Qichqacha xulosalar
Umuman, iqtisodiy faoliyat va ishlab chiqarish har qanday iqtisodiy
tizimning negizi va asosi hisoblanadi. Bu iqtisodiy faoliyat albatta, ishlab
chiqarishni yoritadi, iste’mol qilish bilan tugallanadi, bular bir-birisiz yashay
olmaydi. Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi va sarf-
xarajatlar, xom ashyolar, materiallar tayyor mahsulotga aylanadi. Bu yerda
albatta, ishlab chiqarish omillari, kapital mablag‘lar va tabiiy resurslar
harakatga kelishi shart bo‘ladi. Mehnat qilish va uni sarflash jarayoni ishlab
chiqarish hisoblanadi. Natijada, mahsulotlar yaratiladi, ya’ni mehnat insonning
ishchi kuchi bilan tabiat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatni bildiradi.
Ishlab chiqarish funksiyasining jadvalida izokvantlar (geometrik nuqtalar
ishlab chiqarish funksiyalarini, ya’ni ishlab chiqarish omillarini bir-biriga
bog‘lash natijasida tayyorlangan mahsulotlar miqdori aniqlanadi) oilasi
kuzatiladi. Koordinatlar tizimida izokvantlar o‘rtasidagi uzilish mahsulot
chiqarish hajmidagi farqni tavsiflaydi. Bu omillar texnalogiya yordamida bir-
biri bilan birlashadi. Texnalogiya esa, ishlab chiqarish jarayonlarini olib borish
usullari va vositalari haqidagi bilimlar yig‘indisini anglatadi
Asosiy tushunchalar
1. Ishlab chiqarish omillari jumlasiga – inson mehnati omillari, kapital
mablag‘lar (mehnat vositalari va tabiiy resruslar uchun sarf qilinadi), tabiiy
resurslarkiradi. Fransuz iqtisodchisi J.B.Sey asoslab bergan tijorat hozirda
|