141
qo‘llanilishi mehnat jarayonida yuz beradi, shuning uchun «ishchi kuchi» va
«mehnat» tushunchalari ishlab chiqarishning inson resursi sifatida bir-biriga
tenglashtiriladi. Ammo bu tug‘ri emas. Mehnatni odamlarning hayot
ne’matlarini yaratish bo‘yicha aniq maksadga qaratilgan faoliyati, deb
ta’riflash mumkin. Bu faoliyatning ahamiyati beqiyos, chunki aynan mehnat
ham
alohida bir oilaning, ham butun millatning gullab-yashnashini
ta’minlaydigan to‘kinchilik manbaidir. Petti «Mehnat boylikning otasi va faol
tamoyili», deb bejiz aytmagan.
Ammo bu hammasi emas. Engelsning fikriga qaraganda, mehnatning roli
yanada kengroq: u inson hayotining asosiy sharti hisoblanadi, shu darajadaki,
insonning o‘zini mehnat yaratgan, desa bo‘ladi. Aynan mehnat tufayli odam
xayvonot dunyosidan ajralib chiqdi va ijtimoiy taraqqiyot pog‘onalari bo‘ylab
ko‘tarila boshladi. Jamiyatning butun tarixi – bu mehnatning rivojlanish,
mehnat ko‘nikmalarining, odamlar ijodiy qobiliyatining, ishlab chiqarish
texnikasi va texnologiyasining takomillashib borish tarixidir.
Mehnat
unumdorligi, ya’ni uning samaradorligi, natijasi ishchi kuchi
omilidan foydalanishning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. U vaqt birligida
ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, yoxud
mahsulot birligini ishlab
chiqarishga sarflangan vaqt miqdori bilan o‘lchanadi. Samaradorlikning
o‘sishi tufayli mehnat resurslari iqtisod qilinadi, ishlab chiqarish arzonlashadi,
jamiyat boyligi ko‘payadi. Mehnat unumdorligi darajasini belgilaydigan
asosiy omillarni quyidagi olti bandga guruhlash mumkin:
Mehnat unumdorligini quyidagilar belgilaydi:
•
xodimlar bilimi, malakasi va kasb mahorati darajasi, ularning mehnatini
tashkil etish va mehnat madaniyati;
•
ishlab chiqaruvchilarning mehnat natijalaridan manfaatdorlik darajasi,
ularning intizomliligi va mas’uliyatliligi;
•
fan, texnika, texnologiyaning rivojlanganlik darajasi va ularni ishlab
chiqarishda qo‘llanish samaradorligi;
•
xom ashyo, material, yoqilgi, energiya va boshqa resurslardan oqilona
va tejamli foydalanish;
•
mehnatning
intensivligi, ya’ni uning tig‘izligi, shiddatliligi darajasi,
mehnat operatsiyalarining tezligi darajasi;
•
tabiiy sharoitlar (foydali qazilma boyliklarining, o‘rmonlar, suvlarning
mo‘l-ko‘lligi va qazib olish osonligi; tuproqning unumdorligi, iqlimning
qulayligi).
Mehnat sohasidagi tadqiqotchilar uning samaradorligini oshirish yo‘lida
muntazam izlanishda.
Jumladan, «Fanning ulkan taraqqiyoti» va «Inson
142
mehnati unumdorligini beqiyos oshirish yo‘lini ochib bergan» Teylor tizimi
mana, yarim asrdan ko‘proq ma’lum. Mazkur mehnatni ilmiy tashkil etish va
ishlab chiqarish boshqaruvini ratsionallashtirish bo‘yicha tadbirlarning yaxlit
bir tizimi birinchi marta XIX – XX asrlar o‘rtasida AQShda amerikalik
yangilik izlovchi muhandis Frederik Teylor (1856 – 1915) tomonidan ishlab
chiqilgan va joriy etilgan edi.
Jumladan, mehnatni ilmiy tashkil etish tizimi mehnatning chuqur
taqsimotini [bunda xodimlar ayrim texnologiya operatsiyalariga safarbar
etilgan (ixtisoslashgan) bo‘ladi], mehnat jarayonining
batafsil tahlilini,
ortiqcha, noqulay harakatlarni bartaraf etilishini, maqbul mehnat usullari
belgilanishini va ularning avtomatik darajaga yetkazilishini, butun ish
jarayonining qat’iy tartibga, mehnatning qat’iy me’yorga solinishini va yuqori
ishlab chiqarish me’yorlari o‘rnatilishini, toliqishni kamaytirish uchun mehnat
bilan dam olish almashib turishini va hokazolarni taxmin qilar edi.
O‘z navbatida boshqaruvni ratsionallashtirish to‘rt asosiy bandni: (a)
qattiq intizom va korxonada nazorat bo‘lishini; (b)
unda xodimlar turi
tanlanishi va joy-joyiga qo‘yilishini; (v) xodimlar malakasini oshirish va
xizmat pog‘onalari bo‘yicha ko‘tarilishining aniq tizimini; va nihoyat, (g) ish
haqini mehnat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirish (ya’ni har bir xodimning
mehnat unumdorligidan kelib chiqib, uning turli darajalarini belgilash) asosida
ularning ishlab chiqarish samaradorligidan moddiy manfaatdorligi tamoyilini
nazarda tutar edi.
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimida kech qanday yon bosish
bo‘lmasligi lozim, deb hisoblar edi, Teylor. Ishchi ko‘pincha omi, dangasa va
loqayd bo‘ladi, yangiliklarni xush ko‘rmaydi, «o‘zini o‘rintirmay ishlashga»
moyil. Shuning uchun odamlar ishlab topganlaridan ortiqcha haq olishlari
kerak emas. Shunday qilish kerakki, har bir inson o‘z farovonligi uchun o‘zi
javob bersin. Mehnat jarayoni maqsadga muvofiq, ishlab chiqarish me’yorlari
yuqori bo‘lishi kerak. Kim o‘z ish me’yorini bajara olmasa, boshqalardan kam
haq olishi kerak. Xodimning mehnat haqi uning ishlab chiqarishga qo‘shgan
shaxsiy hissasiga mos bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston uchun mehnat unumdorligini oshirish – tub va uzoq davrga
mo‘ljallangan vazifa. Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyot peshqadamlaridan bir
necha asrlardan beri ortda qolib keladi, o‘rtadagi tafovut hamon katta: Jahon
bankining ma’lumotlariga ko‘ra 1999 yilda mamlakatimizda har bir ishchi jon
boshiga hisoblaganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
atigi bir
necha ming dollarni tashkil etgan, ayni vaqtda bu ko‘rsatkich Chexiyada - 27
ming dollarni, AQShda esa, 62 ming dollarni tashkil etgan. Nega shunday?
Buning sabablari ko‘p narsalarga bog‘liq.