6-mavzu. Korxonalarining mehnat resurslari. Reja




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana24.11.2023
Hajmi0,6 Mb.
#104955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
6.3. Mehnat unumdorligi 
Mehnat faoliyatining maqsadi biror natijaga erishish, masalan, mahsulot ishlab chiqarish yoki 
xizmat ko’rsatishdan iboratdir. Har qanday xodim yoki ularning guruhi uchun natija samaradorligi, ya’ni 
vaqt birligi – soat, kun, yil mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot, ko’rsatilgan xizmat miqdori muhim 
ahamiyatga ega. Bu natija qanchalik yuqori bo’lsa, uning birligiga sarflangan xarajat, shu jumladan, 
xona, bino uchun ijara haqi elektr quvvatidan foydalanish haqi va shu kabilar shunchalik kamroq bo’ladi. 
Binobarin, mehnat unumdorligi yuqori, mahsulot hajmi ko’proq bo’lsa, uning xarajatlari kamroq bo’ladi. 
Mehnat unumdorligi - xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichidir. U 
ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko’rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, ya’ni 
mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Jamiyatning rivojlanishi 
va uning barcha a’zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o’sishiga bog’liqdir. 
Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini ham, hatto ijtimoiy - siyosiy 
tuzumning o’zini ham belgilab beradi.
Mehnat unumdorligi ko’rsatkichi mehnat samaradorligi va natijadorligining barcha jihatlarini aks 
ettirmaydi, masalan, u mehnat sifatini hisobga olmaydi, bundan tashqari, mehnat resurslaridan oqilona 
foydalanish zarurligini ifodalamaydi. «Mehnat unumdorligi» tushunchasiga o’z ahamiyati jihatidan 
yaqin, lekin mazmunan yanada kengroq bo’lgan tushuncha «mehnat samaradorligi» tushunchasidir. 
Mehnat samaradorligi eng kam mehnat xarajatlari bilan yuqori mehnat natijadorligiga erishish darajasini 
ifodalaydi. Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan farqli o’laroq faqat mehnatning miqdor 
ko’rsatkichlarini emas, shu bilan birga sifat natijalarini ham ifodalaydi. Mehnat samaradorligi 
ko’rsatkichining yana bir muhim ustunligi unda mehnat resurslarini tejashning aks etishidir. 
Mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo’lsa, ish sifati zarur darajada bo’lgani holda mehnat 
xarajatlari qanchalik kam bo’lsa, mehnat samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi. Tadbirkor korxona 
egasi uchun vaqt birligi ichida qanday ishlab chiqarish darajasiga erishilgani emas, shu bilan birga u 
qanday mehnat xarajatlari bilan ta’min etilgani ham muhimdir. Mehnat xarajatlar xodimlar soni va 
mehnatga to’langan haq xarajatlari bilan o’lchanadi. Unisi ham, bunisi ham ish vaqti bilan o’lchanishi 
mumkin. SHuning uchun ham mehnat samaradorligini tahlil qilganda vaqt birligi ichida sarflangan 
mehnat xarajatlari ham, shu bilan birga uning tuzilishi hisobga olingan holda ham qarab chiqiladi. 
Mehnat unumdorligini hisoblashda quyidagilarni ta’minlash imkonini beradigan uslubiyot ideal 
hisoblanishi mumkin: 

korxona ishning ijtimoiy qadriyatlar bilan bog’liqligi; 

xodimga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatish: 

mehnat unumdorligining umumiy va xususiy ko’rsatkichlari bir o’lchov bilan o’lchanishi 
mumkinligi; 

mehnat miqdori bilan sifati o’rtasidagi bog’liqlik. 
Har qanday mahsulot, buyum, xizmatda jonli va buyumlashgan mehnat jamlangan bo’ladi. 
Bunday jami mehnat tufayli moddiy boyliklar yaratiladi.
Jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanib borgan sari jonli mehnat moddiylashgan 
mehnatning tobora ko’proq massasini qamrab oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning 
ulushi ko’payib borgan sari jonli mehnatning ulushi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi 
oshganligining asosiy belgisidir. Ishlab chiqarishning takomillashib borishi va fan-texnika taraqqiyoti 
mehnat unumdorligi oshishining asosiy shartlaridir. Yangi texnologik jarayonlar, materiallar va 
avtomatlashtirish vositalarining joriy etilishi mehnatni mexanizatsiyalash darajasining ortishiga olib 
keladi. Bu ko’rsatkichni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: 
%
100




Download 0,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-mavzu. Korxonalarining mehnat resurslari. Reja

Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish