qadamni 
    qirqim soniga ko’paytmasi teng ya’ni
    n = R x n. 
    Konus rezbalar uchun hamma diametrlar asosiy tekislikga o’rnatiladi. Asosiy-bu 
    mo’ljallangan kesim tekisligi, u rezba o’qiga perpendikulyar va konusning bazasidan l 
    masofada joylashadi. (15.8-chizma). Konus rezbaning qadami rezbaning profilning 
    qo’shni uchlarini birlashtiruvchi kesmaning konus o’qidagi tasviri. 
    15.7-chizma 15.8-chizma 

    Download 0.93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0.93 Mb.
    Pdf ko'rish