Hozirgi zamon ishlab chiqarishi sharoitida boshqa omillari




Download 486,64 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana21.09.2024
Hajmi486,64 Kb.
#271915
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi -ishlab chiqarish

 
6.6. Hozirgi zamon ishlab chiqarishi sharoitida boshqa omillari
Ishlab chiqarishning tashkiliy-texnologik omillari. 
Hozirgi zamon 
iqtisodiyotining asosiy omillari sifatida ishchi kuchi va ishlab chiqarish 
vositalaridan so‘ng ishlab chiqarishni tashkil etish va uning texnologiyasini 
tilga olish mumkin. Aynan shular tufayli ishchi kuchining ishlab chiqarish 
vositalari bilan o‘zaro maqbul hamkorligiga erishiladi. Ishlab chiqarishni 
tashkil etish ishlab chiqarishda butun jarayonning birligi, uzluksizligi va 
samaradorligini ta’minlash maksadida uni ma’lum ravishda qurishni anglatadi. 
Masalan, avtomobil ishlab chiqarishni tashkil etish avtomobil zavodi turli 
bo‘linmalari (sexlari, uchastkalari, brigadalari) o‘rtasidagi ko‘p sonli aloqalar 


146 
bilan bir qatorda, zavodning xomashyo, komplektlovchi uzellar, qismlar va 
hokazolarni yetkazib beruvchilar bilan aloqalar o‘rnatilishini taxmin qiladi. 
Ishlab chiqarish texnologiyasi – unda ko‘llaniladigan muayyan usul va 
uslublardan, ish jarayonlari va mahsulot tayyorlash jarayonlaridan iborat 
(masalan, non yopish texnologiyasi operatsiyalarining ma’lum izchilligini, 
xamirning ma’lum tarkibini, tandirlarning ma’lum ish tartibini va hokazolarni 
nazarda tutadi). 
Zamonaviy texnologiyalarni bilish – ishlab chiqarish samaradorligining 
kalitidir, shu sababli xo‘jalik olamida yangi ilg‘or yechimlar – texnologiya 
bilimlari va tajribalarini almashish keng yoyilgan. Yangi yoki boshqacha qilib 
aytganda, yuksak texnologiyalarning o‘ziga xos jihati ularning ishlab 
chiqarishda axborotlardan va kompyuterlardan keng foydalanishga tayanishi 
hisoblanadi. Shu xildagi texnologiyalarni axborot yoki axborot-kompyuter 
texnologiyasi, deb atashadi. Ishlab chiqarishning yangi omili – axborotning 
alohida ahamiyati ana shundan kelib chiqadi. 

Download 486,64 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 486,64 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Hozirgi zamon ishlab chiqarishi sharoitida boshqa omillari

Download 486,64 Kb.
Pdf ko'rish