145
munosabatlar», deb atalmish nazariyani ishlab chiqdi va uni tajribalar bilan
tasdiqladi. Ana shu nazariyaga muvofiq har qanday ishlab chiqarish tizimining
markazida inson-xodim turadi, u bilan «biologik mashina» sifatida emas,
«ijtimoiy-ruhiy mavjudot» sifatida muomala qilish lozim.
Xo‘jalik samaradorligini oshirish uchun birgina moddiy omillar muhim
emas. Mehnatni rag‘batlantirish xilma-xil bo‘lishi kerak. Jumladan, ruhiy
kayfiyat va mehnat jamoasidagi odamlarning munosabatlari bilan bog‘liq,
ruhiy-ijtimoiy omillar (yunoncha psyche – qalb, pyh - socialis – so‘zlaridan
tashkil topgan) ulkan ahamiyatga ega. Xodimlarning o‘z ishchi guruhlaridagi
o‘zaro samimiyligi, jipsligi undagi qulay axloqiy muhit, rahbarlar bilan o‘zaro
yaxshi munosabatlar, har bir xodim manfaatlarining hisobga olinishi, uning o‘z
mehnatidan qoniqish hosil qilishi va hokazolar ana shunday omillar qatoriga
kiradi.
Demak, ishlab chiqarishni boshqarishda xodimlar haqida g‘amxo‘rlik
qilish, ularning o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro ishonch va totuvlik muhitini
vujudga keltirish, mehnat uchun yakka tartibdagi mukofotlarni jamoa
mukofotlari bilan to‘ldirish, boshqaruvda demokratiyani (oshkoralikni,
odamlaring xabardorligini, boshliqlar bilan xodimlar o‘rtasida ishonch va
hamkorlikni, qarorlarning birgalikda qabul qilinishini) rivojlantirish
muhimdir.
Ishlab chiqarishni insonparvarlashtirish samarali ekanligini Singapur,
Tayvan, Janubiy Koreya va Osiyodagi boshqa mamlakatlarning tajribalari ham
tasdiqlaydi. Ana shu mamlakatlarda Konfutsiy ta’limoti keng yoyilgan.
Odamlarning o‘zaro munosabatlari konfutsiycha madaniyati zamirida xitoy
tilidan tarjima qilganda, odamiylik, insonga hurmat, mehribonlik, rahmdillikni
anglatuvchi tamoyil yotadi. Aynan ana shu hayotiy qo‘llanmalar korxonalarda
o‘ziga xos hamjihatlik ruhini vujudga keltirish imkonini beradi.