8-ma’ruza: xorij ta'lim tajribasida differensial, integrativ va masofaviy ta'lim masalalari reja




Download 313.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana05.04.2022
Hajmi313.08 Kb.
#19348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-m. Dif.integ.masofa docx
Dilbar(5), 1.1, SENSOR TARMOQ, 1212, Logotip dizayn, Yoqut tilining leksik xususiyatlari, Ibroximova Surayyoxon, o-zbek-tilida-biriktiruv-va-ayiruv-munosabatini-ifodalovchi-bog-langan-qo-shma-gaplar-tahlili, Shaharni qo’lda tasvirlash, 7130 15.------------, presuppozitsiya pragma, Erkin Vohidov Abdulla Oripov Rauf Parfi, 7.OVOZ BILAN BOG`LIQ MASHQLAR, 5.TO`G`RI NAFAS OLISH
Tavsiyalar:
1. Chet el tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, ta'lim mazmunini qayta qurish ishida 
shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Fikrimizcha, bu sohada samaraliroq yo‘l 
integratsiya va ixtisoslashtirishga asoslangan o‘quv dasturlarini yaratishdir. 
2.Pedagogik jarayonda o‘quvchilarga individual va differensial yondashuv shaxs 
rivojlanishida muhim omil hisoblanadi, chunki aynan shunday yondashuv bolalardagi 
iqtidor va qobiliyatni ko‘ra bilish, shaxs rivojlanishiga sharoitlar yaratishni nazarda 
tutadi.
3. Ta'limning turli bosqichli differensiyasi o‘quv jarayonining turli bosqichlarida 
keng qo‘llanilishi lozim: bu yangi materialni o‘rganish, differensiyalangan uy vazifasi, 
darsda bilimlar o‘lchovi, o‘tilgan mavzuni egallaganlikni joriy tekshirish, mustaqil va 
nazorat ishlar, xatolar ustida ishlash, mustahkamlash darslarida amalga oshirilishi 
kerak. 
4. Ko‘pincha darslarda uy vazifasi so‘ralganda o‘quvchilar bilimidagi 
kamchiliklar qidiriladi. Aslida yutuq, bilim, malakalari aniqlanishi kerak, zero uy 
vazifasi so‘ralganda asosiy vazifa o‘rgatish, yordam berish va qo‘llab-quvvatlashdir. 
Shu o‘rinda o‘quvchilardan uy vazifasini so‘rashda differensial ta'lim usullaridan 
foydalanish zarur. 


19 
5.O‘quvchilarning individual xususiyatlarini bilish, zarurat bo‘lsa korreksion 
samaraga erishish maqsadida differensial ta'lim amalga oshirilishi kerak, bu esa 
o‘qituvchilardan o‘quvchilarning individual qobiliyatlari va o‘qish imkoniyatlarini 
(diqqat, fikrlash, xotira va boshqalarning rivojlanish darajasi), aniq fanlar bo‘yicha 
bilim, ko‘nikma, malakalar darajasini o‘rganishni talab qiladi
6. Differensial ta'lim–o‘quv jarayonini o‘quvchilar guruhining yetakchi 
xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish bo‘lsa, individual ta'lim har bir 
o‘quvchining qobiliyati, iqtidoriga qarab beriladi. Demak, differensial ta'limni 
samarali tashkil qilish uchun dastur, darslik, didaktik materiallarning yangi variantlari 
yaratilishi lozim bo‘ladi.

Download 313.08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 313.08 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-ma’ruza: xorij ta'lim tajribasida differensial, integrativ va masofaviy ta'lim masalalari reja

Download 313.08 Kb.
Pdf ko'rish