Gollandiyada ta'lim intizomi muhiti, tarbiyaviy muammolar, va akademik




Download 313.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana05.04.2022
Hajmi313.08 Kb.
#19348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-m. Dif.integ.masofa docx
Dilbar(5), 1.1, SENSOR TARMOQ, 1212, Logotip dizayn, Yoqut tilining leksik xususiyatlari, Ibroximova Surayyoxon, o-zbek-tilida-biriktiruv-va-ayiruv-munosabatini-ifodalovchi-bog-langan-qo-shma-gaplar-tahlili, Shaharni qo’lda tasvirlash, 7130 15.------------, presuppozitsiya pragma, Erkin Vohidov Abdulla Oripov Rauf Parfi, 7.OVOZ BILAN BOG`LIQ MASHQLAR, 5.TO`G`RI NAFAS OLISH
Gollandiyada ta'lim intizomi muhiti, tarbiyaviy muammolar, va akademik 
yutuqlar (German G. Van de Verfborst, Makbteld Bergstra, Rene Veenstra). 
Gollandiyada ta'lim intizomiy muhiti talaba faoliyatiga faqat ozgina ta'sir o‘tkazishi, 
talabalar guruhining tarkibiga bo‘lgan ta'siri mustaqilligini ko‘rsatadi, hamda 
gollandlarning ta'lim tizimidagi unikal tuzilma talaba faoliyatiga chegaralangan, ya'ni 
kam ta'sir o‘tkazishini ko‘rsatmoqda. Gollandiyada ta'lim tizimi yuqori darajada 
standartlashtirilgan; shunga qaramay maktab darajasidagi avtonomiyaga ko‘proq joy 
mavjud. Ta'lim dargohlarida dramatik ko‘rinishda farqlilik mavjuddir. Ham akademik, 
ham kasb-hunarga yo‘naltirilgan ta'lim muassasalariga nisbatan faqat akademik 
yo‘nalishni taklif qiladigan ta'lim dargohlarida yuqori darajadagi ta'lim xavfsizligi 
ta'minlangan. Umuman olganda, Gollandiya o‘ta yuqori darajadagi madaniy tolerantlik 
bilan ajralib turadi(Richard Arum, Melisa Velez. Inproving Learning Enviroment: 
School Discipline and Comporative Perspektive. Stanford Universiy Press, USA 2012 
180).
Bugungi kunda insoniyat jamiyati, shuningdek, mustaqil respublikamiz xalqi 
oldida turgan ijtimoiy-itisodiy, g‘oyaviy-siyosiy, ta'limiy-tarbiyaviy muammolarning 
yechimini topish tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlarni o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro 
munosabatlariga bog‘liq. Chunki, ularning barchasi mohiyati, mazmuni, tabiati, shakli 
va ko‘lamiga ko‘ra tizimlilik xarakteriga ega bo‘lib, ularga aynan mos yondashuv 
yordamida tadqiq etilib, yechimi topiladi. Bu o‘z navbatida ta'lim-tarbiya ishida ham 
tizimli yondashuvdan foydalanishni ko‘zda tutadi. Ko‘p sonli manbalar, xususan 



pedagogik amaliyot sohalarining tahlili ta'lim-tarbiya jarayonining rivojlanishiga 
to‘siq bo‘layotgan muammolar mavjudligidan guvohlik beradi. Bular asosan, bizning 
fikrimizcha, o‘rganilayotgan obyektlarning ba'zi bir jihat va xususiyatlarini lavhalar 
(fragment) shaklida o‘rganish natijasida yuzaga kelib, mantiqan bog‘lanmagan va 
tizimlashmaganligidadir. Amaliyotdagi bunday holatlarni bartaraf etishda integrativ 
yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Fanda "Integratsiya" tushunchasi XVIII 
asrdayoq G.Spenser tomonidan qo‘llanilishiga karamay, unga davr taqozosiga ko‘ra 
yaqin paytlargacha yetarli ahamiyat berilgan emas. 
Ilmiylik nuqtai nazaridan olib qaraganda integratsiyaning asosini olamning 
yaxlitligi va uni tashkil etuvchi qism (element)larning o‘zaro aloqadorligi, 
munosabatlari tashkil etadi. Taniqli rus psixologik olimi G.S. Kostyukning fikricha: 
"Tabaqalanish differensiatsiya – ruhiy jarayonlar va holat (xususiyat)larni 
ko‘payishiga olib kelsa, integratsiya - tartibga keltirish, subordinatsiya va uning 
natijalarini ma'lum ketmaketlikda joylashtirishga olib keladi. Integratsiyalash yo‘li 
bilan yangi psixologik jarayon, yangi faoliyat tuzilmasi hosil bo‘ladi. Bu yangi tuzilma 
ilgari alohida-alohida bo‘lgan elementlardan sintezlash yo‘li bilan hosil qilinadi". 
Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, predmetlararo aloqadorlik, o‘zaro aloqadorlik 
va nihoyat o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi, kengaytiruvchi hamda chuqurlashtiruvchi, 
o‘quv predmetlari mazmunini eng kamida ta'lim standartlari darajasida sintezlab, 
mantiqan tugallangan mazmun shakli va oliy darajasidir. Chunki predmetlararo 
aloqadorlikning har qaysi quyi darajasi, o‘rganilayotgan o‘quv predmetlari doirasida 
ma'lum didaktik birliklar orasida o‘rnatilib, ularni o‘rganish mazmunini va 
muddatlarini muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi, bundan farqli o‘laroq integrativ 
aloqadorlik asosida tashkil etilgan o‘quv predmeti yoki integratsiyalab o‘rganilayotgan 
predmet, hodisa yoki jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va 
munosabatlar nuqtai nazaridan talqin etishni talab etadi. Bu o‘z navbatida hozirgi va 
istiqbol talablariga javob beradigan, mustaqil fikr yurituvchi va ijodiy faoliyat 
ko‘rsatuvchi, malakali mutaxassis shaxsini shakllantirishga imkon beradi. Chunki u 
tahsil oluvchilardan faqatgina tahlil qilish va sintezlash operatsiyalarini talab qilish 
bilan chegaralanib qolmasdan, balki mavhumlashtirish, algoritmlashtirish, turkumlash, 



shartli belgilar yordamida ifodalash, sabab oqibatli aloqadorlikni aniqlash, tahlil etish, 
sintezlash, tizimlashtirish, modellashtirish kabi yuksak darajali tafakkurlash 
operatsiyalarini talab etadi. Bu operatsiyalar o‘rganilayotgan obyektni barcha muhim 
jihat va xususiyatlarini ajratib olib (tabaqalashtirib), mohiyati va mazmunini anglab 
yetish va ularni umumlashtirish orqali amalga oshiriladi. Demak, integratsiya har doim 
ham uning ikkinchi tomoni bo‘lgan tabaqalashtirish (differensiatsiya)ga tayangan 
holda rivojlanib boradi yoki aksincha. Integratsiya masalasini pedagog olimlar va 
amaliyotchilar quyidagi yo‘nalishlarda tadqiq etishni tavsiya etadilar: a) o‘quv 
predmetlari va fanlar turkumi doirasidagi mazmunni integratsiyalab o‘rganish; b) turli 
o‘quv predmetlaridan tahsil beruvchi shaxslarning faoliyatlarini integratsiyalash; v) 
ta'lim-tarbiya 
ishini 
tashkil 
etish 
shakllarini 
integratsiyalash 
va shu kabilar. 
Bu yo‘nalishlarning har birining aniq o‘z maqsadi bo‘lib, uni amalga oshirish 
uchun mos shakl, metod, vosita va shart-sharoitlarni talab etadi. 
Amaliyotda ulardan uyg‘un holda foydalanilgandagina ko‘zlangan maqsadga 
erishish mumkinligini ham shu o‘rinda eslatib o‘tish lozim. Pedagogika fanida XX 
asrning 80- yillaridan boshlab integratsiya, "o‘zaro aloqadorlik", “o‘zaro ta'sir", 
"sintez" kabi tushunchalar qo‘llanilgan ilmiy ishlar paydo bo‘lib, ta'lim-tarbiya ishida 
integratsiya muammosining dolzarbligi sezila boshlangan. Hozirgi paytga kelib ta'lim-
tarbiya ishiga integrativ yondashuv g‘oyasi xususiy fanlar doirasida chegaralanib 
qolmasdan, umumpedagogik ahamiyatga ega masalaga aylandi.

Download 313.08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 313.08 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gollandiyada ta'lim intizomi muhiti, tarbiyaviy muammolar, va akademik

Download 313.08 Kb.
Pdf ko'rish