• Uchinchi omil ham moddiy bo‘lib, u – mehnat ashyolaridir
  • 6 bob. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari




    Download 486,64 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/14
    Sana21.09.2024
    Hajmi486,64 Kb.
    #271915
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Iqtisodiyot nazariyasi -ishlab chiqarish

    Ikkinchidan, 
    moddiy, ya’ni 
    kapital omili
    mehnat vositalari. Odamlar 
    foydali ne’matlarni yaratishda foydalanadigan moddiy buyumlar shular 
    jumlasidandir (bular kapital omillari, deb ham ataladi). Mexnat vositalari 
    tarkibiga ishlab chiqarish jarayonining tabiiy shart-sharoitlari (masalan, 
    xo‘jalik maqsadlari uchun gidroelektrostansiyalarda yoki sug‘orish 
    inshootlarida foydalaniladigan suv) va texnika – sun’iy, inson yaratgan mehnat 
    vositalari kiradi. O‘z navbatida ular birlamchi tabiiy moddalarni foydali 
    ne’matlarga aylantiruvchi mehnat qurollarini (asbob-uskunalar, mashinalar, 
    dastgohlar, kimyoviy ishlab chiqarish apparatlari va hokazolarni o‘z ichiga 
    oladi.
    Uchinchi omil
    ham moddiy bo‘lib, u – 
    mehnat ashyolaridir
    . Bu o‘z 
    ehtiyojlari uchun inson tomonidan moslashtarilgan buyum yoki buyumlar 
    yig‘indisidir. Mehnat ashyolari ham berilgan (masalan, shaxtadagi ko‘mir 
    qatlami, kondagi qazilma boylik) tabiiy moddalarga va inson mehnati ta’sir 
    etgan xom ashyoga (xom ashyo materiallariga) bo‘linadi. Xom ashyolar 
    sirasiga qatlamdan qazib olingan ko‘mir, qayta ishlash uchun jo‘natilayotgan 
    yer osti boyliklari kiradi. Umuman, hozirgi zamonda mehnat, kapital va tabiiy 
    resurslar (er) omillari deb ataladi.
    Barcha uch omil texnologiya yordamida birlashadi. 
    Texnologiya
    ishlab 
    chiqarish jarayonlarini olib borish usullari va vositalari haqidagi bilimlar 
    yig‘indisidir. 
    Ishlab chiqarishning ichki tarkibiy tuzulishini 6.2-chizmaga qarab ko‘z 
    oldingizga keltirishingiz mumkin.
     
     
    6.2-chizma. Ishlab chiqarish omillari. 
    Aytib o‘tilgan omillarning barchasi (yoki ishlab chiqarish resurslari) vaqti 
    kelganda ehtiyojga nisbatan cheklangan bo‘lishi mumkin. Bu cheklanish ham 
    mutlaq (resurslarni umuman oshirib bo‘lmaydi), ham nisbiy (omillarni 
    Ishlab chiqarish vositalari 
    Mehnatning tabiiy sharoitlari
    shsharoitlari sharoitlari 
    Texnika 
    Mehnat ashyolari 
    Tabiiy modda 
    Xom ashyo 
    Mehnat qurollari 
    Umumiy mehnat sharoitlari 
    Xodimlar 
    Mehnat vositalari
     


    134 
    ko‘paytirish mumkin, ehtiyojning o‘sib borishiga nisbatan kamroq darajada) 
    bo‘lishi mumkin.

    Download 486,64 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 486,64 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6 bob. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari

    Download 486,64 Kb.
    Pdf ko'rish