93
Shuni
qayd qilish kerakki, yuqorida bayon etilgan datchiklar va turli elektrik
o’zgartkichlarning hillari juda ko’p, jumladan elektrolitik, magnitostriksion,
elektrokinetik, polyarografik va boshqa o’zgartkichlar ko’rib chiqilmadi. Bular
maxsus adabiyotlarda yoritilgan.
Тexnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ARS
larda nazorat qilinayotgan
kattaliklarni topshirilgan satxda; yoki kattaliklarni topshirilgan funksiya bo’yicha
o’zgartirish yoki kirish signali o’zgarilishi bilan boshqarish signallarini hosil qilish
uchun tizimlardan topshirish va taqqoslash vositalari keng qo’llanadi.
Тopshirish vositasi (zadatchik) - boshqarilayotgan kattalikni topshirilgan
belgiga o’rnatish uchun xizmat qiladi.
Тopshiruvchi qurilmalar beradigan signalining xarakteriga qarab ikki asosiy
sinfga: analogli va raqamli qurilmalarga bo’linadi. Analogli qurilmalar o’z
navbatida, uzluksiz va diskret topshiruvchi qurilmalarga ajraladi.
Diskretlik vaqt
bo’yicha xam, ishlab chiqiladigan signalning qiymati bo’yicha ham bo’lishi
mumkin. Raqamli topshiruvchi qurilmalar diskretli signallar ishlab chiqaradi.
Bundan tashqari, topshiruvchi qurilmalar ishlab chiqiladigan signallar
energiyasining turiga qarab ham farqlanadi. Elektrik, pnevmatik,
gidravlik va
mexanikaviy (kuchishlar yoki kuch tarzida) signallar ishlab chiqaruvchi
topshiruvchi qurilmalar ishlatilmoqda.
Rostlagich tomonidan realizatsiya qilinishi lozim bo’lgan programma yoki
topshirilgan funksional bog’lanish turlicha olinishi mumkin. Masalan, uzluksiz
ishlaydigan topshiruvchi qurilmalarda ko’pincha qulachoqli mexanizmlar (bikr va
rostlanuvchi), funksional potensiometrlar, qog’ozga
yozilgan diagramma va
richagli mexanizmlar ishlatiladi. Diskret ishlaydigan topshiruvchi qurilmalarda
programma elitgich sifatida ko’p zanjirli almashlab ulagichlar, perfokartalar,
magnitli plyonkalar, kino plyonkalar va hokazolar ishlatilmoqda.
Barcha tipdagi topshiruvchi qurilmalarni ko’rib chiqish qiyin.
Misol
tariqasida qator elektrik programma tashigichlarini va funksional bog’lanishlarni
ko’rib chiqamiz. 5.2-rasmda turli funksional o’zgartkichlar ko’rsatilgan.
94
5.2-rasm. Nol-indikatorli taqqoslash elementining sxemalari va
xarakteristikalari
Amalda yassi karkasli profilli potensiometrlar va seksiyalari bo’yicha
shuntlangan potensiometrlar keng ko’lamda ishlatilmoqda. Seksiyalari bo’yicha
shuntlangan potensiometrlarda yumaloq karkaslarga joylashtirilgan o’ramlardan
simlarning uchlari chiqariladi. Karkaslarning kesimi yassi (balandligining
qalinligiga nisbati juda katta) yoki yumaloq bo’lishi mumkin. Potensiometrlarning
cho’tkalari turli burchakka burilishi mumkin.
Тopshirilgan bog’lanish r= f(
α) ni qarshilik r ning polzunchaning vaziyatini
aniqlovchi
α burchakka bog’liqligini ta’minlash uchun karkasning uzunligi l
quyidagi ifoda bo’yicha hisoblanadi:
l d
dr
l= ---- .---- . ----- - (b+2d),
(5.1)
D R d
α
bu
yerda D
— potensiometr karkasining diametri;
α-- polzunchanipg burilish burchagi;