|
6-mavzu. Korxonalarining mehnat resurslari. RejaKa.i.=1-Rr.i./Ri
Bu yerda: R
r.i
. - korxona tsexlari, uchastkalarida ishlaydigan
yordamchi ishchilarning ro’yxat bo’yicha o’rtacha
soni, kishi;
Ri - korxona tsexlari va uchastkalarida ishlaydi-
gan jami ishchilarning o’rtacha ro’yxatdagi
soni, kishi.
Mutaxassislar va boshqaruvchilar ishlab chiqarish jarayonini tashkil etadilar va uni
boshqaradilar.
Xizmatchilarga moliya-hisob ishlarini amalga oshiruvchi va boshqa vazifalarni
bajaruvchilar kiradi.
Xodimlarning malakasi mutaxassislik bilimi va amaliy tajriba darajasi bilan aniqlanadi va
ular ishining murakkablik darajasini tavsiflaydi.
Korxona kadrlarining tsruktrasi turli kategoriyadagi xodimlarni, ular umumiy soniga nisbati
bilan harakterlanadi. Kadrlar strukturasini tahlil qilish yordamida har bir kategoriyaga mansub
xodimlar korxonada ro’yxatda turgan jami xodimlarning o’rtacha sonida qancha hissasini tashkil
etishi aniqlanadi.
dPj=Pj/R, yoki dPj=Pj x 100) R,
Bu yerda, Pj - j -chi kategoriyadagi xodimlarning ro’yxat
bo’yicha o’rtacha soni, kishi;
R - korxonadagi ro’yxat bo’yicha jami xodimlarning o’rtacha soni.
Kadrlar strukturasi alohida har bir bo’linma bo’yicha aniqlanadi va tahlil qilinadi,
SHuningdek, ularning yoshi, normalarning bajarilishi darajasi va boshqalar ham qarab chiqiladi.
Mehnat jamoasi miqdor jihatdan ham, malaka jihatdan ham o’zgarib turadi: bir xodim ishdan
ketsa o’rniga boshqasi qabul qilinadi. Bunday o’zgarib turish kadrlarning qo’nimsizligi bilan
harakterlanadi.
Korxonada kadrlarning holati quyidagi koeffitsientlar yordamida aniqlanishi mumkin:
Kadrlarning ketish koeffitsienti (Kb) joriy davr mobaynida barcha sabablarga ko’ra ishdan
ketgan xodimlar sonining (Rb), shu davrdagi ro’yxatdagi jami xodimlarning o’rtacha soniga (R)
nisbati sifatida aniqlanadi.
Kb=Rb/R(100 (%)
Kadrlarni qabul qilish koeffitsienti (Kq) joriy davr mobaynida ishga qabul qilingan xodimlar
sonining (R?) shu davrdagi ro’yxat bo’yicha jami xodimlarning o’rtacha soniga (R) nisbati sifatida
aniqlanadi.
|
| |