• 6.2. Mehnat resurslarining tarkibi va tuzilishi
  • Tn=ta x ty.o’ x td.o x tt.v x tnt




    Download 0,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/13
    Sana24.11.2023
    Hajmi0,6 Mb.
    #104955
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Tn=ta x ty.o’ x td.o x tt.v x tnt, 
    Bunda: T
    n
    - asosiy vaqt; Ty.o’ - ish o’rniga xizmat qilish vaqti
    Tt.v - tayyorgarlik vaqti; 
    Td.o - dam olishga va shaxsiy maqsadlarga sarflangan vaqt; 
    Tn.t - nazarda tutilmagan tanaffuslar. 
    6.2. Mehnat resurslarining tarkibi va tuzilishi 
    Moddiy nehmatlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish ikkita zarur tarkibiy qismdan: bir 
    tomondan, moddiy resurslar (xom ashyo, asbob-uskunalar va hokazo)dan va ikkinchi tomondan, inson 
    resurslaridan, ya’ni kasb malakalari va bilimlariga ega bo’lgan xodimlardan iborat. Boshqacharoq qilib 
    aytganda, mamlakat aholisining bir qismi bo’lgan inson resurslari moddiy resurslar bilan bir qatorda 
    iqtisodiy rivojlanish omili sifatida ham namoyon bo’ladi. Biroq bu omillar o’z xususiyatlariga qarab bir-
    birlaridan muhim belgilari bilan farqlanadi. 
    Inson resurslari - bular odamlardir, ylar faqat moddiy nehmatlar yaratib qolmay, shu bilan birga 
    ularni iste’mol ham qiladilar. Odamlar o’zlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari jihatidan unchalik bir 
    xil emaslar. Bunga ylarning jinsi, yoshi, sog’lig’i, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi va boshqa ijtimoiy, 
    psixo-fiziologik sifatlari sabab bo’ladi. SHuning uchun bir kishi ikkinchisiga o’xshamaydi.Mehnat 
    resurslari haqiqiy (real) va potentsial xodimlardir. 
    Zarur jismoniy va ma’naviy imkoniyatlar insonning yoshiga bog’liq. Ular inson hayotining ilk va 
    yetuk davrlarida shakllanadi va rivojlanib boradi, qarilik chog’ida esa, tabiiy ravishda birmuncha 
    kamayib boradi. 
    Yosh chegarasi erkaklar 59 yoshga, ayollar 54 yoshga yetgandan co’ng pensiya olish huquqi bilan 
    belgilanadi. Biroq bu qoidadan istisno ham bor. Organizmga yuksak ruhiy fiziologik bosimlar bilan 
    bog’liq kasb faoliyatining ayrim turlari uchun pensiya chizig’i sezilarli ravishda 5-10 yilga pastroq
    bahzan undan ham ko’proq. Bu yerda imtiyozli shartlarda qarilik pensiyasi tizimi amal qiladi. Ayollar 
    uchun pensiya yoshi odatdagi xalqaro tajriba darajasida bo’lsada, hamma joyda erkaklarning o’rtacha 
    umir ko’rishi ayollarga nisbatan sezilarli ravishda kamroqdir. Bu narsa ko’p hollarda noqulay og’ir 
    mehnat sharoitlari bilan bog’liqdir. SHuningdek, bu narsa zarur bo’ladigan “mehnat shaklsi”ni saqlash 
    imkoni yillar o’tishi bilan yo’qolib boradigan kasblar bilan shug’ullanish uchun (masalan balet) ham 
    taalluqlidir. 
    Mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarning ma’lum qismini sira ishlamagan yoki sog’lig’i yomon 
    bo’lganligi uchun ishlashdan to’xtagan kishilar tashkil etadi. Bu o’rinda gap I va II guruh nogironlari 
    haqida bormoqda, davlat ularni pensiya bilan ta’minlab turadi. Bu kishilar mehnat resurslari tarkibiga 
    kiritilmaydi.
    Demak, mehnat resurslari deb, o’zining aqliy va jismoniy mehnati bilan ijtimoiy ishlab 
    chiqarishda ishtirok etadigan mehnatga qobiliyatli kishilar yig’indisiga aytiladi. 
    Mehnat resurslari 
    Faol qismi 
    Nofaol qismi qismi 
    Mehnat 
    bilan band 
    bo’lgan 
    bo’lganlar 
    ishsizlar 
    O’qiydiganlan
    Mehnat 
    bilan band 
    bo’lmagan 
    3-gurux
    nogironlari



    Download 0,6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0,6 Mb.
    Pdf ko'rish