96
5.3.-rasm. Perforatsiyalangan lenta
Perforatsiyalangan
lentadan tashqari, ayrim uchastkalari elektr
o’tkazuvchanligi, tiniqligi yoki qaytaruvchanlik hususiyatlari bilan farqlanuvchi
lenta xam ishlatilishi mumkin.
Тaqqoslash vositasi, avtomatik tizimdagi boshqarilayotgan
kattalikning
qiymatini topshirilgan qiymat bilan solishtiradi va qiymatlarni farqi hosil bo’lsa
u haqida birlamchi signalni ARS ga uzatadi. Funksional va struktura sxemalarda
topshirish va taqqoslash vositalari birga ko’rsatiladi.
Diskret chiqishi taqqoslash vositalarda elektrik kattaliklarning taqqoslashni
2 ta prinsipi qo’llanadi: absolyut qiymati va fazalar bo’yicha. Absolyut qiymati
bo’yicha taqqoslash o’zgarmas va o’zgaruvchan tok uchun amalga oshiriladi.
Ikkita elektrik kattaliklar uchun qo’llanadi.
Analog va raqam taqqoslash vositasi sifatida avtomatikada
hisoblash
qurilmalari ham qo’llaniladi. Misol sifatida elektrik va elektromexanik taqqoslash
vositalardan quyidagilarni keltirsa bo’ladi: ko’prik sxemalar, yarim o’tkazgich
elementlardan, sxemalar,
elektromagnit qurilmalar, selsin juftliklari va boshqalar.