• Jami ijtimoiy mahsulot – bu moddiy ishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida bir yilda yaratilgan yalpi ijtimoiy mahsulot. Piravard mahsulot
  • Sof ichki mahsulot
  • 6.4. Ishlab chiqarishning taraqqiyot bosqichlari
  • 6 bob. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari




    Download 486,64 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/14
    Sana21.09.2024
    Hajmi486,64 Kb.
    #271915
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Iqtisodiyot nazariyasi -ishlab chiqarish

     
    6.3. Mahsulot 
    Yalpi ijtimoiy mahsulot – 
    ma’lum bir vaqt ichida (odatda, bir yilda) 
    jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklarning qiymati va jamiyatning barcha 
    ehtiyojlarini qondirish uchun tayinlangan. 
    Oraliq mahsulot
    – ishlab chiqarish jarayonida to‘liq, batamom iste’mol 
    qilinadigan piravard tovar va xizmatlar yig‘indisi. 
    Qo‘shilgan mahsulot
    – bu ishlab chiqaruvchilar tomonidan bevosita 
    yaratilgan zaruriy mahsulotning oshirilgan qismi bo‘lib hisoblanadi. Moddiy 
    ishlab chiqarishdagi ishchilarning qo‘shilgan mehnati bilan yaratilgan 
    natijadir. 
    Jami ijtimoiy mahsulot 
    – bu moddiy ishlab chiqarish sohasi 
    tarmoqlarida bir yilda yaratilgan yalpi ijtimoiy mahsulot. 
    Piravard mahsulot
    – ishlab chiqarishda iste’mol qilingan mehnat 
    predmetlarini chegirib tashlanganidan keyin qolgan jami ijtimoiy 
    mahsulotning bir qismidir. 
    Sof ichki mahsulot
    – yalpi ichki mahsulotning iste’mol qilingan 
    kapitalni, ya’ni amortizatsiya ajratmalarini chegirib tashlanganida qolgan 
    qismidir. 
    Milliy mahsulot
    – bir yil mobaynida xalq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan 
    mahsulot tovar va xizmatlarning puldagi ifodasi. Bularni jami yalpi milliy 
    mahsulot va sof milliy mahsulot deb ajratish qabul qilingan, bular o‘z 
    navbatida asosiy vositalarning ishlab chiqarish natijasida 
    eskirgan
    qismidan 
    qolgan qiymatni amortizatsiya ajratmalaridan chegirib tashlangan yalpi ichki 
    mahsulotga tengdir. 
    Zaruriy mahsulot
    – moddiy ishlab chiqarishdagi ishchilarning ishlab 
    chiqargan sof mahsulotining bir qismi bo‘lib, bu o‘z navbatida ishchilarning 
    va ularning oila a’zolarining jismoniy va ma’naviy qobiliyatlari takror ishlab 
    chiqarishni ta’minlaydi. 
    6.4. Ishlab chiqarishning taraqqiyot bosqichlari 
    Tarix fani aniqlashiga qaraganda, insonning olis ajdodlari hayot 
    faoliyatiga ko‘ra hayvonlardan juda kam farq qilgan. Ular tirikchilik 
    vositalarini yig‘ish bilan topishgan. Tabiiyki, o‘sha vaqtlarda muntazam yo‘lga 


    137 
    qo‘yilgan ishlab chiqarish bo‘lmagan. Shu sababli, odam tez-tez och qolishga 
    majbur bo‘lgan.
    Taxminan o‘n ming yil muqaddam tabiat mevalarini yig‘ish ilk buyuk 
    kashfiyotga, o‘ziga xos inqilob – dehqonchilik (avvaliga Yerga eng sodda 
    ishlov berish va urug‘ ekish) va chorvachilikka (yovvoyi hayvonlarni qo‘lga 
    o‘rgatish va uy mollari sonini ko‘paytirish) olib keldi. Shunday qilib, doimiy 
    ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot paydo bo‘ldi, natijada, odamlar ma’lum darajada 
    tabiatdan mustaqil bo‘lishdi. Ishlab chiqarishning muqaddimasi neolit inqilobi 
    yutuqlariga asoslangan. Yangi tosh asri davrida kremniy, suyak va toshdan 
    yasalgan mehnat qurollari paydo bo‘lgan. Keyinchalik oziq-ovqat mahsulotlari 
    birmuncha takomillashgan, temirdan yasalgan texnik vositalar (omoch va 
    g‘ildirak kashf etilgan) yordamida yaratiladigan bo‘lgan. Ishlab chiqarishning 
    industriyaga qadar davri shunday boshlandi. Shu davrda iqtisodiyotning 
    boshlang‘ich sohasi (qishloq xo‘jaligi) ustuvor bo‘lgan. Mehnatga layoqatli 
    aholining aksariyat qismi dehqonchilik va chorvachilik bilan mashg‘ul 
    bo‘lgan. Xo‘jalik faoliyatida qo‘l mehnati va uni tashkil etishning eng sodda 
    shakllari hukmronlik qilgan. O‘troqlashgach odamlar uy- joy va xo‘jalik 
    imoratlarini barpo etib, qurilish bilan shug‘ullana boshlagan.

    Moddiy madaniyatda ro‘y bergan jiddiy sifat o‘zgarishlari aholi sonining 


    keskin ko‘payishiga ijobiy tas’ir etdi – birinchi demografik portlash sodir 
    bo‘ldi. Neolit davrida Yer yuzi aholisining o‘sish sur’atlari deyarli uch barovar 
    ko‘paydi.

    Yer yuzi aholisining ko‘payishi va uning iste’mol darajasi oshib borishi 


    mavjud cheklangan imkoniyatlar bilan ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Qo‘l 
    mehnati qo‘llanilgan ishlab chiqarishga xos. Bu ziddiyatlar sanoatdagi 
    to‘ntarish natijasidagina yengib o‘tildi. Mazkur sanoat to‘ntarishi, XIX asrning 
    60-yillarida Angliyada boshlanib, XX asrning 50-60 yillarida G’arbiy Yevropa 
    va AQSh da nihoyasiyaga yetdi. Sanoatdagi inqilobning mohiyati shundan 
    iboratki, qo‘l mehnati keng ko‘lamda mashinalar bilan almashtirildi.

    Ishlab chiqarishning industrlashgan davrida iqtisodiyotning ikkilamchi 


    sohasi – mashinalashtirilgan sanoat ishlab chiqarishi asosiy hisoblanadi. 
    Sanoat mashina texnikasi yordamida qishlok xo‘jaligida, qurilishda, 
    transportda va ishlab chiqarishning boshqa muhim sohalarda o‘zgarish yasadi. 
    Mehnatkashlarning asosiy qismi xo‘jalikning industrial sohalari xodimlari 
    hisoblanadi. (Masalan, XIX asrning 40-yillari o‘rtalaridayek Buyuk 
    Britaniyada aholining 3/4 qismini fabrika-zavod ishchilari tashkil etardi). 
    Shaharlarning aholisi jadal sur’atlar bilan ko‘payib boradi: jami aholining 2/3 
    qismi shaharlarda istiqomat qiladi. Ishlab chiqarish imkoniyatlarining qudratli 


    138 
    o‘sishi va xo‘jalikning ko‘p tarmoqli tarkibiy tuzilishi odamlarning nisbatan 
    keng darajadagi moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.
    Ikki demografik portlash iqtisodiyotning industriallashgan davri bilan 
    bog‘liq. Uch yuz yigirma yildan ko‘proq (1650 – 1974 yillar) vaqt mobaynida 
    jahon aholisining soni 7 barobar ko‘paydi. (1650 yilda 650 million kishini 
    tashkil etardi).
    Shunga qaramay industrlashgan iqtisodiyotning yutuqlari ehtiyoj va 
    iste’molning bosib borayotgan hozirgi zamon bosqichi uchun yetarli emasligi 
    ayon. Sababi, mexanizatsiyalashgan mehnat sharoitida xodim bir mashinani 
    boshqaradi va buyumning yuksak sifatini muqim ta’minlashga qodir emas, 
    vaholanki, busiz eng yangi texnikani yaratib bo‘lmaydi. Sanoati rivojlangan 
    mamlakatlar tabiiy xom ashyo va energiya tashuvchi manbalarga tobora keskin 
    ehtiyoj xis etmoqda. Natijada, nisbatan cheklangan ishlab chiqarish 
    imkoniyatlari bilan mutlaqo yangi son va sifat jihatidan qaraganda, iste’mol 
    darajasi o‘rtasida chuqur ziddiyat vujudga keldi. Mazkur ziddiyat 40 – 50 
    yillarda boshlangan ulkan fan-texnika inqilobi davomida bartaraf etilmoqda. 
    Bu inqilob ishlab chiqarishning industriyadan keyingi bosqichi sari harakatni 
    ochib berdi. Bu axbarotlar jamiyatiga o‘tishni anglatadi. Ushbu eng yuqori 
    bosqichda iqtisodiyotning uchunchi sohasi – barcha xodimlarning 50 – 70% 
    gacha band bo‘lgan xizmatlar sohasi ayniqsa, rivoj topadi. Xo‘jalikning barcha 
    sohalarida va ro‘zg‘orda informatika yutuqlari va hozirgi zamon hisoblash 
    texnikasi keng joriy yetiladi. Bu axborotlarning jamiyat hayotidagi ahamiyatini 
    keskin oshirish hamda jismoniy va aqliy mehnatni avtomatlashtirish imkonini 
    beradi. Korxonalardagi ilmiy xodimlar va malakali mutaxassislarning roli 
    jadal sur’atlar bilan oshib boradi. Endilikda yuksak samarali iqtisodiyot barcha 
    fuqarolarning eng oddiy ehtiyojlari yetarli darajada to‘liq qondirilishini 
    ta’minlashga, nisbatan yuqori darajadagi talablari bajarilishini kengaytirishga 
    qodirdir.
    Aytganlarimiz butun insoniyat iqtisodiy faravonligining ana shunday 
    yuksak chuqqisiga ko‘tariladi, degan ma’noni anglatadimi? Afsuski yo‘q. 
    Bugungi kunda kurrai zaminimizning iqtisodiy - jug‘rofiy xaritasida ishlab 
    chiqarish taraqqiyotining turli bosqichlarida turgan mamlakatlarni ham topish 
    mumkin.

    Download 486,64 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 486,64 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6 bob. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari

    Download 486,64 Kb.
    Pdf ko'rish