Ishlab chiqarishning axborot omili
Axborot atamasi keng ma’noda u yoki bu bilimlarni, ma’lumotlarni,
uzatiladigan, odamlar va boshqa jonli mavjudotlar hamda maxsus qurilmalar
tomonidan qabul qilinadigan turli xil signallarni anglatadi. Hozirgi zamon
ishlab chiqarishida axborot salmokli va turli-tuman rollarni bajaradi.
Jumladan, u texnikaning (ayniqsa, dastur bilan boshqariladigan texnikaning)
ishlashini, bevosita ishlab chiqarishning eng maqbul tashkil etilishini va uning
kechishi ustidan nazoratni, ishlab chiqarishni tezda qayta tashkil etish
imkonini, xodimlar bilim darajasi va malakasi oshirilishini, ilg‘or g‘oyalar va
texnologiyalarning tezda yoyilishini ta’minlaydi. Aynan axborot-kompyuter
tizimini keng joriy etish 90-yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlari iqtisodiyoti
mislsiz o‘sishining bosh omili bo‘lib xizmat qildi, deb ta’kidlaydilar
tadqiqotchilar.
Ammo shu omilning qorong‘i tomonlari ham uchraydi. Ana shu tomonlar
jamiyatning axborot xavfsizligi muammosini, ya’ni uning yashirin axborot
oqimiga begona shaxslarning xavfli kirib borishidan himoya qilish
muammosini nihoyatda keskinlashtiradi. Kompyuter sohasidagi jinoyatchilar
(xakerlar) hukumat xizmatlarining yashirin ma’lumotlariga, harbiy buyruqlar
va razvedkaning yopiq ma’lumotlariga, banklar, raqobatchi firmalarning
hujjatlariga kirib borishlari, axborotlarni, moliyaviy va boshqa boyliklarni
o‘g‘irlab, boshqaruv tizimi ishini, davlat faoliyatini izidan chiqarishlari
mumkin. Bunday harakatlar kompyuter tizimlarini ishdan chiqarishda
muholifatdagi davlatlar maxsus xizmatlarning qudratli axborot quroli bo‘lib
xizmat qiladi.
147
Axborot - kompyuter texnologiyasining boshqa bir «salbiy ta’siri»
shundan iboratki, ular o‘z ishlab chiqaruvchilariga – katta imkoniyat beradi.
Axborot-kompyuter texnologiyasini ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari
orhali (aytaylik, kompyuter o‘yinlari orqali) uning millionlab iste’molchilari
ongiga ta’sir o‘tkazishlari mumkin. Yoki bahaybat Internet kompyuter
tarmog‘ini olaylik: ana shu sehrli «o‘rgimchak to‘ri» tobora ko‘p odamlarni
o‘z domiga tortmoqda, axborotlar borasida o‘ziga «qaram» qilib, ularning
hayotini bevosita ekran bilan bog‘lab qo‘yamoqda, «kerakli» chizmalarni,
ma’lumotlarni, obro‘sizlantiruvchi xabarlarni sanoqli daqiqalarda butun
dunyoga tarqatish imkonini bermoqda.
Yangi texnologiyalarning yana bir ziddiyatli qirrasi – davlatning o‘z
nazorat ruyxatiga millionlab fuqarolarni barcha zarur ma’lumotlar bilan
(sog‘lig‘i, oilasining ahvoli, daromadlari, ko‘chmas mulki va hokazolar bilan)
«kiritish imkoniyatidir». Bir tomondan, bu jinoyatchilikka va soliqlardan
bo‘yin tovlashga qarshi kurashda, yordamga muhtoj fuqarolarni aniqlashda va
hokazolarda ko‘mak berishi mumkin. Ikkinchi tomondan, ular davlat
amaldorlarining, ayniqsa, «kuch tuzilmalari»ning suiste’mollari uchun:
axborotlarni sotish, ulardan fuqarolarga zarar keltirish maqsadida foydalanish,
tovlamachiliklar qilish, bo‘yin egmaganlarning amaldorlar tomonidan ta’qib
qilinishi uchun imkoniyatlar yaratib beradi va hokazo…
Nima bo‘lsa ham, fan-texnika inqilobi rivojlanib borgani sayin axborotlar
oqimi kuchayib bormoqda. XIX asrda axborotlar oqimi ikki barobar ko‘payishi
taxminan 50 yil talab qilingan bo‘lsa, bugungi kunda axborotlar oqimi har 20
oyda ikki barobar ko‘payib borayapti, ularning jamiyat hayotidagi ro‘li
og‘ishmay oshib bormoqda. Bu olimlarga «axborot inqilobi» va rivojlangan
mamlakatlarning «industurial jamiyat»dan «axborot jamiyati»ga (uni
«postindustirial», deb ham atashadi) o‘tayotgani haqida gapirish imkonini
berdi.
Axborotlar jamiyatining asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
•
axborot ishlab chiqarishning asosiy mahsuliga va jamiyatning asosiy
resursiga aylanadi; jamiyatda o‘ziga xos «axborotlar hukmronligi» tarkib
topadi;
•
maorif va fan (axborotlarni ishlab chiqaruvchilar) – iqtisodiyotning
asosiy sohalariga aylanadi, universitetlar (ilmiy bilim markazlari) va ilmiy-
texnik mutaxassislar jamiyatda yetakchi rol o‘ynaydi;
•
har sohada axborot-kompyuter texnologiyasi va avtomatlar
qo‘llaniladi, yangi ixtirolarni joriy etish tezlashadi;
•
ulkan aloqa tizimlari (qit’alararo telefon kabeli, yo‘ldoshlar orqali
148
televideniye va aloqa, jahon Internet tarmog‘i) rivoj topadi;
•
iqtisodiyotni tashkil etish rang-baranglashib, uning qayishqoqligi
oshadi, bilimlar va odamlarning butun ijtimoiy hayoti uzluksiz yangilanib
boradi.
Axborotlar jamiyatining yuqorida aytib o‘tilgan so‘nggi jihati ayniqsa,
salmoqli bo‘lib, uni millionlab kishilar his etadi. Amerikalik jamiyatshunos
Elvin Toffler (1928 yilda tug‘ilgan)ning kuzatuvlariga qaraganda, hozirgi
zamon insoniyat hayotdagi o‘zgarishlar tobora jadallashib boradigan davrga
qadam qo‘ymokda. Bugungi kunda dunyoda o‘zaro bog‘liq uch asosiy omil
ustuvorlik qilmoqda: birinchi omil – o‘tkinchi bo‘lib, u jamiyat hayotidagi
(fan, texnika, ishlab chiqarish, turmush, moda, odatlardagi, hatto odamlarning
o‘zaro munosabatlaridagi) o‘zgarishlar oqimi tobora tezlashib borishini
anglatadi; ikkinchi omil – yangilanish, u tobora g‘aroyib, hayratda
qoldiradigan,
ilgari
ko‘z
ko‘rmagan
buyumlarning
yangidan-yangi
namunalarini, jarayonlarni, vaziyatlarni, g‘oyalarni yaratadi; uchinchi omil –
rang-baranglik bo‘lib, hayot shakllarining g‘oyatda ko‘psonligi, murakkabligi
va ko‘rinishlari bilan lol qoldiradi, iste’mol ne’matlarining millionlab
turlaridan boshlab din, fan, maorif, san’at, siyosat oqimlarining son-
sanoqsizligi shular jumlasidandir.
Ana shu omillarning qorishmasi odam asabini doimo tarang holda ushlab
turadi. U hamma yerda ulgurishga harakat qiladi, natijada, uning bilimi sayoz,
chala-chulpa, yuzaki va eskirgan bo‘lib chiqadi. Hayotiy vaziyatlarning yashin
tezligida o‘zgarishi uni ana shu o‘zgarishlarga qayta va qayta moslashishga
majbur qiladi.
Xo‘jalik hayotida ham xuddi shunday manzara kuzatiladi: «pishiklik
iqtisodiyoti» o‘rniga «qisqa muddatli iqtisodiyot» keladi. Gurkirab
rivojlanayotgan fan-texnika taraqqiyotining bosimi ostida undagi hamma narsa
– texnika, texnologiya, buyumlar va ehtiyojning o‘zi ham vaqtinchali bo‘lib
qoladi. Kuni kecha Pentium IV shaxsiy kompyuterlarning «poshshosi»
hisoblanar edi, hozir-chi, Pentium CXLIV nechanchi o‘rinda? Yoki
kompyuterlarning dasturiy ta’minoti bo‘yicha qo‘llanma kitoblarni olaylik.
Ular nashrdan chiqmay turib, eskirib qolayapti...
Shuning uchun Toffler shundan bo‘lsa kerak: «bir marotabali ne’matlar,
iqtisodiyotda «ishlatdingmi – tashlab yubor» tamoyili ustuvorlik qiladigan
davr keladi» degandi. Bundan mahsulotlarning uzoq muddatli, g‘oyatda pishiq
va qimmatbaho turlarini ishlab chiqarishga e’tiborni qaratish maqsadga
muvofiq emas, ko‘p hollarda ta’mirlash ishlarini olib borish samarasiz,
texnikadan yanada samarali foydalanish, uni ijaraga berish tizimini
149
takomillashtirish, dasgohlarni ish jarayonida yangilab borish zarur, degan
muhim xulosalar kelib chiqadi.
|