Natural
usul
Bir xildagi, turdosh mahsulotlari ishlab chiqishda ishlab chiqarish jarayoning unumdorligini
ifodalashda qo’llaniladi
Afzalligi - qulay,
tushunarli, mahsulot ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlarini aks
ettiradi.
Kamchiligi - keng miqyosda qo’llash mumkin emas, chunki iqtisodiyotning ko’plab
tarmoqlari, aksariyat korxonalar faqat bir xil mahsulot ishlab chiqarishga ihtisoslashmagan
Qiymat
usul
Turdosh bo’lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish samaradorligini ifodalash
ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, qiymat (pul) birligida o’lchanadi.
Afzalligi - mehnat unumdorligini tarmoqlar bo’yicha, turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi
koxonalarda o’lchash imkonini beradi.
Kamchiligi - inflyatsiya jarayonlarini aniq hisobga olinmasa, olingan ko’rsatkich taxminiy
natijaga ega bo’ladi; mahsulotishlab chiqarishdagi ichki, tarkibiy sifat o’zgarishlari aniq aks
etmaydi.
Mehnat
usuli
(norma-soatlarida ifodalanuvchi) ishlab chiqarilgan mahsulotning unga ketgan haqiqiy vaqt
sarfiga nisbatan iborat bo’lib, mahsulot ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarfiniunumdorlik
nuqtai nazaridan baholashi imkonini bildiradi.
Afzalligi – iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlatilishi mumkin, taqqoslashga juda o’ng’ay.
Kamchiligi - bu usulda mehnat unumdorligini o’lchash juda qiyin va ko’p vaqtni, xarajatni
talab qiluvchi o’lchash va hisob ishlarini talab qiladi.
Ishlab chiqarish hajmlari va mehnat unumdorligini o’lchashning
qiymat usuli birmuncha
murakkab ishlab chiqarish hajmlarini hisoblashda eng maqbul usulni muayyan shart-sharoitlardan kelib
chiqib tanlash mumkin. Ishlab chiqarish hajmlarini o’lchashning eng ko’p qo’llanadigan usuli yalpi,
tovar va sotilgan mahsulotlar ko’rsatkichlaridir. Bu xil ulgurji narxlarda «zavod usuli» bo’yicha
hisoblangan yalpi mahsulot tovar mahsulotdan tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarini o’lchaysh
bilan, sotilgan mahsulot tovar mahsulotdan sotish uchun mo’ljallangan, lekin sotilmagan tovar qoldiqlari
summasi bilan farq qiladi. Moddiy xarajatlarrning har qanday ko’payishi yoki boshqa korxonalar bilan
kooperatsiya bo’yicha mahsulot yetkazib berish va sotish bo’lsin, baribir mehnat unumdorligining ortib
borish tasavvurini beradi. Material sig’imining kamayishi esa – mazkur ko’rsatkichning pasayishi
tasavvurini o’yg’otadi.
Mehnat unumdorligi - rivojlanib boruvchi ko’rsatkichdir. U ko’pgina sabablar va omillar ta’sirida
doimiy ravishda o’zgarib turadi. Ulardan bir xillari mehnat unumdorligi oshishiga yordam bersa,
boshqalari uni pasaytirishga sabab bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi va
o’sishiga mehnat jarayoni kechadigan sharoit ham ta’sir ko’rsatishi mumkin. SHart-sharoitlar qulay
bo’lsa, u yoki bu omilning ta’sir etishini kuchaytiradi yoki noqulay bo’lsa, bu ta’sirni zaiflashtiradi.
Masalan, tabiiy-iqlim sharoitlari qishloq xo’jaligidagi mehnat natijalariga va uning unumdorligiga jiddiy
ravishda ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish vositalarining mulkchilik shakllari bilan bog’liq bo’lgan
ijtimoiy shart-sharoitlar, shuningdek, ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lgan
shart-
sharoitlar boshqa teng sharoitda ham mehnat unumdorligiga jiddiy ravishda ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko’pgina omillar ta’sir qiladi. Omillar deb
mehnat unumdorligining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan harakatlantiruvchi kuchlar yoki sabablarga
aytiladi. Ulardan ayrimlari mehnat unumdorligining ortishiga yordam bersa, boshqalari unumdorlikning
pasayishiga sabab bo’lishi mumkin. Omillarning birinchi guruhiga mehnat vositalarining samarasini
ortishi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish va mehnatkashlar ijtimoiy guruhlari sharoitining
yaxshilanishi bilan bog’liq bo’lgan barcha tadbirlar kiradi; ikkinchi guruhi - tabiiy sharoitlarning noqulay
ta’sir ko’rsatishi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy sharoitdagi salbiy
elementlarning ta’sir ko’rsatishi kiradi.
Ayrim korxona yoki tashkilot darajasidagi omillarni qarab chiqqanda, ularning hammasini ichki
va tashqi omillarga bo’lish mumkin.
Ichki omillarga korxonaning texnika bilan qurollanish darajasini, qo’llanilayotgan
texnologiyaning samaradorligi, mehnat va ishlab chiqarishning energiya bilan ta’minlanishi
darajasi,
tatbiq etilayotgan rag’batlantirish tizimlarining ta’sirchanligi, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish,
kadrlar tarkibining yaxshilanishi kabi korxonani rahbarlariga bog’liq bo’lgan barcha narsalar kiradi.
Tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: davlat buyurtmalari va bozordagi talab hamda
takliflarning o’zgarishi munosabati bilan mahsulot xillari va ularning sermehnatlik darajasining
o’zgarishi; jamiyat va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlari; mehnatni kooperatsiyalashuv
darajasi, moddiy texnika ta’minoti tabiiy shart-sharoitlar va hokazolar.
Barcha omillarni o’z ichki mazmuni va mohiyatiga ko’ra, uchta guruhga bo’lish mumkin: moddiy-
texnika, tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy. Mehnat unumdorligini oshirishning moddiy asosi fan, texnika va
texnologiyani rivojlantirish, ularning yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishdir. SHuning uchun ham
moddiy-texnika omillari guruhini, odatda, yetakchi va qolgan barcha omillarni belgilovchi guruh deb
qaraladi.
Mehnat unumdorligini oshirishning moddiy-texnika omillariga fan-texnika taraqqiyotini uzluksiz
rivojlantirish asosida mehnatning texnika va energiya bilan ta’minlanishini oshirish kiradi. Ishlab
chiqarishda fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari quyidagilardir: ishlab chiqarishning
avtomatlashtirishga o’tish munosabati
bilan uni mexanizatsiyalash; mehnatning energiya bilan
ta’minlanish darajasini oshirish asosida mashina va asbob-uskunalar quvvatining ortishi; ishlab
chiqarishni elektrlashtirish; soha va qishloq xo’jaligining bir qancha tarmoqlarida ishlab chiqarishni
kimyolashtirish; butunlay yangi texnologiyalarning yaratilishi (ular ishlab
chiqarish intensivligini
oshirishni ta’minlaydi va jonli mehnat sarfini keskin qisqartiradi); ishlab chiqarishga material
sarflanishining pasayishi va moddiy resurslarning tejalishi; mashinalar va asbob-uskunalar
ixtisoslashuvining chuqurlashuvi va shu kabilar. Energiyaning yangi qudratli manbalari - atom, ichki
yadro, geoterial, kosmik va hokazo turlarining o’zlashtirilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnat unumdorligining o’sishiga doir tashkiliy omillarda korxonalar, tarmoqlar va umuman,
xalq xo’jaligi darajasida ishlab chiqarishni tashkil etish kiradi. Xususan, korxonalarni mamlakatimiz
hududlari bo’yicha joylashtirish, ham mamlakat ichida, ham chet mamlakatlar bilan transport aloqalarini
yo’lga qo’yish; korxonalarni ixtisoslashtirish va ularning keyinchalik kooperatsiyalashuvi; moddiy-
texnika, energiya ta’minoti, ta’mirlash xizmati ko’rsatish va hokazolar katta ahamiyatga egadir.
Korxonalar ichida ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishiga
doir muhim vazifalar
quyidagilardir: rejalashtirish sifatini oshirish; ishlab chiqarishni tashkiliy-texnik jihatdan tayyorlashni
tashkil etish; yangi texnika va texnologiyani o’z vaqtida joriy qilish; ishlab turgan asbob-uskunalarni
zamonaviylashtirish; mashinalar, mexanizmlar, asbob-uskunalar, apparatlarni
joriy va kapital
ta’mirlashni ta’min etish, shuningdek, korxona ichida moddiy-texnika ta’minotini to’g’ri tashkil etish.
Barcha tashkiliy omillar bir-biri bilan mustahkam bog’langan bo’lib, ishlab chiqarish, mehnat va
boshqaruvni tashkil etishning yagona tizimini hosil qiladi. Ulardan to’liq foydalanmaslik, turli tashkiliy
kamchiliklarning mavjud bo’lishi asosan ish vaqtidan foydalanishda o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ish vaqtining
bekor sarf bo’lishi mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi kamchiliklar oqibati bo’lib, mehnat
unumdorligini pasaytiradi, ish vaqti bekor sarf bo’lishini qisqartirish esa mehnat unumdorligining
ortishini ta’minlaydi.
Tashkiliy omillar tizimida kadrlar tarkibining yaxshilanishi - boshqaruv xodimlari sonining nisbiy
qisqarishi va soha - ishlab chiqarish xodimlari umumiy sonida ishchilar salmog’ining, bular orasida esa
asosiy ishchilar salmog’ining ortishi muhim o’rin tutadi. Soha - ishlab chiqarish xodimlari umumiy
sonida ishchilar salmog’i qanchalik yuqori bo’lsa, bitta xodimga to’g’ri keladigan mehnat unumdorligi
ham shunchalik yuqori bo’ladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta’siri shu narsa bilan bog’liqki, fan-texnika taraqqiyotining avj
olishi, ishlab chiqarish (texnika, texnologiya) moddiy asosining ta’minlashuvi va xilma-xil, ko’p hollarda
esa ancha murakkab tashkiliy tadbirlarning amalga oshirilishi o’z-o’zidan sodir bo’lmaydi, balki faqat
ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilari bo’lgan insonlarning faol mehnat faoliyati natijasidagina sodir
bo’ladi. Bu mehnat faoliyatining harakatlantiruvchi kuchi - muayyan natijani qo’lga kiritishga bo’lgan
qiziqishdir. U o’z navbatida ishlab chiqarish ishtirokchilari bo’lgan insonlarning moddiy va ma’naviy
ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish
yoki boshqa faoliyat
qatnashchilari muayyan mehnat faoliyati natijasini qo’lga kiritishga intilishi bilan bir qatorda yetarli
darajadagi mehnat qobiliyatiga, ishbilarmonlik va shijoatkorlik kabi zarur shaxsiy sifatlarga ega
bo’lishlari, shuningdek, tadbirkor va hushyor bo’lishlari lozim.
Mehnat unumdorligiga ta’sir ko’rsatuvchi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy omillarga quyidagilar
kiradi:
mehnat natijalaridan moddiy va ma’naviy manfaatdorlik;
xodimlarning malaka darajasi, ularning kasbiy tayyorgarligi
sifati va umumiy madaniy-
texnikaviy saviyasi;
mehnatga munosabat va mehnat intizomi darajasi;
mehnat jamoalari o’z-o’zini boshqarishining rivojlanishi.
Mehnat unumdorligini oshirish zahiralarining bir necha tasniflari mavjud bo’lib, ularning hammasi
ikkita katta guruhga bo’linadi: jonli mehnatdan (ish kuchidan) foydalanishni yaxshilash zahiralari va
asosiy va aylanma fondlardan yanada samaraliroq foydalanish zahiralari. Birinchi guruhga mehnatni
tashkil etish, mehnat sharoitlari, ishlovchilarning mehnat qilish qobiliyatini oshirish, kadrlar tarkibi va
ularni joy-joyiga qo’yish, uzluksiz ishlash uchun tashkiliy shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek,
xodimlarning mehnat natijalaridan moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirishni ta’minlash bilan
bog’liq masalalar kiritiladi. Ikkinchi guruh asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashinalar, mexanizmlar,
apparatlar va shu kabilar)dan yaxshiroq foydalanishi zahiralarini, shuningdek, xom ashyo, materiallar,
butlovchi buyumlar, yoqilg’i, energiya va boshqa aylanma fondlardan yanada tejamli va to’liq
foydalanishni o’z ichiga oladi.
Ma’lumki, mehnat unumdorligi darajasi ish vaqti birligiga to’g’ri keladigan mahsulot miqdori
bilan aniqlanadi. Lekin boshlang’ich hajmlar vaqtda ifodalansa, mehnat unumdorligi ish vaqti fondining
mahsulot sermehnatlik darajasiga nisbati sifatida hisoblab chiqariladi:
M
u