• Ishlab chiqarishning ekologiya omili
  • Energiya omili va infratuzilma




    Download 486,64 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet13/14
    Sana21.09.2024
    Hajmi486,64 Kb.
    #271915
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Iqtisodiyot nazariyasi -ishlab chiqarish

    Energiya omili va infratuzilma
    Energiya – bu ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltiruvchi kuch 
    hisoblanadi. Ishlab chiqarish hamisha ana shunday harakatga keltiruvchi 
    kuchga ehtiyoj sezgan. Ammo dastavval, u asosan, insonning mexanik 
    energiyasi bil- angina cheklangan yoki hayvonlardan foydalangan. Hozirgi 
    zamon ishlab chiqarishi esa qudratli va rang-barang yoqilgi-energetika 
    ta’minotini (birinchi navbatda, elektr quvvatini) talab qiladi. Shu sababli, 
    ishlab chiqarishning energetika omili muhim, mustaqil ahamiyat kasb etdi. 
    Energetika ta’minoti masalasini hal etmay turib, bugungi kunda hatto o‘rtacha 
    korxonani ham bunyod etish mumkin emas. 
    Infratuzilmaning ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay 
    sharoitlarni yaratuvchi tarmoqlar va sohalarning ahamiyati katta. Bu borada 
    ikki yordamchi tizim ajratib ko‘rsatiladi. Birinchisi, ishlab chiqarish 
    infratuzilmasi – bu ishlab chiqarishga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi yordamchi 
    tarmoqlardir (moddiy texnika ta’minoti, omborxonalar, transport, aloqa, 
    hisoblash markazlari, ekologik himoya vositalari shular jumlasidandir). 
    Ikkinchisi, ijtimoiy yoki noishlab chiqarish infratuzilmasi – bu odamlar (shu 
    jumladan, ishlab chiqarish xodimlari oilalari bilan birga) hayoti uchun zarur 
    ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlarni yaratib beruvchi sohadir. Uy-joy va 
    kommunal xo‘jaliklari, savdo, maishiy xizmat, maorif, sog‘liqni saqlash va 
    boshqa sohalar shular qatoriga kiradi. 
    Ishlab chiqarishning ekologiya omili
    Keng ma’noda olganda, ekologiya omili – bu insonning atrof-muhit bilan 
    munosabatlariga doir, tabiatni himoya qilish, uni asrash va tiklash zaruratiga 
    tegishli muammolarning butun bir majmuidir. Insoniyat taraqqiyotida tabiat 
    ikki yoklama rol o‘ynaydi: birinchisi – ishlab chiqarish uchun resurslar manbai 


    152 
    rolini; ikkinchisi – odamlar yashaydigan muhit rolini. Afsuski, ko‘pchilik 
    hamon uning birinchi – ishlab chiqarishga «xizmat ko‘rsatish» vazifasini 
    birlamchi, 
    muhimroq, 
    deb 
    hisoblaydi. 
    Vaholanki, 
    tabiat 
    yagona. 
    Xo‘jaliklarning 
    unga 
    ehtiyotsiz 
    kirib 
    borishi 
    uning 
    resurslarini 
    qashshoqlashtiribgina qolmay, odamlar yashash sharoitini, ularning 
    kayfiyatini, sog‘lig‘ini muqarrar ravishda yomonlashtiradi. 
    Hozirgi zamon ishlab chiqarishi tabiat bilan shunchalik keng va chuqur 
    hamkorlik qiladiki, ho‘jalik amaliyotida ekologiya omilini alohida hisob-kitob 
    qilish shart bo‘lib qoldi. Bu, jumladan, korxonalarning resurslarni tejashga, 
    kam chiqit bilan va chiqitsiz ishlashga o‘tishi; ishlab chiqarishda tobora 
    samarali tozalash va muhofaza inshootlaridan foydalanilayotgani; davlat 
    tabiatni himoya qiluvchi choralarni va tegishli qonunlarni qabul qilayotganligi; 
    ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilayotganligi va mutaxassislar ekologiya bo‘yicha 
    malaka oshirayotganligi bilan bog‘liqdir. 

    Download 486,64 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 486,64 Kb.
    Pdf ko'rish