|
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning takomillashtirish yo’llari
|
bet | 6/8 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 61,59 Kb. | | #150728 |
Bog'liq aksiyadorlik ro\'yxat 2.2. Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning takomillashtirish yo’llari
O’zbkesitonda olib borilayotgan keng isolxotlar mamlakatda ijtimoiy yo’nalishlaridan bozor iqtsodiyotiga asoslangan demokiratik jamiyat qurishga qaratilgan bo’lib , ularning asosiy mahsulotlaridan biri tez suratlarda rivojlanayotgan turli mulkchilik shakillaridan korxonalar hisoblanadi Ularning samarali faoliyatii ko’p jixatdan korporativ boshqaruv munosabatlar tizim rivojlanishiga bevosita bog’liqligi sababli hozirda aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotning korporativ sektorining alohida o’rni mavjudligi bilan bir qatorda ushbu mulkchilik shaklining rivojlanishi jarayonida ayrim muammolar mavjudki, ularning hal etilishi nafaqat sohaning taraqqiyoti uchun, balki iqtisodiyot barqarorligi uchun ham ahamiyatlidir.
Keyingi yillardagi milliy korxonalarni isloh etish natijasida korporativ sektor iqtisodiyotidagi umumiy muammolar bevosita mulkdorlar, aksiyadorlar va menejerlar o’rtasidagi manfaatlar qaramaqarshiliklarini o’zida ifodalovchi korporativ boshqaruv tizimidagi mavjud muammolarga ham bevosita bog’liq bo’lmoqda. Buni hususiylashtirishdan so’nggi biznes muhitida “xo’jalik demokratiyasi”ni shakllantirish bilan bog’liq iqtisodiy va huquqiy hamda ijtimoiy muammolar ta’sirida hamon mahalliy aksiyadorlik korxonalarida yuqori korporativ madaniyatning shakllanmaganligi bilan izohlash mumkin. Hozirgi sharoitda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bilan bog’liq islohotlar yirik va strategik ahamiyatga ega bo’lgan korporativ boshqaruv tizimni amalga oshirish yirik masshtabdagi kapitalni jalb qilishni talab etiladi. Bunday yirik va strategik ahamiyaga ega bo’lgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning manbalari tarkibidagi an’anaviy yo’nalishlardan biri qimmatli qog’ozlarni moliyaviy bozorlarga joylashtirish hisoblanib, aksariyat aksiyadorlik jamiyatlarining ushbu yo’nalishdagi mablag’larni jalb qilish imkoniyatlari investorlar ishonchining pastligi tufayli cheklanib qolinmoqda.
Bunga asosiy ta’sir etuvchi omil nafaqat korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining samaradorligi ta’sir etmoqda, balki asosiy ta’sir etuvchi omil sifatida emitent korxonalar aksiyalariga quyilma qiluvchi hissadorlar va ayniqsa, yangi hissadorlar uchun huquqlari cheklanishi bilan bog’liq investitsion xatarlarning mavjudligi hisoblanadi. Xususan, ijro etuvchi direktor va hissadorlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda manfaatlar muvozanatining buzilish holatlarining mavjudligi aksiyadorlik jamiyatlariga va ayniqsa, paxtasanoat tarmog’idagi aksiyadorlik jamiyatlariga investitsiyalar oqimining nisbatan cheklanishiga ta’sir etuvchi omillardan biri hisoblanmoqda. Ayrim iqtisodchi olimlarninig fikricha, aksiyadorlar paketiga egalik qiluvchi aksionerlar va menejerlar o’rtasidagi amaldagi munosabatlarning shaffofligi etarli emas va amaldagi qonunchilik investorlar huquqlarini etarli darajada himoya qilmaydi.
O’zbekiston Respublikasida shakllantirilgan korporativ boshqaruv tizimi bir tomondan moliyaviy bozorlarning etarli darajada rivojlanmaganligi, ikkinchi tomondan, aksiyadorlarning insayderlik nazoratiga qarama-qarshi harakatining asosiy usuli sifatida shakllantirilgan kapitallarning yuqori darajadagi kontsentratsiyalashuvi bilan tavsiflanadi. Optimal korporativ boshqarish tizimi har qanday korxonalarda tashkil etilishi mumkin. Lekin, bunday tizim uchun yirik vertikal integral korporativ tuzilmalarning imkoniyatlari nisbatan yuqoridir. Shu nuqtai nazardan mahalliy korporativ mulkchilikga asoslangan xo’jalik subyektlarimizda korporativ boshqarish tizimi samardorligini oshirishga qulay shart-sharoitlar mavjuddir. Chunki, respublikamizda amalga oshirilgan davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish siyosati natijasida deyarli iqtisodiyotning tayanch tarmog’idagi korxonalar yirik vertikal integral tashkiliy tuzilmalarga aylantirilgan. Ushbu aksiyadorlik jamiyatlariga jami aksiyadorlik jamiyatlariga to’g’ri keladigan aktivlarning salmoqli qismi to’g’ri keladi. Shuningdek, ushbu korporativ tuzilmalarda davlat ulushi yuqori bo’lib, ular bo’yicha davlatning ishonchli vakillari tayinlanadi va ishonchli boshqaruvchilarga boshqarishga beriladi. Ishonchli boshqaruvchilar faoliyatining amaldagi holati tasdiqlaydiki, ularning samarali faoliyatiga quyidagi omillar ta’sir etmoqda:
- strategik ahamiyatga ega bo’lgan soha va tarmoqlardagi biznesda davlat ishtirokini ta’minlash bosh maqsad bo’lsada, uning manfaatlari aniq belgilangan;
- yuklatilgan vazifalarni samarali boshqarish natijalariga asoslangan holda rag’batlantiruvchi mexanizmlarning etarli darajada emasligi;
- kompetentsiyaning etishmasligi, ya’ni kadrlar bo’shlig’ining mavjudligi va mavjud kadrlarda korporativ boshqarish asoslari, vakolat va majburiyatlarini hamda professional bilim va malakaning etishmasligi kabi omillar ta’sir etmoqda.
Korporativ boshqaruvning kompleks mexanizmi: korporativ strategiya, korporativ madaniyat, moliyaviy va axborot shaffofligi, aksiyadorlar, kreditorlar va boshqa qimmatli qog’ozlar egalari huquqlarini himoya qilish tizimining mavjudligi kabi tarkibiy elementlarni o’z ichiga olib, ularning har biri korporativ boshqaruvni takomillashtirish uchun ahamiyatlidir. Mamlakatimizda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sish sur’atlari korporativ mulkchilik sharoitida faoliyat yurituvchi xo’jalik subyektlari tomonidan strategik boshqaruv tizimini shakllantirishga shart-sharoit yaratmoqda. Lekin, zamonaviy sharoitlarda jamoa a’zolari, menejerlar, tarkibiy tuzilmalar hamjihatligi va kelishuvini tartibga soluvchi qoida va me’yorlarni o’zida mujassamlashtiruvchi korporativ madaniyatni rivojlantirish bilan bog’liq muammolar mavjuddir. Korporativ madaniyatning asosiy komponentlari quyidagilardan iboratdir: liderlikning qabul qilinadigan tizimi, ixtiloflar hal qilishning yo’nalishlari va uslublari, kommunikatsiyaning amaldagi tizimi.
Zamonaviy rahbarlar va boshqaruvchilar korporativ madaniyatni o’zining bo’limlari va tashkiliy birliklarini yagona maqsadda jamlash, tashabbuskor xodimlar faolligini oshirish imkoniyatiga ega bo’lgan kuchli strategik instrumenti sifatida qaraydilar. Ular o’z kompaniyalarining korporativ madaniyatini shakllantirishga harakat qiladilar. Bizning fikrimizcha, hozirgi sharoitda aksariyat yirik aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyat rivojlanib borayotgan bo’lsada, ularni jamiyat hayotiagi ta’sirchanligi sezilarli emasdir. Korporativ madaniyatni rivojlantirish orqali nafaqat kompaniya nufuzi ko’tarilishiga erishiladi, balki, uning aksiyadorlari, menedjerlari va mehnat jamoasi a’zolari o’rtasidagi ixtiloflar ham bartaraf etiladi, sog’lom muhitning vujudga kelishi ular taraqqiyotining bosh omiliga aylanadi.
XULOSA
Boshqaruv muammolari murakkablashuvidagi sifat bosqichi ko’p sonli aksiyadorlarga va murakkab tarkibga ega bo’lgan yirik kompaniyalar (aksiyadorlik jamiyatlari, xoldinglar, moliya-sanoat guruhlari)ning shakllanishi natijasida yuz berdi. Aksiyadorlik jamiyat yuridik shaxsni ta’sis etish yoki qayta tashkil etish (qo’shib yuborish, bo’lish, ajratib chiqarish, o’zgartirish) yo’li bilan tashkil etilishi mumkin. Jamiyatni ta’sis etish, uning ustavini tasdiqlash to’g’risidagi va muassis tomonidan jamiyatning aksiyalari haqini to’lash uchun kiritilayotgan qimmatli qog’ozlarning, o’zga mulkiy huquqlarning yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega bo’lgan boshqa huquqlarning pulda ifodalangan bahosini tasdiqlash haqidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Kompaniya mulkdorlari sifatida mulkni joriy boshqarishda bevosita shaxsiy ishtirok etishdan voz kechgan ipvestitsiya va pensiya fondlari, sug’urta kompaniyalari singari yirik sarmoyadorlar paydo bo’ldi. Shuning uchun professional yollanma boshqaruvchilar kompaniyalarni boshqarishda muhim rol o’ynay boshladi. Bundan tashqari, so’nggi vaqtlarda korporativ mulkdan foydalanish jarayonida mulkdori bo’lmagan, lekin u yoki bu tarzda unga aloqador shaxslar va tashkilotlar (kompaniya xodimlari, xududiy hokimiyat va b.) faol rol o’ynashga urinmoqda. Korporativ boshqaruvning mexanizmlari davlat tartibga solish organlari, sud organlari va ishbilarmonlar doiralarida ishlab chiqilgan ma’lum bir qoida, me’yor va andozalari asosi va doirasida ishlaydi. Ushbu qoida, me’yor va andozalarning majmuasi korporativ boshqaruvning institutsional asoslarini tashkil qiladi. Rivojlangan mamlakatlar qonunlari korporatsiya maqomini muayyan tashkiliy tuzilmaga, huquq va majburiyatlarga ega va haqiqiy mavjud bo’lgan yuridik shaxs sifatida belgilab bir vaqtning o’zida korporativ hamjamiyat ishtirokchilari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni boshqarishning asosiy me’yorlari va mexanizmlarini ham belgilab beradi.
|
| |