150
ishlab chiqarishni fan bilan to‘yintirish va fanni ishlab chiqarishning bevosita
omiliga, iqtisodiy taraqqiyotning qudratli kuchiga aylantirish kechmoqda.
Ishlab chiqarishning fan bilan to‘yinganlik darajasini ifodalash uchun alohida
ishlab chiqarishning fan bilan to‘yinganlik ko‘rsatkichidan foydalana
boshlanganligi bejiz emas. Bunda fan va ishlab chiqarishni rivojlantirishning
ilgari tarqoq bo‘lgan jarayonlari yagona, bo‘g‘inlar bo‘yicha doimo taraqqiy
etib boruvchi tizimga birlashadi: «fan + texnika + texnologiya + ishlab
chiqarish».
Shubhasiz, fan-texnika inqilobi ham ziddiyatlardan holi emas (6.5-
chizmaga qarang).
Bir tomondan u, odamlar imkoniyatini kengaytirishi, ular faoliyatining
samaradorligini oshirishi, mehnatini yengillashtirishi va yoqimli qilishi,
turmush sharoitini yaxshilashi bois odamlarning imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ammo boshqa tomondan, u qator muammolarni va salbiy hodisalarni keltirib
chiqaradi. Masalan, ishsizlik muammolari (texnika, mashinalar va avtomatlar
ishlab chiqarishdan odamlarni siqib chiqaradi); inson hayotining ekologiya va
texnika xavfsizligi muammolari; yalpi qirg‘in qurollaridan muhofaza qilish
muammolari; axborotlar urushi xavfi, «elektron ta’sir» shular jumlasidandir.