|
Algebra va matematik analiz asoslari
|
bet | 15/16 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 337,5 Kb. | | #259763 |
Bog'liq ALGEBRA VA MATEMATIK ANALIZ ASOSLARIMATEMATIKA OLIMPIADALARI*
TUSHUNTIRISH XATI
«Matematika olimpiadalari» — matematika bo'yicha chuqurlash-tirilgan dasturlar majmuasiga kiruvchi o'quv fani. Akademik litseylarning 2000—2001 o'quv yili o'quv rejasida «Matematika olimpiadalari» o'quv fani uchun 80 soat ajratilgan. Kursning maqsadi — o'quvchilarda matematikaga bo'lgan alohida iqtidorini rivojlantirish, viloyat, respublika va xalqaro matematika olimpiadalariga tayyorlash va shu yo'l bilan bo'lg'usi professional ilmiy xodimlar tarbiyalash. Kursning vazifasi-matematika bo'yicha umumta'lim dasturi sathida, ammo an'anaviy o'quv dasturlaridan chetga chiqadigan mavzular, original masalalar va ularni yechish usuUari bilan tanishtirish, elementar matematika sohasida yangi fan yutuqlari bilan tanishtirib borish, o'quvchilarni mustaqil ilmiy izlanishga o'rgatish.
Dastur tuzishda tuzuvchilarning Toshkent shahri va Namangan viloyati, Respublika, sobiq Ittifoq hamda so'nggi yillarda xalqaro matematika olimpiadalarini o'tkazishda orttirgan tajribalari, «Kvant», «MaTeMaTHKa b niKOJie», «Yosh kuch» jurnallari hamda O'zbekiston televideniyasi orqali uyushtirilgan olimpiadalar va musobaqalar materiallaridan keng foydalanildi.
Dasturda o'rganilishi tavsiya etiladigan mavzular namunalari bayon qilinib, har bir mavzuga oid adabiyot ko'rsatildi. Adabiyot imkoni boricha o'zbek tilida yoki keng tarqalgan bo'lishiga diqqat qilindi. Shunga qaramasdan o'qituvchi ixtiyorida bu adabiyotdan qaysilari mavjudligi noma'lum bo'lganligi uchun mavzularga ajratiladigan soatlar mahkamlanmagan. O'qituvchi darslik sifatida tavsiya etilgan yoki ularga teng kuchli adabiyot asosida ayrim mavzularga kengroq o'rin berishi, yangi mavzular qo'shishi mumkin.
Shu nuqtayi nazardan dastur namunaviydir. «Matematika olim-piadalari» kursi o'qituvchi uchun ijodiy yondashuv, izlanish fanidir. Bunda o'quvchilarning tayyorgarlik darajasi, iqtidori va qiziqishiga qarab o'rganiladigan mavzular va masalalarning qiyinlik darajasini muvo-fiqlashtirib borish talab etiladi. Odatda, o'quvchilarni olimpiadaga tayyorlash quyidagi ikki usuldan biriga asoslanishi maqsadga muvofiq (har ikki usulning mohiyati bir xil — mavzu va masalalarni osondan qiyinga qarab rivojlantirib borish): 1) tayin olimpiada masalalari to'plamini bir chetdan yechib chiqish; 2) tayin region (mamlakat)olimpiadalari masalalarini birinchi olimpiadadan boshlab yilma-yii berilishi bo'yicha yechib chiqish.
Ikkinchi usul qo'llaganda nazariy materialni rejalashtirish murakkab, odatda, ehtiyojga qarab o'rganishga to'g'ri keladi. Ushbu dastur, asosan, birinchi uslubga moslashtirilgan.
Dastur bu sohada dastlabki tajribalardan biri bo'lgani tufayli takomildan uzoq ekanligi tayin. Tuzuvchilar matematika olimpiadalarini tashkil etish, o'quvchilarni tayyorlash borasida tajribaga ega o'qituvchilar va matematiklar dasturni takomillashtirish bo'yicha taklif va mulohazalar bildiradilar.
|
| |