Algebra va matematik analiz asoslari




Download 337,5 Kb.
bet13/16
Sana03.06.2024
Hajmi337,5 Kb.
#259763
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ALGEBRA VA MATEMATIK ANALIZ ASOSLARI

TUSHUNTIRISH XATI
«Qiziqarli matematika* — matematika bo'yicha chuqurlashtirilgan dasturlar majmuasiga kiruvchi o'quv fani. Akademik litseylarning 2000-— 2001 o'quv yili o'quv rejasida «Qiziqarli matematika* o'quv fani uchun 80 soat ajratilgan. Kursning maqsadi — o'quvchilarning matematikaga bo'lgan qiziqishlarini chuqurlashtirish, iqtidorini o'stirish, ilmga intilish tuyg'usini tarbiyalashga qaratilgan. Kursning vazifasi — matematikaning elementar sohasiga oid, an'anaviy o'quv dasturlaridan chetda qolib ketadigan mavzulari haqida bilim berisb, matematika rivojlanishining tarixi bilan tanishtirish, matematiklar faoliyati haqida hikoya qilish, matematika jonli va jozibali fan ekanligini ko'rsatish, shu yo'l bilan uni o'rganishga qiziqish, intilish uyg'otish.
Dastur tuzuvchilarning 30- yillik to'garaklar, ToshDU qoshidagi sirtqi matematika maktabi (1970—1990 y. y.), O'zbekiston yoshlar ittifoqi uyushtirgan o'quvchilarning kichik fanlar akademiyasi, Respublika yozgi fizika-matematika maktablarida orttirgan tajribalari, «Kvant», «MaTe-MaTHKa b mKOjre», «Yosh kuch» jurnallaridagi chiqishlari, bir necha nashr qilingan kitoblar hamda 100 dan ortiq qiziqarli matematika va fan tarixiga oid asarlarni tahlil qilish asosida ishlab chiqildi.
Dasturda o'rganilishi tavsiya etiladigan mavzular namunalari bayon qilinib, har bir mavzuga oid adabiyot ko'rsatildi. Adabiyot imkoni boricha o'zbek tilida yoki keng tarqalgan bo'lishiga diqqat qilindi. Shunga qaramasdan o'qituvchi ixtiyorida bu adabiyotdan qaysilari mavjudligi noma'lum bo'lganligi uchun, mavzularga ajratiladigan soatlar mahkamlanmagan. O'qituvchi darslik sifatida tavsiya etilgan yoki ularga teng kuchli adabiyot asosida ayrim mavzularga kengroq o'rin berishi, yangi mavzular qo'shishi mumkin.
Shu nuqtayi nazardan dastur namunaviy tabiatga ega. Umumar «Qiziqarli matematika* kursi o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra o'qituvchida ham, o'quvchilardan ham ijodiy yondashuv, izlanish va hatto tadqiqc talab etuvchi fandir. Dasturning bosh maqsadi — o'quvchilarning matematika dunyosiga, ilm ruhiga kirib borishiga sharoit yaratishdar iborat.
Dasturni amalga oshirishga kelsak, ayrim mavzularni taklif qilingar professional matematik maruzasi yoki suhbati, ayrimlarini o'qituvchining hikoyasi tarzida o'rganish tavsiya etiladi. Lekin darslarning mutlac; ko'pchiligi o'quvchilarning faol ishtirokida o'tkazilishi lozim. Agar mashg'ulot to'laligicha bir necha o'quvchi tomonidan olib borilsa, yana ham yaxshi. Ayrim mavzular darsni intermediya, kichik spektakl shaklida o'tkazishga ham imkon beradi. Ulardan eng muvaffaqiyatlilari keyir ta'lim muassasasi bo'yicha o'tkaziladigan tadbirlarda namoyish qilinish mumkin. Ayrim mavzular amaliy mashg'ulotga mo'ljallangan bo'lib, matematika xonalarini ko'rgazmali vositalar bilan boyitishga yordar Oiziaarli matematika* darslari materiallari asosida devoriy beradi. «V * b turish; boshqa sinflar bilan musobaqalar uyushtirish i \ullas, kurs noan'anaviy darslarni sinab ko'rish uchun
qUlarL.ur bu sohada dastlabki tajribalardan biri bo'lgani tufayli ir fflUdan uzoq ekanligi tayin. Tuzuvchilar hamkasblaridan dasturni ■b ko'rish mobaynida tug'iladigan tanqidiy va tahliliy fikr-mulohazalan bilan o'rtoqlashadilar deb umid qiladilar.

Download 337,5 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 337,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Algebra va matematik analiz asoslari

Download 337,5 Kb.