Natural usulning bir ko’rinishi shartli-natural usul bo’lib, bunda ish hajmi bir xil mahsulotning
shartli birligida hisobga olinadi. Masalan, turli hajmdagi vagonlarga, turli hajmdagi konserva bankalari
shartli bankalarga, turli poyabzallar shartli juftga aylantiriladi. SHartli o’lchovlarga aylantirish, odatda,
o’tkazish birliklari koeffitsentlari yordamida amalga oshiriladi.
SHartli natural usul qo’llanish uchun qulaydir, chunki ko’pgina xilma-xil tovarlarning,
xizmatlarning aylantirish koeffitsentlari yordamida ishlab chiqarishni qiyoslanadigan turga keltirish
mumkin. Masalan, un, non va makaron mahsulotlari sotish xarajatlarini non-bulka mahsulotlarini shartli
kilogrammiga aylantirish orqali ifodalash mumkin.
Mehnat unumdorligini o’lchashning yana bir keng tarqalgan usuli mehnat usulidir.
Mehnat unumdorligini mehnat usuli bilan o’lchashda mahsulot birligini ishlab chiqarish yoki tovar
birligini sotishga doir normativ vaqtdan foydalaniladi:
U
m
= ish vaqti birligidagi mahsulot hajmi / haqiqiy ish vaqti
Bu yerda U
m
- mehnat usuli bilan o’lchangan mehnat unumdorligi.
Mehnat usulining afzal tomoni uni barcha ish turlari va xizmatlarga tatbiq etish mumkinligidir.
Biroq bu usuldan keng foydalanishda har bir ish turi uchun vaqt normativlari zarurdir, ular hamisha ham
mavjud bo’lavermaydi. Bu usuldan ishbay ishlovchi xodimlar mehnat unumdorligini hisoblash uchun
foydalanib bo’lmaydi, chunki ular uchun vaqt normalari tatbiq etilmaydi.
Unumdorlik o’lchashning mehnat usuli bir qator kamchiliklarga ham ega (normalar yetarli
darajada asoslab berilmagan bir xil darajada jiddiy emas, ular tez-tez qayta ko’rib chiqiladi va hokazo),
bu esa hatto ayrim ish joyidagi va brigadalardagi mehnat unumdorligining darajasi va o’sishiga holisona
baho berilishiga imkon tug’dirmaydi.
Mehnat unumdorligiga ishlarning sermehnatligi ta’sir ko’rsatadi. Sermehnatlik – bu, jonli mehnat
sarflarini aks ettiruvchi ko’rsatkich bo’lib, u ish vaqtida, mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar)da
ifodalangan. Sermehnatlik, odatda, norma-soatlarda (haqiqiy soatlarda) o’lchanadi, bu vaqt ish birligini
bajarishga sarflangan bo’ladi. Bu ko’rsatkich mehnat unumdorligi ko’rsatkichiga qarama-qarshi bo’lib,
quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
,
м
в
М
И
С
Bu yerda S – sermehnatlik;
I
v
– ish vaqti;
I
m
– ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.
Korxonalar va ularning irik bo’linmalari darajasida, xuddi xalq xo’jaligi tarmoqlarida bo’lgani
kabi, ishlab chiqarish va mehnat unumdorligi hajmlarini o’lchash uchun asosan qiymat usuli tatbiq
etiladi. Qiymat usuli universal usul bo’lib, u mahsulotning barcha turlari va hajmlari, ishlar va xizmatlar
yagona pul ko’rsatkichlari bo’lgan so’mda ifodalanadi, u hajm ko’rsatkichlarini tegishli ulgurji narxlarga
ko’paytirish bilan aniqlanadi.
Masaln, agar besh kishidan iborat ishchilar brigadasi bir smenada 100 ming so’mlik ish hajmini
bajargan bo’lsa, u holda har bir ishchining smenadagi mehnat unumdorligi (ishlab chiqargan mahsuloti)
quyidagicha bo’ladi: 120:5q20 (ming so’m), tegishli ravishda bir soatlik ish mobaynida 20:8q2,5 (ming
so’m) bo’ladi.
Mehnat unumdorligini o’lchashning qiymat usuli turli kasb va malakaga ega bo’lgan xodimlarning
mehnat unumdorligi, masalan, qandolatchi va novvoyning, chilangar va haydovchining mehnat
unumdorligini taqqoslash imkonini beradi. Biroq bu usul ko’rinishdan universal usul bo’lishiga qaramay,
bir qancha kamchiliklarga ham ega. Xususan unga narx omili, ya’ni bozor konhyukturasi va inflyatsiya
ko’proq ta’sir ko’rsatadi.Mehnat unumdorligini o’lchash usullarining har uchalasi ham o’z afzalliklari
bilan bir qatorda turli kamchiliklarga ega. Ularni 6.3.1-jadvalda ko’rish mumkin:
6.3.1-jadval